«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

 

 

 

 

 

 

5-

rasm. Fransiya g’aznachilik tizimida daromadlarni yig’ish

16

 

 Fransiya  g’aznachiligida  Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi  bo’sh  mablag’larni 

bank  depozitlariga  joylashtirish  “Frans  Trezor”  moliya  agentligi  zimmasiga 

                  

 

15

Kasimova G.A. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2015. –S.23. 



16

Eshnazarov T.Sh. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimi asoslari. O’quv qo’llanma. – 

T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2012. –B.30. 

To'g’ri soliqlar

 

Davlatning soliqsiz 



daromadlari 

 

Egri soliqlar 



Fransiya g’aznachilik 

tizimida daromadlarni 

yigish 


36 

 

yuklatilgan  muhim  vazifalardan  hisoblanadi.  Fransiyada  pul  mablag’larini 



joylashtirishdan  keladigan  daromadlar  davlat  qarziga  xizmat  ko’rsatish 

xarajatlarini  kamaytirishga  yo’naltiriladi.  Agentlik  qimmatli  qog’ozlarni 

joylashtirishdan  mablag’lar  tushumi  bo’yicha  operatsiyalarning  vaqtincha  bo’sh 

turgan  pul  mablag’larining  joylashtirilishi  va  operatsiya  kuni  yakuniga  ko’ra 

yagona hisobvaraqning ijobiy saldosi bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlashi zarur.  

Fransiyadavlat  g’aznasi  tashqi  va  ichki  qarzlarni  boshqaradi.  U  davlat 

qimmatli  qog’ozlarini  chiqarishni  nazorat  qiladi  va  ularning  hajmi,  muddati  bilan 

bog’liq  masalalarni  hal  qiladi.  Fransiyada  davlat  moliya  axborot  tizimi  samarali 

qo’llanilmoqda.  Ushbu  tizimda  byudjetni  tayyorlash,  byudjet  hujjatlarini  e’lon 

qilish  va  uning  ijrosi  amalga  oshiriladi.  Fransiyada  YagonaG’azna  hisobvarag’i 

bo’yicha jamlama ma’lumotni olish bir kun vaqt oladi, batafsil ma’lumot har kun 

kelib  turadi.Bu  borada  Fransiya  davlati  g’aznachilik  tizimi  amaliyotining  ilg’or 

tajribalari  tahlil  qilish  va  o’rganish  muhim  ahamiyatga  ega.  G’aznachilikning 

Yagona  g’azna  hisobvarag’ini  boshqarish  masalalarini  Fransiya  davlati  tajribasi 

asosida  ko’rib  chiqadigan  bo’lsak,  byudjetni  ijro  etish  jarayonida  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idagi  mablag’larni  boshqarish  eng  muhim  vazifalardan  hisoblanib, 

davlat majburiyatlarini uzluksiz amalga oshirishda uni roli beqiyosdir.  

  

Agentlik G’aznachilikdan o’tgan operatsiya kunining ma’lumotlari bo’yicha 



faollashtirilgan  kassali  rejani,  Bankdan  esa  yagona  hisobvaraqdagi  qoldiq 

to’g’risidagi ma’lumotlarni oladi va qimmatli qog’ozlarni joylashtirish grafigining 

ma’lumotlarini hisobga olgan holda Agentlik bo’sh turgan pul mablag’larini bank 

depozitlariga  joylashtirish  to’g’risida  qaror  qabul  qiladi.  Qaror  qabul  qilish 

Agentlikning  har  bir  bankning  eng  yuqori  ishonchliligiga  asoslanadi.  Bankning 

Agentlikdagi  reytingiga  uning  Agentlikka  davlat  qimmatli  qog’ozlarini 

joylashtirishda  maslahat xizmatlari  ko’rsatish  ishlarining samaradorligi  ham  ta’sir 

ko’rsatadi.  Agentlik  banklarga  mablag’larning  muayyan  hajmini  joylashtirishni 

taklif  qiladi,  banklarning  buyurtmalarini  yig’adi  va  yakun  yasaydi.  Ta’kidlash 

kerakki,  Fransiyada  barcha  qilingan  ish  natijalari,  jumladan  umumiy  yakunlar, 




37 

 

banklar  takliflari,  kassa  rejasining  ma’lumotlari  Agentlikda  qo’shimcha 



tekshiruvdan  o’tkaziladi.  Kassa  xarajati  uchun  buyurtma  Agentlik  tomonidan 

G’aznachilikning  operatsion  bo’linmasiga  mablag’larni  o’tkazish  uchun 

topshiriladi.  Agentlik  davlat  tasarrufidagi  mavjud  pul  mablag’larini  birlashtirish, 

pul  mablag’larining  tushumi  va  sarflanishini  nazorat  qilish,  shuningdek  qabul 

qilingan majburiyatlarning ijrosini ta’minlashni o’z ichiga oluvchi Yagona g’azna 

hisobvarag’idagi  pul  mablag’larni  boshqarish  texnologik  jarayonini  amalga 

oshiradi. 

O’zbekiston  Respublikasida  g’aznachilikning  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarish masalalari Byudjet kodeksining “Yagona 

g’azna  hisobvarag’idagi  mablag’larni  boshqarish”  nomli  125-moddasida  aniq 

belgilab  qo’yilgan.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idagi  mablag’larni  boshqarishni  Davlat  byudjeti  daromadlari 

tushumlari  va  xarajatlarining  qisqa  muddatli  prognozlarini  tuzish  yo’li  bilan 

amalga oshiradi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona 

g’azna  hisobvarag’ida  mablag’lar  etishmagan  taqdirda,  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  cheklangan  hajmini  belgilaydi 

hamda  uning  asosida  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarga 

xarajatlarni to’lash uchun ruxsatnomalar beradi. 

Davlat  byudjetining  ma’lum  xarajatlarini  tijorat  banklardagi  depozitlarga 

vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan qo’shimcha olingan daromad 

hisobidan  qoplash  mumkin  bo’ladi.  Hozirgi  kunda  byudjet  amaliyotida 

g’aznachilik  texnologiyalarini  takomillashtirish  va  davlatning  moliyaviy 

resurslarini 

samarali 

boshqarish 

uchun 


Davlat 

byudjeti 

mablag’larini 

prognozlashtirish  va  kassali  rejalashtirishni  takomillashtirish  bilan  birga,  Davlat 

byudjeti  mablag’larini  likvidligini  oshirishga  olib  keladigan  G’aznachilikning 

Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi  operatsiyalarni  boshqarish  mexanizmini 

takomillashtirish zarur

17

.  



                  

 

17



Kasimova  G.A.  G’aznachilik  sharoitida  Davlat  byudjetini  samarali  boshqarish.  \\  “Xalqaro 

moliya va hisob” elektron jurnali. -Toshkent. 2016. -№3. dekabr.  




38 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə