«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va


Ayrim mamlakatlarning 2017 yilgi davlat byudjeti daromadlari va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

Ayrim mamlakatlarning 2017 yilgi davlat byudjeti daromadlari va 

xarajatlari

19

 

mln. dollarda  

 

T\R 

 

Mamlakatlar 

Davlat 

byudjeti 

daromadlari 

Davlat 

byudjeti 

xarajatlari 

 

Defitsit \ 

profitsit 

AQSh 



3 336 000 

3 991 000 

−655 000 

Yaponiya 



1 678 000 

1 902 000 

-224 000 

Germaniya 



1 598 000 

1 573 000 

+25 000 

Fransiya 



1 334 000 

1 412 000 

−78 000 

Buyuk Britaniya 



984 400 

1 076 000 

-91 600 

Italiya 



884 400 

927 700 


−43 300 

Braziliya 



726 600 

749 000 


-22 400 

Kanada 



623 700 

657 300 


-33 600 

Ispaniya 



492 400 

535 900 


−43 500 

10 


Avstraliya 

461 000 


484 900 

-23 900 


11 

Niderlandiya 

344 800 

340 200 


+4 600 

12 


Koreya Respublikasi  

351 600 


338 000 

+13 600 


13 

Meksika 


292 800 

314 900 


−22 100 

14 


Shvetsiya 

274 800 


269 900 

+4 900 


15 

Rossiya Federatsiyasi 

253 900 

287 500 


-33 600 

16 


Belgiya 

248 700 


260 000 

-10 300 


17 

Xindiston 

248 700 

330 300 


−81 600 

18 


Shveytsariya 

223 500 


222 100 

+1 400 


19 

Norvegiya 

214 300 

198 000 


+16 300 

20 


Avstriya 

197 800 


201 900 

−4 100 


 

Auditorlarning 2017 yil iyun holatiga baho berishlaricha, Fransiyaning 2017 

                  

 

19



 Государственний бюджет по странам. 

https


://

r

u.w



ikipedia

.

org



/w

iki


/%

 

 




42 

 

yilgi  davlat  byudjeti  oxirgi  o’n  yillikda  birinchi  marta  Evropa  Ittifoqi  talablariga 



mos keldi. Davlat byudjeti defitsiti 2017 yilda YaIM ga nisbatan 2,6 foizni tashkil 

etdi, o’tgan yili bu ko’rsatkich 3,4 foizni tashkil etgan. Fransiya davlati moliyaviy-

iqtisodiy  inkirozdan  keyin  davlat  moliyasi  tizimida  qattiq  qarorlar  qabul 

qilinganligidan shunday ijobiy natijalarga erishmoqda.  

Fransiyada  Moliyaviy  boshqaruvning  yakuniy  nazorati  quyidagi  to’rtta 

yo’nalishda tashkil etilgan:  

1.

 

Tashqi  nazorat.  Moliyaviy  masalalar  bo’yicha  sud  organlari tomonidan 



amalga oshiriladi. 

2.

 



Ichki nazorat. Inspektsiya korpusi tomonidan amalga oshiriladi. 

3.

 



Moliya rahbariyati tomonidan nazorat. 

4.

 



Parlament nazorati. 

Tashqi  nazoratda  moliyaviy  masalalar  bo’yicha  sud  organlari  davlat 

boshqaruv  tizimining  juda  muhim  bo’g’ini  hisoblanib,  uch  elementdan  tashkil 

topadi: Byudjet va moliyaviy axloq sudi, Hisob palatasi hamda Hisob palatasining 

hududiy  (region)  bo’limlari.  Byudjet  va  moliyaviy  axloq  sudining  bosh  vazifasi 

nafaqat  rahbarlarni  balki  byudjet  ijrosi  jarayonida  qatnashuvchi  har  bir 

ishtirokchini  yo’l  qo’ygan  xato  va  kamchiliklari  uchun  javobgarlikka  tortish  va 

jazolashdir. 

Hisob palatasi asosan to’rtta vakolatga ega:  

-

 



davlat,  hududiy  jamoalar  va  ijtimoiy  sug’urta  tashkilotlari  moliyaviy 

boshqaruvining yakuniy nazorati; 

-

 

huquqiy  nazorat,  ya’ni  davlat  hisobchilari  va  boshqa  davlat  tashkilotlari 



hisobotlarini qabul qilish va ular ustidan yakuniy xulosa chiqarish; 

-

 



Hukumat  va  Parlamentga  moliya  qonunining  ijrosini  va  ijtimoiy  sug’urta 

tashkilotlari moliyasini nazorat qilishda ko’mak berish; 

-

 

davlat hisob-kitoblari va ijtimoiy sug’urtaning umumiy tartibini tasdiqlash. 



Hisob  palatasi Prezidenti tomonidan  «Nazoratlar  dasturi»  erkin  va  mustaqil 

ravishda  tasdiqlanadi.  Nazorat  to’g’ridan-to’g’ri  tashkilotlarda  moliyaviy 




43 

 

operatsiyalarni  asoslovchi  hujjatlar  asosida  (tashkilotlar  hisobchisi  tomonidan 



hisoblar  palatasiga  oldindan  muttasil  ravishda  etkazib  berilgan  hujjatlar  asosida) 

amalga  oshiriladi.  Bu  jarayon  nazorat  yuzasidan  Hisob  palatasining  tegishli 

bo’limiga  topshirilishi  bilan  yakun  topadi.  Kuzatish  natijalari  tegishli  vazirga  va 

Parlament  qoshidagi  moliyaviy  komissiyaga  bosh  prokuror  tomonidan  ma’lum 

qilinadi  hamda  davlat  byudjet  boshqaruvi  natijalariga  oid  yillik  hisobotda  chop 

etiladi. 

Region  hisob  palatasi  hududiy  jamoalarning  byudjet  nazoratini  amalga 

oshiradi.  Ushbu  nazorat  jarayoni  Hisob  palatasiga  juda  o’xshash  tartibda  amalga 

oshiriladi.  Ko’pchilik  vazirlar  vazirlik  boshqaruvi,  aniqroq  qilib  aytganda 

moliyaviy  boshqaruvini  nazorat  qilib  turuvchi  Inspektsiya  korpusiga  ega. 

Inspektsiya  korpuslari  mustaqil  ish  yuritmaydi  balki,  o’zlari  bo’ysunadigan  vazir 

so’rovi asosida va uning rahbarligi ostida nazoratni amalga oshiradilar hamda unga 

hisob  beradilar.  Armiya  bosh  nazorati,  Ijtimoiy  ishlar  bosh  Inspektsiyasi, 

Ma’muriyat  bosh  Inspektsiyasi  faoliyati  alohida  ahamiyatga  ega.  Davlat 

moliyasining asosiy nazorat organi bu - moliya bosh Inspektsiyasi bo’lib, bevosita 

Moliya  vaziriga bo’ysunuvchi  davlatning eng  katta  korpuslaridan  biri  hisoblanadi 

va  bo’lim  boshlig’i  hisoblanadigan  Bosh  inspektor  tomonidan  boshqariladi.  Bu 

inspektsiya  davlat  hisobchilari  tomonidan  yuritilgan  buxgalteriya  hisobini  va 

hisobotini  tekshirib  turadi.  Shuningdek,  moliya  vazirligiga  bo’ysunmaydigan 

barcha  boshqa  bo’limlar  xodimlari,  xususan,  qo’shimcha  byudjet  rahbarlari, 

g’aznachilik  maxsus  hisobraqamlari  bo’yicha  javobgar  shaxslar  va  boshqa 

vazirlarning  yordamchilari  uning  doimiy  kuzatuvida  bo’ladi.  Moliya  bosh 

Inspektsiyasi  Moliya  vaziri  tomonidan  so’ralgan  tashkilotni,  davlat  siyosati  yoki 

byudjet  jarayonlarini  audit  qilish  va  baholashni  amalga  oshiradi.  Parlamentga 

davlat byudjeti ijrosini nazorat qilib turish uchun ikkita xuquq berilgan. 

 Birinchidan,  doimiy  ravishda  axborotlarni  olib  turish  xuquqi,  ikkinchidan, 

To’g’rilovchi moliya qonuniga ovoz berib tasdiqlash orqali uning ustidan yakuniy 

hukmni  o’qish  xuquqlaridir.  Axborotlarni  olib  turish  xuquqi  doimiy  ravishda 




44 

 

xabardor bo’lib turishni bildiradi. Ya’ni Parlament axborotlarga ega bo’lish va ular 



yuzasidan  tekshirish  o’tkazish  xuquqiga  ega.  Uning  ushbu  vazifasi  asosan 

Parlament  qoshidagi  moliya  komissiyasi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu 

komissiya «Moliyaviy Me’yorlar Bosh Qonuni» ijrosini uzluksiz ravishda kuzatib 

turish bilan birga davlat moliyasiga oid barcha muammolarni to’g’ri baholanishini 

yo’lga qo’yadi.  

To’g’rilovchi  qonunning  bosh  vazifasi  yil  mobaynida  amalga  oshirilgan 

barcha  moliyaviy  operatsiyalarni  qayd  etishdir.  Bu  o’rinda  palatalar  alohida 

huquqga  ega  bo’lib,  ijrochi  rahbar  tomonidan  amalga  oshirilgan  ba’zi 

operatsiyalarni,  xususan  «ilojsiz hollar»  natijasida  kelib  chiqadigan  va  batafsil 

asoslab  berilgan  qo’shimcha  mablag’  sarfi  yuzasidan  to’g’rilashni  amalga 

oshiradilar  va  tasdiqlaydilar.  Parlament  tomonidan  To’g’rilovchi  qonun  qabul 

qilingach,  ijrochi  rahbarlar  ustidan  Parlament  o’z  nazoratini  mustahkamlaydi. 

Milliy assambleya huzuridagi moliyaviy komissiya qoshida «Nazorat va baholash 

missiyasi» tashkil etilgan bo’lib, uning a’zolari deputatlardan iborat. Deputatlar har 

yili oldindan belgilangan mavzular yuzasidan ish olib boradilar, bir qancha tashqi 

tekshirishni amalga oshiradilar. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə