Pestoloststi ta`lim tarbiya haqida qarashlari


Pestaloststi pedagogik g`oyalari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#138780
1   2   3   4
1504107572 66586

Pestaloststi pedagogik g`oyalari

  • Pestaloststi yetimlarning sevimli otasi edi. Pestaloststi o`zining pedagogik g`oyalarini, ayniqsa elementar ta’lim nazariyasining 1800—1804 yillarda Burgdorfda, 1805—1825 yillarda Iverdon shaxrida amaliy ravishda rivojlantirdi. Pestaloststi dastlab kichik yoshdagi bolalar shahar maktabiga (5—8 yoshgacha bo`lgan o`gil-qizlar o`qir edi) ishga joylashdi. Asosiy e’tiborini bu yoshdagi bolalarda nutq va matematik tasavvurini rivojlanishiga qaratdi.
  • 1800 yili Pestaloststi rahbarligida institut tashkil etildi. Institut tarkibiga, internat shaklidagi o`rta maktab ham-da o`qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan edi.

Institutdagi faoliyati va uning yakun topishi

  • Pestaloststi Iverdondagi institutida elementar ta’lim nazariyasiga asoslanib o`qitishni ishlab chiqarish va mehnat tarbiyasi bilan bog`lagan holda o`quv-tarbiya jarayonida o`z g`oyalarini amalga oshirdi. 1825 yili Iverdon instituti o`qituvchilari orasidagi kelib chiqqan kelishmovchiliklar natijasida u o`z qishlog`i «Neygof»ga qaytadi. Olim 1827 yili vafot etadi.

Jismoniy va ma’naviy faoliyat

Pestaloststining dunyoqarashi Kant falsafasi ta’siri ostida rivojlandi. Pestaloststi ham bilim sezgi organlarini kuzatishdan boshlanadi va tasavvurlar qayta ishlash yo`li bilan g`oyalar darajasiga ko`tariladi, g`oyalar esa, garchi ravshan bo`lmasa ham, odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjuddir. U Xudoga ishonib inson uchun ato etgan «Kuz ko`rishni, quloq eshitishni, oyoq yurishni, qo`l ushlashni» istaydi. Aql fikrlashni istaydi. Yaratuvchining o`zi odamni u dunyoga kelgan birinchi kundan boshlaboq jismoniy va ma’naviy faoliyatga intiladigan qilib yaratgan tarbiya esa shu intilishni ro`yobga chiqarishga yordam beradi.

Pestaloststi didaktikasi

  • Pestaloststi didaktikasida ta’lim elementar nazariyasi asosiy o`rin egallaydi. Bu ta’limotga ko`ra, tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirishdir. Elementar tarbiyaning bosh masalasi bolani jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.

Uning fikricha: «Hayot... etilgan jismoniy nihollarning uygonishidan boshqa narsa emas, bu nixollar endi o`zining butun kuchi bilan, uzining hamma navlari bilan usishga va kamolotga etishga intiladi va insonga aylanishi lozim bo`lgan jonivorning uygonishidan boshqa narsa emas». Shuning uchun kundalik bolaning jismoniy kuchlarini mashq qildirish va rivojlantirish muhimdir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə