«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va


XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………….  61



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
 

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………….  61 

FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI…………...............  64 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

KIRISH



 

Mavzuning  dolzarbligi. 

O’zbekiston  Respublikasida  xalq  farovonligini 

belgilovchi  asosiy  omillar  qatorida  davlat  moliyasi,  davlat  byudjeti  jumladan, 

davlat  maqsadli  jamg’armalari  hamda  ularning  pul  aylanmasining  barqarorligi 

belgilab  olindi.  Ijtimoiy  rivojlanish  jarayonida  davlat  byudjetini  tashkil  etish  va 

byudjetning  g’azna  ijrosini  ta’minlash  ishlari  davlatning  o’z  funktsiya  va 

vazifalarini  to’liq  ado  etish,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muammolarni  hal  qilish 

maqsadida amalga oshirilmoqda.  

Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining  barcha  daromadlarini,  shuningdek,  byudjet  tashkilotlarining 

byudjetdan 

tashqari 

mablag’lar  bo’yicha  tushumlarini  Yagona  g’azna 

hisobvarag’iga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobvaraqdan amalga 

oshirishni 

nazarda 


tutadi. 

Bu 


esa 

davlat 


byudjeti, 

davlat 


maqsadli 

jamg’armalari,byudjetdan  tashqari  fondlar,  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan 

tashqari  mablag’lari,  davlat  qarzlari  va  ularga  xizmat  ko’rsatish  jarayonlarining 

tezkor  nazoratini  va  monitoringini  olib  borish,  davlat  mablag’larining  samarali 

ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida tezkor 

tarzda  ma’lumotlarni  jamlash  imkonini  beradi.  Respublikamizda  iqtisodiy 

rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha muammolar byudjet 

tizimining  butunlay  yangi  qonunchilik  asoslarini  yaratish,  davlat  byudjetini 

boshqarishning  sifat  jihatidan  yangilashni  talab  qiladi.  Bunda  bizga  byudjetni 

prognozlashtirish va davlat byudjeti g’azna ijrosida amalga oshiriladigan islohotlar 

o’zgarishlari ko’mak beradi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  ta’kidlaganlaridek, 

«Qachonki,  hududlardagi  vaziyat  ijobiy  tomonga  o’zgarsa,  byudjet  ijrosi  to’liq 

ta’minlansa,  jinoyatchilik  kamaysa,  yangi  ish  o’rinlari  yaratilsa,  eng  muhimi, 

xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy Kengashlar faoliyatiga ijobiy 

baho bersa bo’ladi»

1



                  



 

1

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  Oliy  majlis  Senati  va  Qonunchilik 



palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.

 



 

Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan 



aytib  bo’lmaydigan  va  turli  xavf-xatarlar saqlanib  qolayotgan bir  sharoitda davlat 

qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon 

zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin 

pasayishi  va  investitsiyaviy  faollikning  susayishi  bilan  bog’liq  murakkab 

muammolar  ko’plab  davlatlar  iqtisodiyotining  tiklanish  va  o’sish  sur’atlariga 

salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.  

O’zbekistonda  keyingi  yillarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  natijasida 

byudjet  jarayonida  yuzaga  kelayotgan  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  davlat 

byudjetida  moliyaviy  resurslar  oqimini  tartibga  solish,  moliyaviy  mablag’larni 

yagona xukumat organiga markazlashtirish va davlat moliyasining holati bo’yicha 

tezkor  axborot  olish,  ushbu  axborotlardan  byudjet  ijrosi  jarayonida  optimal 

boshqaruv  qarorlari qabul  qilishida  xorijiy  tajribalarni  qo’llash  masalalari dolzarb 

bo’lib  bormoqda.O’zbekiston  Respublikasi  byudjet  jarayonidagi  hozirgi  zamon 

dolzarb  muammolarni  o’rganish  maqsadida  bitiruv  malakaviy  ishimizga 

«Fransiyada  davlat  byudjeti,  byudjet  tizimi  va  byudjet  jarayonini  tashkil  etish» 

mavzusi tanlab olindi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə