Peptid guruhlari ikki XIL rezonans (keto- va -enolь) shaklida bo’lishi mumkin


Oqsillarning fizik–kimyoviy xossalari



Yüklə 176 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü176 Kb.
#134298
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja-fayllar.org

2.3. Oqsillarning fizik–kimyoviy xossalari

Oqsillarning fizik–kimyoviy xossalari ular tarkibidagi aminokislota qoldiqlarining radikallariga bog’liq. oqsillar kimyoviy, fizikaviy va biologik xossalari bo’yicha bir-birlaridan farqlanadilar.


Oqsillarning muhim fizik xossalaridan biri ularning optik jihatdan faol bo’lishidir. Ular qutblangan nur sathini chap yoki o’ngga og’dira oladi. SHuningdek, ular yorug’lik nurini sindirish, tarqatish, ulьtrabinafsha nurlarni yutish xususiyatiga ega. Oqsillarning bu xossalaridan ularning miqdorini, molekulyar massasini aniqlashda foydalaniladi.
Oqsillar oq kristall (rangli oqsillar ham bor-gemoglobin ) modda bo’lib, molekulyar massasi 6000 dan bir necha yuz dalьtongacha boradi. Oqsillar katta makromolekulyar bo’lganligi uchun suvda kolloid eritmalar hosil qiladi. Ular suvda eriganda molekulasi ma’lum zaryadga ega bo’lganligi uchun suvning qutbli molekulalari bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Bunda oqsil molekulasi suv pardasi (dipol) bilan o’raladi.
Oqsillarning eruvchanligi ularning tarkibidagi aminokislotalarga va eritmalarga bog’liq. Misol uchun, alьbuminlar suvda va kuchsiz tuzli eritmalarda eriydi. Kallogen va karatinlar ko’pchilik eritmalarda erimaydi. Eritmalarda oqsillarning stabil, turg’un holatda bo’lishi undagi zaryadlarga va gidratli qobiqlarga bog’liq. Eritmaning pH muhiti oqsilning zaryadiga bu esa o’z navbatida eruvchanligiga bevosita ta’sir qiladi.
Gidrofil kolloidlarning eng muhim xususiyatlaridan biri gelь hosil qilishidir. Bunda kolloid zarrachalari bir-biri bilan yopishib, g’ovaksimon struktura hosil qiladi. Mazkur bo’shliqlar g’ovaklar hisobiga suv biriktirib, ular turli darajada bo’kishi mumkin. Ularning bunday xossalari biologik vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oqsillar o’z sathlarida kichik molekulali organik birikmalarni va anorganik ionlarni adsorblash xususiyatiga ega. Bu ularning transportli vazifani bajarishida qo’l keladi Oqsillarning kimyoviy xossalari rang–barangdir, chunki aminokislota radikallarida (-NH2, -COOH,-OH,-SH va boshqalar) turli xil funktsional guruhlar mavjuddir.Polipeptid zanjirida erkin karboksil, erkin amino guruhlari kislotali va asosli xususiyat beruvchi radikallar bo’lganligi uchun ular amfoter xossaga ega. Agar n > m bo’lsa, oqsil zarrachasining yig’indi zaryadi manfiy, n Oqsillarning neytral tuzlar (NaCl, KCl, MgSO4, Na2SO4, (NH4)2SO4) ta’sirida cho’kishi tuzlanish hodisasi deyiladi. Tuzlanish orqali cho’ktirish usuli oqsillarni turli moddalar aralashmalaridan ajratib olishda qo’llaniladi.


Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə