Peptid guruhlari ikki XIL rezonans (keto- va -enolь) shaklida bo’lishi mumkin



Yüklə 176 Kb.
səhifə8/8
tarix28.11.2023
ölçüsü176 Kb.
#134298
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja-fayllar.org

Murakkab oqsillar
Ular oqsil bo’lmagan komponentlari orqali sinflarga bo’linadilar.


Lipoproteinlar. Bular oqsillar bilan lipidlarning birikishidan hosil bo’lgan murakkab birikmalardir. Bunday makromolekulalar asosan ko’p miqdorda mitoxondriyalarda, endoplazmatik retikulumda, qon zardobida va sut tarkibida uchraydi. Lipoproteinlarning molekulyar massasi katta bo’lib, million dalьtonga boradi. Ulardagi oqsillarning gidrofilli, yog’ qismining gidrofob xususiyatlari hujayra membranasiga selektiv tanlash usuli orqali ion va moddalarni o’tkazish faoliyatini ta’minlaydi.


Glikoproteinlar. Ular uglevod bilan oqsillardan tashkil topgan birikmalardir. Glikoproteinlar strukturali oqsillar, fermentlar membranalardagi retseptorlarning asosini tashkil qiladi. Ayrim hayvonlar tana qismining qobig’ini tashkil qiluvchi kutikula (qisqichbaqa, qo’ng’izlar) ham glikoproteinlardan iborat. Ulardagi uglevod komponenti glikoproteinlarning 1-30%gacha massasini tashkil qiladi. Polipeptid zanjirida bir nechta bir qatorli va shoxlangan uglevodlar uchraydi. Uglevodlar asosan glyukoza, mannoza, galaktoza, N-atsetilgalaktozamin, N-atsetilglyukozaminlardan tashkil topgan.

Fosfoproteinlar. Bunday murakkab oqsillar tarkibida serin va trioninlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari uchraydi. Fosfoproteinlarga ozuqa oqsillari sifatida xizmat qiladigan proteinlar kazein sutda, tuxumda ko’p bo’ladi. Fosfoproteinlar yosh o’sayotgan organizm uchun aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota manbai sifatida ham xizmat qiladi. Fosfoproteinlarning vakillari bo’lmish kazein, ovalьbumin va vitellinlar yaxshi o’rganilgan. Kazein sutda ko’p bo’lib, uning 3 xil shakli (a, b va g-kazein) aniqlangan. Ularda fosforning miqdori turlicha bo’lib, sigir suti kazeini uchun 0,96, 0,52, 0,1% atrofida bo’ladi. Ulardagi aminokislota tarkibi ham bir biridan ma’lum darajada farq qiladi.


Xromoproteinlar oddiy oqsil va rangli komponentlardan tashkil topgan murakkab oqsillardir (chromos-yunoncha “bo’yoq” degan ma’noni bildiradi). Bunday oqsillar tarkibiga har xil prostetik guruhlar, jumladan, porfirin, karotin, izoalloksazin hosilalari va boshqalar kiradi.
Prostetik guruhining xarakteriga qarab, xromoproteinlar gemoprotein, flavoprotein, magniy-porfirinli oqsillarga bo’linadi. Xromoproteinlar fotosintez jarayonida, to’qimalarning nafas olishida, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida, yorug’lik va rangni sezishda faol ishtirok etadi.
Gemoproteinlar ichida yaxshi o’rganilgani va muhim ahamiyatga ega bo’lgani qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) tarkibida uchraydigan oqsil-gemoglobindir. Gemoglobin prostetik guruh sifatida protoporfirinning hosilasi –gemni tutadi.
Gemoglobin 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat.
Tetrometil, divinil, dipropion, profin Gem gemoproteinlarning prostetik guruhi bo’lib, o’pka alviolalaridan to’qimalarga kislorod tashishda ishtirok etadi. 1 g gemoglobin eritmada normal sharoitda 1,36 ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik guruhi yoki oqsil qismi biror kimyoviy o’zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo’qoladi. Gemoglobin SO va boshqa gazlar bilan oson birikadi. Agar xonada o’tin-ko’mirlarning chala yonishidan SO ko’payib ketsa, gemoglobindagi temir atomi bilan kislorod emas, SO gazi birikishi natijasida uning kislorod tashish vazifasi buzilib, shu xonadagi odam is gazi bilan zaharlanishi mumkin.
Gemoglobin to’rtta oqsilli subbirlikdan tashkil topib, har biri bittadan gem tutadi. Oqsil tarkibidagi “birinchi” subbirlikka kislorod bog’lanishi bilan molekuladagi ionning tutgan o’rni biroz o’zgaradi. Temir ionining harakati subbirlik tarkibidagi aminokislotalardan tashkil topgan zanjir holatini o’zgartirib, uchlamchi strukturali oqsil oz bo’lsa ham transformatsiyaga uchraydi. Kislorod bilan bog’lanmagan navbatdagi subbirliklar, kislorod bilan bog’langan “qo’shni” subbirlik ta’sirida o’z holatini o’zgartirib kislorod bilan bog’lanadi.
SHunday qilib, birinchi subbirlik kislorod bilan bog’langandan so’ng, keyingi subbirliklar tez va osonlikcha kislorod bilan bog’lanadilar.Demak, subbirliklar bir-birlariga “yordam” beradi. Gemoglobin uchun uchlamchi va to’rtlamchi strukturalarning ahamiyati kislorod atomini bog’lashda zarur omildir.
Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə