Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
yulduzli tunlar 0

Giriftem olam ba mardi-yu zo‘r, 
Va lekin naburdem bo xud ba go‘r*
Olamni zabt etgan jahongirlarning saltanati ham omonat – o‘zlari 
dunyodan ketishla-ri bilan tugaydi. Lekin shoirning yaxshi so‘zlari 


232
toshga bitilgan harflarday asrlar davomida o‘chmaydi. Shunday ekan, 
Bobur qolgan umrini shoirlikka bag‘ishlasa yaxshi emasmi?

Men jon der edimu, lekin beklar sizni qo‘ymaslar,– dedi Tohir.

Beklarga ijozat berurmiz, keturlar.
Bobur shu so‘zining ustidan chiqa olishini yalang oyoq yurish bi-
lan isbot qilmoqchi bo‘lganday, yana mayda toshlar ustidan sarpoy-
chan yurib ketdi. Biroq uning qiynalib borayotgani mayishib yurishi-
dan sezildi. Tohir uni quvib yetdi-yu:

Amirzodam, etikni kiying, – dedi. – Yalang oyoqlikni havas qila 
ko‘rmang. Xudo sizni hech vaqt bu ko‘ylarga solmasin.

Qaysi ko‘ylarga?

Yalangoyoqlarning ahvoliga tushmang!

Ajabo! Yalangoyoqlar odam emasdirlarmi?

Odam. Lekin siz shoh bo‘lib tug‘ilgansiz!

U holda – shoh odam emasdirmi?
Tohir javob topolmay qoldi. U shoh bilan navkar orasida tog‘day 
baland devor borligini bilar, Bobur bu devordan bir sakrab oshib 
o‘tmoqchi bo‘layotgani g‘alati tuyulardi. Tohirning nazarida, Bobur 
qayta shoh bo‘lishdan umidini uzganu tushkunlikka uchragani uchun 
shu gaplarni aytyapti.
– Amirzodam, agar siz shohlikdan shoirlikni afzal ko‘rsangiz, 
unda men ham... ahli ayolim bilan tinch bir go‘shada dehqonchilik 
qilib, sizga sadoqat bilan umr o‘tkazgan bo‘lur edim... Lekin buning 
iloji bo‘lmas...
Bobur etigini Tohirning qo‘lidan oldi.
– Siz qayting, – dedi Tohirga. – Ammo bu gaplar oramizda qolsin. 
Keyin yana kengashurmiz. Boring!
Tohir barozdan qaytib chiqar ekan, Boburning unga o‘zini ya-
qin olib shuncha g‘alati gaplar aytganidan ko‘ngli ko‘tarilib kulib 
qo‘ydi. Biroq Bobur bir go‘shada tinchgina yashaydigan miskintabi-
at odamlardan emas edi. Uning yalang oyoq yurishga o‘rganmoqchi 
bo‘lgani esa Tohirga shoirona bir sho‘xlik bo‘lib ko‘rinardi. Tohir 
barozning tepasiga chiqqanda orqasiga o‘girilib qaradi. Bobur ha-
mon etigini qo‘liga olib, pastlab bormoqda edi. Tohir uning chid-
amiga tan berib: «Lekin so‘zidan qaytmaydigan odati ham bor!» deb
qo‘ydi.
Bobur oyog‘ining bir-ikki joyi qavarib shilinganini sezsa ham 
og‘rig‘iga chidab, qishloqning berigi chetidagi chashma bo‘yiga sar-
poychan bordi. Undan narida yumshoq tuproqli so‘qmoq bor edi. Le-


233
kin qishloq odamlari uning yalang oyoq yurganini ko‘rib, pastu bal-
and gap qilishlari mumkin edi.
Unga uyini bergan qishloqning kadxudosi ham, bek va mulozim-
lar ham «Mirzo hazratlari» deb, Boburga hamisha ta’zim qilishar edi. 
Agar Bobur kambag‘al dehqonga o‘xshab sarpoychan yursa, bular 
oddiy yalang-oyoqqa ta’zim qilganday ko‘rinib, izzat-nafsga borish-
lari va xafa bo‘lishlari mumkin edi. Shuning uchun Bobur a’yonlar 
uchraydigan joylardan odatdagiday etik kiyib o‘tar edi-yu, Dahkat-
ning atrofidagi yonbag‘irlarga borgach, yana yalang oyoq bo‘lib olar
-
di. Oyog‘iga botib ozor beradigan g‘adir-budur toshlar, butalar dilini 
o‘rtayotgan alamli o‘ylarning taftini oladiganday bo‘lar edi. Kunlar 
o‘tishi bilan uning tovonlari sag‘ri charmiday qalinlashib tosh-posh-
lar, yog‘in-sochinlar kor qilmaydigan bo‘lib ketdi.
«Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan birga 
go‘rga olib ketmadik». Bobur 1502-yilda toshga o‘ydirgan bu satrlar-
ni oradan 452-yil o‘tgandan keyin 1954-yilda tojik olimi A. Muxtorov 
Obburdon qishlog‘idagi bir quduq yonidan topib oladi. Toshga bitil-
gan bu she’r hozir Dushanbeda muzeyda saqlanmoqda.
* * *
Dahkatdan uch-to‘rt chaqirim quyida Qorazov deb ataladigan ba-
land jarlar tagidan odamni oqizadigan ulkan Oqsuv yelib o‘tadi. Bu 
suvning o‘ngga burilib, yoyilib oqadigan sokinroq bir joyida kechuv 
bor.
Tog‘ bag‘ridan qiyalab o‘tgan so‘qmoq bilan archalar orasidan
yurib kelayotgan Bobur tushga yaqin Oqsuvning shu kechuvi 
oldidan chiqdi va daryodan o‘tib kelayotgan yigirmatacha qurolli 
otliqlarga ro‘para kelib qoldi. Oldinda piyozi chakmon va qizil 
bo‘rk kiygan Qosimbek. Unga ergashib kelayotgan navkarlar ham
tanish.
Bobur ularga yalang oyoq yurganini ko‘rsatgisi kelmadi-yu, 
yo‘ldan chetlanib, baland bir archaning soya-siga borib o‘tirdi.
Lekin bu orada Qosimbek ham uni ko‘rib qoldi. Kechuvda qorni-
gacha ho‘l bo‘lgan otini Boburdan ancha narida to‘xtatib, tez yerga 
tushdi. Navkarlar ham Boburni hurmat qilib apil-tapil otdan tush-
dilar. Qosimbek otining jilovini navkariga berib, egilib ta’zim qilgan 
ko‘yicha Boburga yaqinlashdi. Musibatli tovush bilan dedi:
– Amirzodam, bir qoshiq qonimdan keching! Yana bir shumxa-
bar!...


234
Boburning xayoli Toshkentga ketdi. Qosimbek uch oydan beri 
o‘sha yoqlarda yurgan edi. Boburning tog‘asi Mahmudxon Shayboni-
yxonning elchisi sharafiga ziyofatlar berib yurib, axiri xon bilan bitim 
tuzgan edi. Bu bitimga binoan Shayboniyxon O‘ratepani Mah-mudxon-
ga berib, o‘zi Hisorga qo‘shin tortib ketgan edi. Paytdan foydalangan 
Mahmudxon ukasi Olachaxon bilan birga Farg‘ona vodiysidagi Ahmad 
Tanbalga qarshi urush ochgan edi. Ular vodiyni Ahmad Tanbaldan 
tortib olib, Toshkent xonligiga qo‘shmoqchi edilar. Shayboniyxon av-
val bu niyatga qo‘shilgan edi. Nahotki endi so‘zidan qaytgan bo‘lsa?!

Ne bo‘ldi? So‘zlang!

Shayboniyxon manfurlik bilan so‘zidan qaytmishdir, amirzo-
dam! Tog‘alaringiz Farg‘ona vodiysida Ahmad Tanbal bilan olti oy 
olishib, uni yengolmay, ko‘p talafotlar berib, zaiflashib qolgan paytda 
Shayboniyxon bitimni buzib, kutilmaganda ketlaridan bostirib kelm-
ishdir! Oldinda Ahmad Tanbal qo‘shini, ketlarida yolg‘on ittifoqchi 
Shayboniyxon qo‘shini! Tog‘angiz bu ikki baloning orasida qolib tor-
mor bo‘ldilar! Shayboniy-xon uni asir olmishdir.
Bobur joyida o‘tirolmay o‘rnidan turib ketdi.

Yo alhazar! Toshkent ham ketdimi, a?

E, so‘ramang, amirzodam! Toshkentda ikki ming qo‘riqchi 
askar bor edi. Olti oyga yetgulik zaxira bor edi! Qo‘rg‘onni qattiq tu-
rib himoya qilsa bo‘lur edi. Biroq asir tushgan Mahmudxon behad uy-
atlik bir ish qilmishdir. Shayboniyxon uni qatl ettirmoqchi bo‘lganda, 
Mahmudxon: «Qonimdan keching, ne talabingiz bo‘lsa bajaray!» dedi. 
Shunda Shayboniyxon shart qo‘yurki, Toshkentdagi qo‘riqchi askar-
laringizga buyruq yozib yuboring, toki qo‘rg‘onni jangsiz tashlab chi-
qib ketsinlar, ammo xazina bilan haram qo‘rg‘onda qolsin. Jon shirin-
lik qilib, Mahmudxon bu shartni qabul qilmishdir!

Nahotki butun haram Shayboniylar ilkiga tushgan bo‘lsa?!

Ha, amirzodam, g‘oliblar qo‘riqchisiz Toshkentda uch kun elni 
talamishdir! Tog‘oyingiz Mahmudxonning eng ko‘hlik singlisi Davlat 
begim Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton haramiga uchinchi xotin 
bo‘lib kirmishdir. Ellik uch yashar Shayboniyxonning o‘zi Mahmudx-
onning o‘n olti yoshlik go‘zal qizi Mo‘g‘il xonimni nikohlab olmishdir! 
Mahmudxonning suyukli xotini Roziya Sulton begim ilgarigi elchi 
Jonibek Sultonga g‘unchachi qilib nikohlanmishdir! Bultur Xonzoda 
begim uchun bizni shunchalar malomat qilgan Mahmudxon endi suy-
ukli xotinini, qizini, singlisini o‘z joni uchun bunchalik sharmandali 
ahvolga solgani butun el-ulusning nafratini keltirmishdir! Boburn-


235
ing xayoli Oyisha begimga ketdi. Undan ko‘ngli qolib, ajrashib ketgan 
bo‘lsa ham, lekin bir vaqtlar ilk yoshlik mehri bilan suygan xotinin-
ing Shayboniyxon haramiga tushishi ehtimoli uni dahshatga keltirdi. 
Opasi Xonzoda begimning Shayboniyxon haramiga tushgani ozmi? 
Bobur Qosimbekka dahshat to‘la ko‘zlarini tikib so‘radi:

Nahotki Oyisha begim...Egachim Xonzoda begimning kundoshi-
ga aylantirilgan bo‘lsa?!

Yo‘q, amirzodam! Ne til bilan aytayki, Oyisha begim xonning 
amakisi – ellik besh yoshli Ko‘chkinchixonga to‘qol xotin qilib ni-
kohlanmishdir!
Bobur yuzini qo‘llari orasiga olib nido qildi:
– O, bu ne razolat? Ne sharmandalik?!
Qora ko‘zlaridan uchqunlar sochib Boburga achchiq gaplar aytgan 
o‘sha Roziya Sulton begim bugun Jonibek Sultonning quchog‘ida! Bu 
yo‘g‘on gavdali makkor bek Mahmudxon saroyida elchi bo‘lib, xon bi-
lan shatranj o‘ynab, ataylab yutqizib yurgan paytlaridayoq uning suy-
ukli xotinini ko‘z ostiga olib qo‘ygan bo‘lsa ehtimol. Oyisha begim-chi?
Qosimbek armon to‘la tovush bilan so‘zida davom etdi:

Koshki Mahmudxon shuncha uyat ishlar qilib, tirik qolgan 
bo‘lsa!

Tog‘oyim o‘ldirildimi?!

Shayboniyxon birinchi martasida uni o‘ldirmagan edi. Lekin 
haligi sharmandaliklar bilan ruhan o‘ldirgandan battar qilib Mova-
rounnahr chegarasidan sharqqa – Oltoy tomonga quvib yuborgan 
edi. Bundan alami kelgan Mahmudxon o‘sha yoqlarda o‘ziga taraf-
dorlar topib, qo‘shin yig‘ib Shayboniyxondan qasd olish uchun yana 
Sirdaryo bo‘yiga keladi. Xo‘jand yaqinida ikkinchi marta jang bo‘lib, 
Mahmudxon yana yengiladi-yu, ikki yosh o‘g‘li bilan asir tushadi. Bu 
gal Shayboniyxon Mahmudxonning o‘zini ham, yosh o‘g‘illarini ham 
ayovsiz qatl ettirmishdir!

Yo alhazar!.. Yo rab!..
Bir vaqtlar Boburga oqibatsizlik qilib, alam o‘tkazgan yaqinlarin-
ing taqdir tomonidan bunchalik shafqatsizlarcha jazolanishi Boburni 
qora bosiriqday ezib, karaxt qilib qo‘ydi. Bobur ulardan har qancha 
ranjiganda ham bunday og‘ir jazolarni ularning hech biriga ravo 
ko‘rmas edi.
Boburning rangi quv o‘chib, yuz muskullari titrayotganini ko‘rgan 
Qosimbek shumxabar keltirgani uchun yana bir marta uzr so‘radi. 
Boburning sal taftini oladigan chora qidirib:


236

Amirzodam, qani, o‘ltirsinlar, marhumlarning arvohiga tilovat 
qilaylik, – dedi. Tizzalari bo‘shashib, oyog‘ida zo‘rg‘a turgan Bobur ar-
cha tagidagi boyagi joyiga qaytib o‘ltirdi. Qosimbek uning qarshisiga 
tiz cho‘kdi. Navkarlar ham birin-ketin cho‘nqaydilar. Qosimbek shi-
rali, yo‘g‘on ovoz bilan qur’on suralarini ohangdor qilib aytib, uzoq 
tilovat qildi. Daryoday bir zaylda oqadigan bu ohanglar Boburga du-
nyoning bebaqoligini, o‘tib turgan har bir daqiqa umr qaytib kelmay-
digan ne’mat ekanini, hayotning g‘animatligini eslatdi-yu, u o‘zini sal 
bosib, yalangoyoqlarini to‘nining etagi bilan bekitib qo‘ydi. Tilovat 
tugab, yuzlariga fotiha tortganlaridan so‘ng Qosimbek navkarlarga 
qo‘li bilan nariroq borib turish ishorasini qildi. Ular uzoqlashgach, 
Boburga yanada yaqinroq kelib, past ovoz bilan dedi:

Shayboniyzodalar bu g‘alabalardan quturib, Andijonga ko‘z 
tikmishlar. Bosqinchilar erta-indin O‘ratepaga ham kelurlar. Endi 
bu yerlarda yurish xatarli, amirzodam. Tog‘ oshib, Hisorga ketmoq 
kerak.
Hisor hukmdori Xisravshoh taxtni Boburning amakivachchasi 
Boysunqur mirzodan tortib olib, taxtga da’vogar bo‘lmasin, deb, 
o‘ldirtirgan edi. Bobur shuni esladi-yu:

Mening qordan qochib do‘lga tutilishim ne darkor, janob Qo-
simbek? – dedi.

Mening maqsadim boshqa, amirzodam. Kamina Hisor beklari 
bilan bulturdan beri maxfiy muzokara olib bormoqdamen. Ularning 
ko‘pi Xisravshohdan norozi ekan. O‘zi bir navkardan chiqqan tagi 
past hukmdor. Taxtda o‘ltirishga haqqi yo‘q. Borsak, yaxshi beklari 
sizga yon bosgaylar.

Yana taxt talashishmi? Yo‘q, janob Qosimbek! Men bu talash-
lardan juda to‘ydim! Hozir menga tinch bir go‘sha bo‘lsa, darvishona 
hayot kechirsam, ash’or yozsam – shu o‘zi bas!..
Qosimbek boyadan beri ko‘zini Boburning yalang oyoqlaridan 
olib qochmoqda edi. Shahzodaning bunday yurishi unga juda erish 
tuyulardi.

Amirzodam, siz bizning taqdirimizni ham o‘ylang! Ikki yuz el-
likta sodiq odamlaringiz

beklaru mulozimu navkarlaringiz sizga omad tilab, avvalgidan 
ham katta martabalarga yetishingizga ishonib, tog‘u toshda sargar-
don bo‘lib yurishi nechun? Qosimbekning gapi tagida: «Chindan 
darvish bo‘lamen desangiz sizga buncha beku navkarlarning ne kera-
gi bor? Nechun javobini bermaysiz?» degan ma’no yotar edi.


237

Siz keltirgan mudhish xabarlardan ko‘nglim vayron bo‘lib tur-
gan paytda yana bir mushkul gapni qo‘zg‘adingiz, janob Qosimbek!

Gustoxligim uchun meni kechiring!

Ammo siz haqsiz. Men sizdek sodiq kishilarimning taqdirini 
ham unutmasligim kerak. Rostini ayting, janob Qosimbek, Xisravs-
hohning o‘zi ham sizni xizmatga chorlaganmi?

Chorlagan. Ikki qayta maxsus odam yubormishdir.
Bobur Qosimbekning mardona yuziga, qirq yoshga bormasdan oq 
oralay boshlagan kalta soqol-mo‘yloviga ma’yus bir nazar tashladi.

Sizdan mahrum bo‘lish men uchun behad mushkul!– dedi. – 
Otam o‘lgandan beri menga otadek g‘amxo‘rlik qildingiz. Men sizdan 
ko‘rgan sadoqatu yaxshilikni hali boshqa hech qaysi bekdan ko‘rgan 
emasmen!

Sarafrozmen, amirzodam!

Endi shu yaxshiliklaringiz hurmati, men sizga javob berurmen. 
Mayli, Hisorga boring!

Sizni tark etib ketishga ko‘nglim yo‘q, amirzodam! Birga ketaylik!

Men o‘zim ham shohlik zanjiridan butunlay ozod bo‘lishga in-
tilmoqdamen, janob Qosimbek. Bu zanjirning bir uchi tobe odamlar-
ga bog‘langan bo‘lsa, uning ikkinchi uchi shohning o‘ziga bog‘lanur 
ekan! Shu sabab, tobelarni zanjirdan bo‘shatmaguncha podshohning 
o‘zi ham zanjirband bo‘lur ekan. Men endi mana shu tabiat bag‘rida 
zanjirsiz yashashga qasd qildim. Shuning uchun sizga javob! Boshqa 
beku mulozimu nav-karlar ham vaqt-soati bilan javob olurlar!
Bobur Qosimbek bilan xayrlashmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Sa-
marqandda suyukli opasidan, Toshkentda xotinidan ayrilgan, bugun 
esa shuncha mash’um xabarlar eshitib, yana eng ishongan bekidan 
ham ajrashishga majbur bo‘layotgan Bobur o‘zini har qancha tetik 
tutishga urinsa ham tizzalari bukilib, gandiraklab ketdi. Qosimbek 
uni quchoqlab xayrlashar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi.
Bobur o‘ziga azob beradigan og‘ir tuyg‘ularni tog‘lardan 
ko‘rinadigan kengliklarga sochib yubora olsa yoki go‘zal she’riy sa-
trlarga joylay olsa bir qadar yengil tortadi. Ne yerda sokin o‘lay? Ne 
qilay? Qayon ketayin?
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjiddin. Necha eshikdin eshi-
kka gado kabi yetayin?
Kuyib-yonib yozgan bu satrlari qalbining taftini olar, dunyoda 
uning uchun hamma eshiklar bekilganda ham bir muqaddas qopqa –
she’riyat qopqasi doim ochiq ekanini ich-ichidan sezib ko‘ngli 


238
ko‘tarilardi. U o‘z qalbida hali sarf etilmagan qudratli kuchlar bor-
ligini, opasi Xonzoda begim Bobur bilan vidolashgan paytida: «Sizn-
ing nodir iste’dodingiz bor, bu buyuk ne’matni hayf qilmang!» de-
gan so‘zlari ko‘p esiga tushadi. Kecha mana shu Oqsuv bo‘yidagi bir 
qishloqda to‘y bo‘lgan, shunda yosh bir xonanda sehrli tovush bilan 
Boburning «Ko‘nglimdan o‘zga yori vafodor topmadim» deb bosh-
lanadigan g‘azalini ashula qilib aytganini u o‘zi ko‘chadan o‘tayotib 
eshitgan edi. O‘sha daqiqalarda uning qalbidagi eng zo‘r kuch jun-
bushga kelib, yuzaga chiqish uchun yo‘l axtargan edi. Bu ichki kuch 
unga Dahkatning kunchiqish tomonidan uch ming gaz balandlikdagi 
Osmon Yaylov tog‘ining uchidan otilib chiqib turgan mo

’jizaviy bu-
loqni eslatdi. Jilg‘alar bo‘yidan, tog‘ yon-bag‘rilarining tagidan ko‘z 
ochgan buloqlar ko‘p. Lekin shunday yuksak tog‘ning eng baland bir 
nuqtasidan yorib chiqqan bunday g‘alati chashmani Bobur birinchi 
marta shu yerda uchrat-di.
Janubda mangu qorga burkangan ulug‘vor Piryax cho‘qqisi yalti-
rab turibdi. Ammo u cho‘qqi bilan Osmon Yaylov tog‘ning orasida be-
had chuqur jilg‘alar, katta-katta balandliklar bor. Bu buloqning suvi 
o‘sha cho‘qqidan tushib, yana Osmon Yaylovga chiqib kelguncha ikki 
oradagi chuqurliklardan ham teranroq joyga tushib, so‘ng yana yuk-
sak toqqa ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Buloq buncha kuchni qaerdan 
olganikin? Uni shunchalik baland joyga chiqishga, shunday toshlar 
orasidan ko‘z ochishga nima majbur qilgan ekan? Ehtimol, ilgari un-
ing ko‘zi pastdagi tog‘ kamarlarida bo‘lgandir? Balki buloqning ustiga 
tog‘ ko‘chib tushib, avvalgi ko‘zini bekitib qo‘ygandir?
Boburga birdan o‘z hayoti ham ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshab 
ko‘rindi. Axsida qulagan jar ham shu buloqning ko‘ziga tushgan. 
Ko‘chmanchi sultonlarning Samarqanddagi g‘alabasi ham... Ichki bir 
kuch bilan qaynab chiqayotgan buloq ko‘chkining tuproqlarini yuvib, 
toshlar orasidan yo‘l topib o‘ta boshlaganda Movarounnahrdagi ijti-
moiy zilzilalar zarbidan yangi-yangi jarlar qulaydi, qoyalar ko‘chadi-
da, yana shu buloqning ko‘ziga tushadi.
Buloq hamon tug‘ilgan zaminining boshqa joylariga bosh urib, 
yorug‘ dunyoga olib chiqadigan yangi yo‘llar izlaydi.
Agar Osmon Yaylov bulog‘i toshlar orasidan yo‘l topib, mana 
shunday baland qoyani yorib chiqqan bo‘lsa, Bobur umidsizlan-
masligi kerak. Ehtimol, uning tolei ham mana shu buloqqa o‘xshab, 
baland bir nuqtadan qayta ko‘z ochar. Balki bu baland nuqta 
she’riyatdadir?


239
Bir kuni peshin kechroq Bobur Osmon Yaylov bulog‘i bo‘yida 
mana shu xayollarga g‘arq bo‘lib yolg‘iz o‘tirganda, katta-katta ik-
kita bo‘ribosar itni ergashtirib bir cho‘pon yigit kelib qoldi. Oyog‘ida 
choriq, boshida qizil xoshiyali oq qalpoq, beliga katta pichoq osib ol-
gan, qo‘lida qizil irg‘ay tayoq. U tosh ustida o‘tirgan Boburga salom 
berdi-yu, itlarni orqaroqda qoldirib, o‘zi buloqdan kaftida suv olib 
ichdi. Keyin ho‘l qo‘llarini qalami yaktagining qo‘ltiqlariga arta turib, 
Boburga gap qotdi:

Ha, jo‘ra, poshshong ziqnalik qildimi, toqqa yalang oyoq chiqib-
sen? Cho‘ponning «sen-sen»lab gapirgani Boburning qulog‘ini tirnab 
o‘tganday bo‘ldi. Ammo o‘zini bosiq tutib:

Qaysi podshohim? – deb so‘radi.

Bobur degan bir podsho Dahkatda yurgan emish. Sen o‘shaning 
odamlaridanmisen? Bobur eski kiyimlarini kiyib chiqqan, o‘zi tog‘ 
oftobida kuyib qoraygan, ammo uning yuzida, qo‘llarida asilzodalar-
ga xos bir nazokat borligi bilinib turardi. Cho‘pon uni podshohning 
mulozimlaridan deb o‘ylamoqda edi. Bobur o‘zini tanitgisi kelmay:
– Ha, – dedi.
Cho‘pon irg‘ay tayog‘iga keng ko‘kragini tirab, Boburga sinovchan 
nazar bilan tikildi:

Podshongga juda sodiqmisen? Bobur miyig‘ida kulib:

Men o‘zimga sodiq bo‘lsam bas, – dedi.

Podshong ham seni yomon ko‘rsa kerak-da, xor qilib qo‘yibdi.
Endi Bobur cho‘ponning yuziga tikilib qaradi. Betiga hali ustara 
tegmagan yigirma yoshlardagi yigit. Lekin chuqur ko‘zlari qirq-ellik 
yoshga kirgan va ko‘p g‘am chekkan odamnikiday so‘lg‘in, keksana-
mo.

Podshohimni muncha ko‘p so‘roqlading, biron arzing bormi? – 
dedi Bobur kulimsirab. Cho‘pon qovoqlarini uyib:

Men uni mana shu tog‘da yakkama-yakka uchratmoqchimen, – 
dedi.

Agar uchratsang... Ne gaping bor? Cho‘pon yigitning ko‘zlari 
g‘azab bilan qisildi:

Otam bilan akamning boshini ne qilgan, shuni so‘rab bilmoqchi-
men.

Boshini? Bobur-a?! Sen... sen kimsan o‘zing?

Chagraklardanmen!
Bobur Andijon tog‘larida yashaydigan chorvador turkiy qabila – 
chagraklarni eslab hayrat bilan so‘radi:


240

Bu yerda ham chagraklar bormi?

Biz bu yerga O‘sh tomonlardan qochib kelganmiz. Men o‘shanda 
o‘n to‘rt yashar bola edim. Bobur kelib otam bilan akamning qo‘ylarini, 
yilqilarini tortib olmoqchi bo‘lgan. Cho‘ponlar: «Bermaymiz!» deb 
g‘alayon qilgan. Keyin Bobur hammasini o‘ldirib, boshlarini kesib 
ketgan. Onam bilan borsak, o‘n besh-yigirmata o‘lik yotibdi. Boshlari 
yo‘q. Tanasidan tanib olish qiyin bo‘larkan. Onam dam u tanani qu-
choqlab yig‘laydi, dam bu tanani...
Bobur O‘shning janubida bundan olti yil avval Ahmad Tanbalning 
qonli xurjunidan lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushgan kallalarni 
yana ko‘z oldiga keltirdi. O‘shanda uni seskantirib yuborgan yosh-
gina yigitning kallasi va ustara tegmagan yuzi ko‘z oldida qaytadan 
gavdalandi. Mana bu turgan cho‘ponning yuzi Boburga birdan o‘sha 
yuzni eslatdi-yu, kesik bo‘yinning qon aralash go‘shtlari xayolida tak-
ror paydo bo‘lib, borlig‘ini dahshatga keltirdi. U cho‘ponga sarosima 
ko‘zlar bilan qarab:

Ahmad Tanbal o‘ldirgan! – dedi. – Sulton Ahmad Tanbal! 
Cho‘pon tayog‘ini ko‘kragidan olib, Boburga yaqinroq keldi:

Sen o‘sha boshlarni ko‘rganmiding?

Ha, yaylovda... O‘shning yaylovida Ahmad Tanbal o‘sha boshlar-
ni keltirib ko‘rsatgan. Bunga olti yil bo‘ldi... Cho‘ponlar g‘ulu ko‘tarib, 
navkarlardan uch-to‘rttasini o‘ldirmishlar. Tanbal o‘shaning qasdiga 
bosh kesib kelgan edi!

Tanbal emas! Menga ko‘rgan odamlar aytgan! Otamning boshi-
ni Bobur kesib ketgan!

Odamlar yolg‘on aytmishlar! Men... aniq bilamen. Bobur norasi-
da o‘smir edi. Toqqa Sulton Ahmad Tanbal borgan!
Bobur o‘zini oyoqlayotgan odamga o‘xshab shoshilib gapirayot-
gani uchun cho‘pon yigit endi undan gumonsiradi. Zug‘um qilib:
– Sen o‘zing kimsen? – dedi. – Bobur sening kiming?
Bu savol Boburning etini junjiktirdi. Go‘yo cho‘pon hozir undan 
otasining xunini talab qiladigandek tuyuldi.
Egasining ovozidagi g‘azab va tahdidni payqagan itlar birdan 
irillab, Boburga tashlanishga tayyorlanishdi. Bobur o‘rnidan sapchib 
turdi. Qo‘li beixtiyor belidagi xanjarning sopiga bordi.
Lekin uning oyoqlari yalang edi. Itlar eng avval uning oyog‘idan 
oladiganday ko‘rindi.
Shu payt u o‘zining yalang oyoq yurganidan qattiq pushaymon 
bo‘ldi.


241

Nega indamaysen? – dedi cho‘pon yana tahdid bilan. Bobur 
o‘zini iloji boricha vazmin tutib:

Ne deyin? Gapimga ishonmasang! – dedi. Cho‘pon itlariga 
o‘girilib:

To‘rtko‘z, Bo‘ynoq, yotinglar! – dedi. So‘ng yana Boburga yu-
zlandi: – Xo‘sh, gaping chin bo‘lsa, mening otamni Boburning o‘zi 
emas, Tanbal degan beki o‘ldirgan. Shundaymi?

Shundoq.

O‘sha bekka kim farmon bergan? Boburmi?

Bobur bunday bo‘lishini bilmagan... Yoshlik qilgan!

Yana poshshoyingning tarafini olasan-a! Agar men hozir mana 
bu itlarimga «ol»! – desam, seni tilka-pora qilib tashlagay. Shunda 
faqat itlar aybdor bo‘lgaymi? Bularni olqishlaganim uchun men gu-
nohkor bo‘lmasmenmi?
Bobur cho‘ponning bu gapiga e’tiroz qilib bo‘lmasligini sezdi-yu, 
boshini quyi soldi:

Balki sen haqlidirsen...

Kimsen o‘zing? Ayt rostini!
Cho‘ponning ovozidagi tahdidni sezishib, itlar yana irillashdi. 
Bobur qo‘rqqanini sezsa, itlar unga tashlanadiganga o‘xshardi. U bor 
kuchini go‘yo ko‘zlariga yig‘ib, cho‘ponga tik qaradi-yu, dadil turib:
– Men Boburmen! – dedi.
Cho‘pon quloqlariga ishonmay, uning yalang oyoqlariga yana bir 
qaradi:

Nahotki podshoh Bobur sen bo‘lsang?!

Ha, men podshoh edim!

Hozir-chi?

Hozir... toju taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona 
hayot kechirmoqchimen.

Shoshma, shoshma!
Oqsuv bo‘yida bo‘lgan kechagi to‘yda cho‘pon ham bor edi. U 
xushovoz yosh hofizning Bobur g‘azali bilan aytgan ashulasini tin
-
glab g‘alati bo‘lib ketgan edi. Ashula oxirida:
Bobur, o‘zungni o‘rgata ko‘r yorsizki, men Istab jahonni, muncha 
qilib yor topmadim! – degan satrlar uning esida qolgan edi.
Hozir Bobur bir o‘zi tog‘u toshda yolg‘iz yurgani ham uning o‘sha 
baytini tasdiqlagan ko‘rindi-yu, cho‘pon itlariga qarab:

Yot! Bo‘ynoq, yot! – deb buyurdi. Itlar tinchlangach, yana Bobur-
ga ko‘z tikib so‘radi:


242

Shoirliging rost bo‘lsa, shu yerda yozgan she’rlaringdan birini 
ayt-chi? Bobur yerga qarab o‘ylanib oldi-da, boshini ko‘tardi.

Eshit:

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə