«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va


maxsus  kasb  ma’lumoti  to’g’risida diplomga ega davlat xizmatchilari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

:

  maxsus  kasb  ma’lumoti 

to’g’risida diplomga ega davlat xizmatchilari. 

 

 




46 

 

3-BOB. BYUDJET SOHASIDAGI FRANSIYA TAJRIBALARI 



ASOSIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT 

BYUDJETINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI 

 

3.1. Byudjet jarayonida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish yo’llari 

 

Rivojlangan  va  iqtisodiyoti  jadal  rivojlanayotgan  davlatlar  tajribasini 

o’rganish  shuni  ko’rsatmoqdaki,  ularning  aksariyat  qismida  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanish Strategiyalari qabul qilingan. Evropada har bir davlatda Strategiyaning 

uzoq  maqsadli  ko’rsatkichlari  belgilangan.  Uning  bajarilishi  ustidan  doimiy 

monitoring  olib  boriladi  va  Hukumat  hisoboti  tinglanadi,  ommaviy  axborot 

vositalarida  keng  yoritiladi.  Malayziyada  maxsus  Iqtisodiy  Rejalashtirish 

Qo’mitasi  tuzilgan  va  uzoq  muddatli  dasturlarni  ishlab  chiqadi  va  bajarilishi 

ustidan  doimiy  moliyaviy  nazorat  olib  boradi.  Fransiya,  Yaponiya,  Koreya  va 

boshqa ko’plab davlatlarda rivojlanish Strategiyasi doirasida o’rta va uzoqmuddatli 

rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi va bajarilishi doimiy monitoring qilinadi. 

Xorijiy  davlatlarning  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki,Parlament  nazoratini 

samarali amalga oshirishga ko’mak beradigan institutlar faoliyati yo’lga qo’yilgan. 

Birinchidan,  bu  masalada  mamlakatda  axborot-tahlil  institutlarining  roli  katta. 

Parlament  huzurida  axborot-tahlil  institutlari  bo’lishi  rivojlangan  demokratik 

davlatlarda  keng  qo’llaniladi.  Ushbu  institutlar  senatorlar  va  deputatlarni  zarur 

axborot,  tahlil  va  ekspert  xulosalari  bilan  ta’minlaydi.  AQShning  Kongress 

tadqiqot  xizmatida  5  ta  boshqarma  va  7  ta  bo’limda  860  ta  xodim  ishlaydi. 

Germaniya Bundestagi maxsus ilmiy xizmati 12 ta bo’limdan iborat bo’lib, ularda 

70  dan  ortiq  ilmiy  xodim  faoliyat  yuritadi.  Shuningdek  Kanada  (Analitik 

tadqiqotlar  boshqarmasi),  Avstriya  (Parlament  tadqiqot  xizmati),  Fransiya, 

Ispaniya  (maxsus  ilmiy-tadqiqot  bo’limlari)  va  boshqa  davlatlar  Parlamentlarida 




47 

 

maxsus  axborot-tahlil  markazlari  Parlament  nazoratiga  ko’mak  berishadi



20

Evroparlamentda  ham  maxsus  Parlament  tadqiqotlari  markazi  mavjud.  Tadqiqot 



markazlari quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:  

 



umumbashariy va siyosiy muammolar tahlili;  

 



statistik va iqtisodiy tahlil; 

 



mamlakat siyosiy kuchlar, hukumatning kuchli va zaif tomonlarini baholash;  

 



mavjud muammolarni tushuntirish, Parlamentda professional nuqtai-nazarni 

shakllantirish;  

 

amaldagi me’riy-huquqiy bazaning qiyosiy tahlil qilish; 



 

byudjet loyihasini va uning ijrosini ilmiy-amaliy tahlil qilish. 



Parlament nazoratini amalga oshirishda statistik ma’lumotlar ishonchliligini 

va  xolisligini  ta’minlash  muhimdir..  Parlament  tomonidan  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanish  dasturlari  bajarilishi,  shuningdek  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

sarflanishi  ustidan  samarali  nazorat  olib  borilishi  uchun  Parlamentga  taqdim 

etilayotgan  statistik ma’lumotlarning  xolisligini va  ishonchliligini ta’minlash  juda 

muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2014 yil 

29  yanvarda  qabul  qilingan  «Rasmiy  statistikaning  asosiy  10  ta  printsipi»  nomli 

hujjatdagi  birinchi  printsip  statistik  ma’lumotlarning  xolisligi  printsipidir.  Evropa 

Ittifoqi  tomonidan  qabul  qilingan  «Evropa  statistika  me’yoriy  kodeksi»dagi  15  ta 

printsipdan  birinchisi  statistika  organining  mustaqilligi  printsipi  hisoblanadi.  Shu 

sababli  rivojlangan  demokratik  davlatlarda  statistika  organining  mustaqilligi 

masalasiga  katta  e’tibor  qaratiladi.  AQSh,  Fransiya,  Avstriya,  Norvegiya  kabi 

davlatlarda statistika organlari mustaqil, ya’ni faqat qonunlar asosida ish ko’radi va 

davlat organlariga bevosita bo’ysunmaydi. Buyuk Britaniyada esa statistika organi 

Parlamentga bo’ysunadi, Litva va Irlandiya davlatlarida Prezidentga hisob beradi. 

Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, O’zbekistonda 

                  

 

20



G’aybullaev  O.,  Ӯroqov  U.  O’zbekiston  Respublikasida  byudjet  tizimi  va  jarayoni.  O’quv 

qo’llanma. – T.: “Baktria press”. 2015. –B.116.  

 



48 

 

joriy  qonunchilik  va  amaliyotni  rivojlantirish  yuzasidan  quyidagi  tadbirlarni 



amalga oshirish kerak

21

.  



1.

 

Davlat  byudjeti  loyihasini  kamida  ikkita  yoki  uchta  tasnifda  tayyorlash 



lozim.  Bunda  byudjet  parametrlari  soni  kamida  300-400  ta  bo’lishi,  byudjet 

loyihasi esa davlatning barcha jamg’armalarini o’z ichiga olishi maqsadga muvofiq 

bo’ladi,  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  taklif  qilganidek,  kelajakda 

parametrlar  sonini  1000  taga  etkazish  mumkin.  Oliy  Majlisga  byudjet  loyihasi 

bilan  birgalikda  iqtisodiyotning  kelgusi  uch  yilga  mo’ljallangan  prognozi  va 

byudjet paramertlarining unga mos kelishi asoslari hamda byudjet rivojlanishining 

kelgusi uch yilga mo’ljallangan parametrlari prognozini ham kiritish taklif etiladi.  

2.

 



 Davlat  byudjeti  loyihasini  Qonunchilik  palatasiga  kiritilgandan  keyin 

loyihani  ko’rib  chiqish  muddatini  1  oydan  3  oygacha  uzaytirish  taklif  etiladi. 

Shuning  bilan  birga,  Qonunchilik  palatasida  muhokama  qilish  tartibi  yoki 

metodologiyasini tasdiqlash lozim. Byudjet loyihasini 3 ta o’qishda ko’rib chiqish 

va  qonun  sifatida  qabul  qilish  taklif  qilinadi.  Xuddi  rivojlangan  demokratik 

davlatlarda  bo’lgani  kabi  O’zbekistonda  ham  byudjet  loyihasini  Moliya  vazirligi, 

Vazirlar  Mahkamasi  va  Oliy  Majlis  palatalari  veb-sahifalarida  joylashtirish  va 

keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish lozim.  

3.

 

 Davlat  byudjeti  ijrosining  Oliy  Majlisga  kiritiladigan  tarkibini  tasdiqlab 



qo’yish  lozim.  Davlat  byudjeti  ijrosi  Oliy  Majlis  tomonidan  qoniqarsiz  deb 

topilganda  (jumladan,  byudjet  ijrosi  samaradorligi  indikatorlarini  ishlab  chiqish 

asosida)  qabul  qilinadigan  qaror  mexanizmini  ham  ishlab  chiqish  va  amaliyotga 

joriy etish lozim.  

4.

 

Hisob  palatasi  va  Oliy  Majlis  palatalari  o’rtasidagi  axborot  almashinuvi 



tartibini tasdiqlash ham talab etiladi.  

5.

 



 Oliy  Majlis  huzurida  senatorlar  va  deputatlarni  zarur  axborot,  tahlil  va 

                  

 

21

G’aybullaev  O.,  Ӯroqov  U.  O’zbekiston  Respublikasida  byudjet  tizimi  va  jarayoni.  O’quv 



qo’llanma. – T.: “Baktria press”. 2015. –B.117.  

 



49 

 

ekspert  xulosalari  bilan  ta’minlashga  xizmat  qiladigan  axborot-tahlil  institutini 



tashkil etish lozim.  

6.

 



 Oliy Majlis tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi, 

shuningdek davlat byudjeti xarajatlarining sarflanishi ustidan samarali nazorat olib 

borilishi  uchun  Oliy  Majlisga  taqdim  etilayotgan  statistik  ma’lumotlarning 

xolisligini  va  ishonchliligini  ta’minlash  maqsadida  Davlat  statistika  qo’mitasini 

mustaqilligini  ta’minlash  va  bevosita  Oliy  Majlisga  hisobot  berishi  maqsadga 

muvofiq bo’ladi.  

Respublikamizda  ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarida  byudjet  jarayonining 

shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, 

byudjetdan  moliyalashtirish,  hisob  va  hisobot  mexanizmini  takomillashtirish, 

vazirlik  va  idoralarning  bo’ysunuvidagi  muassasalarda  byudjet  intizomini 

mustahkamlash borasidagi  mas’uliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot 

texnologiyalari  va  xalqaro  e’tirof  etilgan  moliyaviy  nazorat  standartlarini  joriy 

qilish  yo’li  bilan  byudjet  qonunchiligini  buzish  holatlarining  oldini  olish  va 

profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko’rib 

chiqish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  21 

avgustdagi  «Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarini  moliyalashtirish  mexanizmini 

hamda  davlat  moliyaviy  nazorati  tizimini  yanada  takomillashtirish  to’g’risida»gi 

3231-son Qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasida 2017 yil 1 sentyabrdan 

boshlab: 

 



bir  vaqtda  o’zlarining  buysunuvidagi  quyi  muassasalarda  buxgalteriya 

xizmatlari  tugatildi,  xalq  ta’limi  tuman  (shahar)  bo’limlarida  va  tibbiyot 

birlashmalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari; 

 



O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Sog’liqni  saqlash 

vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 

vazirligining  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  hamda  O’zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 

vazirligi 

huzuridagi 

byudjetdan 

tashqari 

Pensiya 


jamg’armasida 3 shtat birligidan iborat ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari; 


50 

 



 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Sog’liqni 

saqlash vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida, viloyatlar xalq 

ta’limi, sog’liqni saqlash, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarida hamda 

Toshkent  shahar  Xalq  ta’limi,  Sog’liqni  saqlash  bosh  boshqarmalari  va  O’rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  boshqarmasida  4  shtat  birligidan  iborat  ichki  audit  va 

moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etildi. 

Ichki  audit  va  moliyaviy  nazorat  xizmatlarning  asosiy  vazifalari  etib 

quyidagilar belgilandi: 

a) 


markazlashtirilgan 

moliya 


buxgalteriya 

xizmatlarining 

– 

markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro 



etilishini,  ish  haqining  hisoblanishi  va  to’lanishini,  tovar,  ish  va  xizmatlarning 

xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobining yuritilishini 

ta’minlash,  ularning  faoliyati  profili  bo’yicha  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar) 

realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish; 

b)  respublika  darajasidagi  hamda  hududiy  ichki  audit  va  moliyaviy  nazorat 

xizmatlarining-  byudjet  mablag’larining  noqonuniy  sarflanishi  va  talon-toroj 

qilinishi holatlarining profilaktikasini ta’minlash va ularning oldini olish: 

v)  buysunuvidagi  muassasalarda  xarajatlar  smetasini  rejalashtirish  va  uning 

ijrosi,  byudjet  hisobining  yuritilishi,  tender  (tanlov)  savdolarining  o’tkazilishi  va 

shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish; 

g)  buysunuvidagi  muassasalar  va  markazlashtirilgan  moliya-buxgalteriya 

xizmatlari rahbarlariga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz 

debitor  va  kreditor  qarzdorliklarga  yo’l  qo’ymaslik,  byudjet  intizomini 

mustahkamlash,  byudjet  mablag’laridan  foydalanish,  jumladan,  tovarlar,  ish  va 

xizmatlarni  xarid  qilish  samaradorligini  oshirish,  markazlashtirilgan  moliya-

buxgalteriya  xizmatlarining  xodimlari  tarkibini  mustahkamlash  masalalari 

bo’yicha tavsiyalar tayyorlash; 

d)  qonunni  buzish  holatlarini,  ularni  sodir  etishga  imkoniyat  yaratuvchi 

sabablar  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish  to’g’risida  quyi  muassasalarga 



51 

 

bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish. 



Respublika  darajasidagi  ichki  audit  va  moliyaviy  nazorat  xizmatlarining 

rahbarlari  ijtimoiy-maishiy  va  tibbiy  xizmat  ko’rsatish  shart-sharoitlari  bo’yicha 

tegishli  vazirlik  va  idoralar  boshqarma  boshliqlariga,  hududiy  ichki  audit  va 

moliyaviy 

nazorat 

xizmatlarining 

rahbarlari 

esa 


bo’lim  boshliqlariga 

tenglashtiriladi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat  moliyaviy  nazorati  bosh 

boshqarmasi  etib  qayta  tashkil  qilindi  va  uning  qo’shimcha  vazifalari  etib 

quyidagilar belgilandi: 

-

 

byudjet  tashkilotlarida  byudjet  mablag’larini  boshqarish  va  byudjet 



hisobini  yuritish  bo’yicha  maxsus  avtomatlashtirilgan  dasturiy  mahsulotlar 

vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish; 

-

 

byudjet  qonunchiligiga  rioya  etish  bo’yicha  byudjet  tashkilotlari  bilan 



tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish; 

-

 



byudjet  tashkilotlarida  aniqlanayotgan  pul  mablag’lari  va  moddiy 

boyliklarni  talon-toroj  qilish,  kamomadlarga  yo’l  qo’yish,  xarajatlar  smetasi  va 

shtatlar  jadvallarini  tuzish,  tasdiqlash  hamda  ijro  etish  tartibini  buzish  va  byudjet 

qonunchiligini  boshqacha  tarzda  buzish  holatlarini  chuqur  tahlil  qilish  va  ularni 

sodir  etish  shart-sharoitlarini  bartaraf  qilish  bo’yicha  aniq  chora-tadbirlarni ishlab 

chiqish; 

-

 

masofaviy  nazoratni  keng  ko’lamda  qo’llash,  zamonaviy  axborot 



texnologiyalari  va  ma’lumotlar  bazasi  vositasida  tekshirish  ob’ektlari  va 

maqsadlarini  aniqlash  yo’li  bilan  kam  samarali  taftishlarni  qisqartirish  bilan  bir 

vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish. 

 Mamlakatimizda  davlat  moliyaviy  nazoratini  takomillashtirish  bo’yicha 

Idoralararo  kengashning  asosiy  vazifalari  belgilandi.  Jumladan,  davlat  moliyaviy 

nazorati 

tizimini 

takomillashtirishning 

tizimli 

va 


xarakterli 

moliyaviy 

huquqbuzarliklarning  profilaktikasi  va  ularning  oldini  olishni  nazarda  tutadigan 



52 

 

istiqbolli  yo’nalishlarini  belgilaydi.Davlat  moliyaviy  nazorati  va  ichki  audit 



faoliyatini tashkillashtirish va amalga oshirishning xalqaro tan olingan uslublari va 

vositalarini  joriy  qiladi.Davlat  moliyaviy  nazorati  va  ichki  audit  organlarining 

o’zaro hamkorligini ta’minlaydi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə