Peptid guruhlari ikki XIL rezonans (keto- va -enolь) shaklida bo’lishi mumkin


Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi



Yüklə 176 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü176 Kb.
#134298
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja-fayllar.org

Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi
Oqsillarning molekulyar massasi 100 kDa dan (Dalьton (Da)-massa birligi bo’lib, vodorodning atom massasiga teng) ortiq bo’lsa, u bir necha (molekulyar massasi kichik bo’lgan) polipeptid zanjirlaridan iborat bo’ladi. Undagi har bir polipeptid zanjir protomer (kichik birlik) molekulaning o’zi esa mulьtimer yoki epimolekula deb ataladi. SHunday kichik birliklardan tashkil topgan oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi uning to’rtlamchi strukturasi deyiladi. To’rtlamchi strukturani tashkil qilishda qatnashayotgan protomer (subbirliklar) alohida bo’lganida biologik faolligi yo’qoladi.
To’rtlamchi strukturali oqsil molekulasini mustahkam, stabil holatga keltirishda qutblangan aminokislota qoldiqlarining radikallari o’rtasidagi hosil bo’lgan kuchlar ishtirok etadi. Ular subbirliklarning ustki qismida shakllanib, protomerlarni kompleks holda mustahkam ushlab turadi. Subbirliklarni bir-birlari bilan bog’lanadigan qismlarini kontaktli maydonchalar deyiladi.
To’rtlamchi strukturasi o’rganilgan oqsillardan gemoglobin, immunoglobulin, tamaki mozaikasi virusining oqsili va boshqalar. Gemoglobin molekulasi to’rtta kichik birlikdan tashkil topgan. Ularni har birining molekulyar massasi 17000. To’rtta polipeptid zanjirning har ikkitasi a - juft zanjir 141 ta, ikkinchi b -juft zanjirlarida 146 ta aminokislotalar qoldig’i joylashgan. Bu kichik birliklarning uchlamchi strukturalari xuddi mioglobinning tuzilishiga o’xshaydi. Gemoglobin molekulasidagi kichik birliklar shunday joylashganki, go’yo ular muntazam tarzda tetraedr burchaklarida turgandek ko’rinadi. SHuning uchun tashqaridan qaraganda, molekula xuddi yumaloq sharga o’xshaydi.

Tamaki mozaikasi virusining oqsili (M-40000000) nukleoprotein bo’lib, unda ribonuklein kislota 6 %ga to’g’ri keladi. Oqsil qismi 2130 ta kichik subbirlikdan tashkil topgan (har birining molekulyar massasi 8000 ga teng). Virus molekulasining markazida spiral ko’rinishda nuklein kislota joylashgan bo’lib, uning atrofini oqsilli kichik birliklar o’rab turadi. Spiralning har bir o’ramiga 16 tadan protomer to’g’ri keladi.


Oqsillarning to’rtlamchi strukturasini shakllantirishda, ion, vodorod va gidrofob bog’lar ishtirok etadi. Mazkur strukturada kovalent bog’lar (disulьfid bog’) kam qatnashadi. Ion bog’lanishda ko’proq metil ionlari qatnashadi.
To’rtlamchi strukturali oqsillarni oligomerli polipeptidlar deyiladi. Oqsillar gomomer va geteromerlilarga bo’linadi. Gomomerli oqsillardagi subbirliklarning strukturasi bir xil bo’lib, bularga katalaza oqsili misol bo’ladi. U qimmati bir xil 4 ta protomerdan tuzilgan. Geteromerli oqsillarning subbirliklari tuzilishi bo’yicha bir–birlaridan farq qilib, ular yana har xil vazifalarni bajaradilar. Oqsillarning to’rtlamchi strukturalilari biror biologik vazifani bajarish jarayonida dinamik holatda bo’ladilar. Jumladan, gemoglobin molekulasi kislorodni biriktirib olishda muayyan darajada siqilib, uni uzatishda esa kengayadi.

Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə