Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
yulduzli tunlar 0

TAQDIR TAQOZOSI
Ikkinchi qism
HI ROT DOVULDAN OLDINGI OSUDALIK
Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryo-
si va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. Qal’a 
tashqarisidagi mashhur Bog‘i Jahonoro, Bog‘i Muxtor, Bog‘i Zubayda, 
Bog‘i Chamanlardagi uzumzor va anorzorlar yoz bo‘yi ko‘tarib tur
-
gan mevalaridan ayrilib, yakkam-dukkam qovjiroq barglar bilan 
so‘ppayib qolganlar.
Biroq bu janubiy shaharda kuzning xazonrezlik odatiga 
bo‘ysunmaydigan daraxtlar ham ko‘p. Hirotga Qandahor tomonidan 
kelishda yo‘l bo‘yidagi xiyobon va sayrgohlarda o‘sgan minglarcha 
sarvlar, sanobar* daraxtlari kuzda ham bahordagidek yashnab tu-
ribdi. «Husayn Boyqaro hovuzi» deb atalgan ulkan toshhovuz bo‘yida 
kumushrang jajji yaproqlari qush tilini eslatadigan baland va go‘zal 
lisonittayr daraxtlari bor – bular ham xazon nimaligini bilmaydi.
Lisonittayrning barglari yara-chaqaga doriligini eshitgan Tohir 
hovuzdan beriroqda otdan tushdi-yu, jilovini yoshgina navkariga tut-
qizdi. So‘ng o‘zi hovuzning xilvatroq tomoniga o‘ta boshladi. U doriv-
or barglardan yulib olib ketmoqchi bo‘lib tepadagi shoxlarga tikilib 
borayotganda qarshidan kimdir:
– Menga qarang, bekyigit! – deb qoldi.
Tohir daraxtning yo‘g‘on tanasi ortidan chiqib kelayotgan mul-
lanamo kishini ko‘rdi. Nimasidir Fazliddin tog‘asini eslatib, yuragi-
ni hapriqtirdi. Ammo soqolining uzunligi-yu, yuzining keksanamo 
ko‘rinishi Tohirni shubhaga soldi. U odob bilan:
– Labbay, – deb salom berdi.
Tohirning yuzidagi xanjar iziga tikilib turgan haligi kishi endi un-
ing ovozini ham tanidi-yu:


256
– Tohir! Jiyanim! – deb qichqirib yubordi.
Tohir ham endi tog‘oyisini tanib, quchoq ochganicha unga qarab 
otildi. Hovuzning shishaday tiniq suvida ularning akslari bir-biriga 
qo‘shilib ketdi.
– Vatanimning hidini olib kelgan jiyanim! Xudoga shukr, eson-
omon ekansen! Mavlono Fazliddin jiyanini quchog‘idan qo‘ydi-yu, 
ko‘zidan yuziga oqib tushgan quvonch yoshlarini artib, Tohirn-
ing kumush kamariga, beklar taqadigan qimmatbaho xanjariga va 
saqorlot chakmoniga endi razm solib qaradi. Tohirning boshidagi 
dubulg‘aning tepasida ham beklarga xos kichkina bayroqcha bor edi.

Jiyanim, martabang oshibdimi?

Ha, tog‘a, qo‘rchibegimen.

Muborak bo‘lsin. Ilohim senga yomon beklarning ta’siri ur-
masin!

Bobur mirzo ham yomon beklaridan bezgandan keyin bittasi-
ning o‘rniga meni qo‘ydi... Xo‘sh, o‘zingiz qalaysiz, mulla tog‘a? Kel-
ganimdan beri qidiramen. So‘roqlab- surishtiray desam, tanish-bilish 
yo‘q.
Yoshi qirqqa kirar-kirmas yuziga ajin tushgan mavlono Fazliddin 
ma’yus tovush bilan dedi:

Yuribmiz... Tuproqdan tashqarida. Xudo bizni omadsiz yarat-
gan ekan-da, jiyanim. Bu yerga kelib, endi Navoiy hazratlarining 
marhamatlaridan bahramand bo‘lay deganimda, u zoti oliy vafot et-
dilar. Katta qurilishlar Husayn Boyqaro zamonida ham uncha-mun-
cha bo‘lib turgan edi. Mana shu yil Husayn Boyqaro ham olamdan 
o‘tdi. Qurilishlar taqa-taq to‘xtagan. Bizga o‘xshaganlarga yana ish 
yo‘q!

Unday bo‘lsa, Bobur mirzoga bir uchrang.

Bobur mirzo ham bu yerda mehmon... Meni qabul qiladimi, 
yo‘qmi? Orada nozik gaplar o‘tgan.
Tohir mavlono Fazliddin bilan Xonzoda begim orasida bo‘lgan 
murakkab voqealarning chet-yoqasini eshitgan edi.

Bo‘lmasa, avval men u kishini xoli topib, siz to‘g‘ringizda gap 
ochib ko‘raymi, mulla tog‘a?

Mayli, buni keyin yana maslahatlashurmiz. Obbo jiyanim-ey! 
Men Bobur mirzoning Hirotga kelganlarini eshitganimdan beri «sen 
ham bormikinsen, yo‘qmikinsen», deb har bir navkarga ko‘z tikib yur-
gan edim... Qani endi, yur, uyga boraylik! Agar senga mana bu dorivor 


257
yaproqlar kerak bo‘lsa, uydan topib beraman. Bizning bog‘chada ham 
shu daraxtdan bor.

Bog‘chada... bir o‘zingizmisiz yoki uylandingizmi, mulla tog‘a?

Uylanganmiz, jiyan. Navoiy hazratlari maslahat berdilar. U 
kishida bog‘bon bo‘lgan durust bir odamning qizi bor ekan...

Muborak bo‘lsin! Farzandlar ham bormi?

Ha, bir o‘g‘il, bir qiz.

E, ajoyib-ku! Unday bo‘lsa, men uyingizga to‘yonalar bilan 
borurmen!

O‘zingni ko‘rganim ming to‘yonadan afzal, jiyan! Qani, yur!
Tohir bir necha qadam yurdi-yu, keyin nimanidir eslab, osmonga 
qaradi. Oftob og‘ib borar edi.

Mulla tog‘a, uyingiz yaqinmi?

Yo‘q, uzoqroq. Shahar chetidagi Nazargoh mahallotida. Nima 
edi?

Men hozir bir soatdan so‘ng xizmatda bo‘lmog‘im kerak edi. 
Podshoh buyurgan edi.

Obbo!.. Undoq bo‘lsa... Shu yerda birpas o‘tiraylik. Men sal 
diydoringga to‘yay! O‘zing qalaysen, jiyanim, uylanganmisen?
Tog‘a-jiyan hovuzdan chetroqdagi tosh kursiga borib o‘tirdilar. 
Tohir Robiyani qanday topganini aytib berdi-yu:

Kobulga kelib bitta o‘g‘ilcha ko‘rdik! – dedi. – Otini Safarbek 
qo‘ydik.

E, xayriyat! Men bir vaqtlar hamma narsadan umidimni uzgan 
edim. Seni ham qayta ko‘rolmasmen, deb o‘ylagan edim. Bosh omon 
bo‘lsa, hammasi o‘tar ekan... Sen bilan biz-ku, qutulib keldik-a! Andi-
jondagilarning ahvoli ne bo‘ldi?

Buni so‘ramang, mulla tog‘a! Shayboniyxonning qirg‘ini kecha-
lari tushimga kirsa, bosinqirab chiqamen!.. U yoqda rosa abgor bo‘lib, 
ikki yuz qirqtagina odam bilan Xurosonga qarab jo‘nadik. Hisor 
tog‘larining orasida rosa qiynaldik. Ot-ulovlar o‘lib-so‘yilib tamom 
bo‘lgan. Bobur mirzo ham otini onasiga berib, o‘zi piyoda yuradi. 
Oyoqlarimizda choriq. Qo‘llarimizda tayoq. Turadigan joyning tayini 
yo‘q. Birov beri kel, demaydi. Arzimagan amaldorlar Bobur mirzoday 
odamga behurmatlik qilib «yo‘llaringdan qolmanglar, Hisordan tez-
roq o‘tinglar», deydi. Bizning g‘azabimiz kelib, qo‘pol gapirgan amal-
dorlarni chopib tashlasak, deymiz. Lekin Bobur mirzo: «Bardosh qil-
inglar, tezroq Amudaryodan o‘tib olaylik», deb shoshiradi.


258

Lekin shoshirganicha bor ekan-da, jiyan. Sizlardan sal keyin 
Shayboniyxon Hisorni ham bosibdi-ku.

Ha, keyin bilsak, Bobur mirzo uzoqni o‘ylab shunday qilgan 
ekanlar. Hisor podshosi Xisravshoh umrida bir mushuk bilan ham 
urushib ko‘rmagan qo‘rqoq odam ekan. Beklarning ko‘pchiligi un-
dan norozi ekan. Bobur mirzoga maxfiy odamlar yuborib: «Keling, 
Hisorni sizga beraylik!» der ekanlar. Lekin Bobur mirzo fitnaga 
aralashmadi. «Keling», degan haligi beklarga: «Xoqon bo‘lsalaring 
o‘zlaring kelinglar», deb yaxshi gaplar aytib odam yubordilar. Biz 
Amudaryodan bu yoqqa o‘tganda, Shayboniyxon Hisorga bostirib 
kiribdi. Qo‘rqoq Xisravshoh xon bilan jang qilishga yuragi betlamay, 
poytaxtni tashlab qochibdi. Uning o‘ttiz ming qo‘shini tarqab ketibdi. 
O‘zingiz bilasiz, mulla tog‘a, bunday paytda beklar nomi ulug‘roq bir 
podshoh izlab qolishadi. Bobur mirzo Shayboniyxon bilan dadil jang 
qilgani, birda yengilgan bo‘lsa, birda uni yenggani eslariga tushadi. 
Ilgarigi eshik og‘a Qosimbek o‘sha paytda Hisor qo‘shinining orasida 
edi. Uning Bobur mirzoga ixlosmandligini bilasiz. Xullas, ini buzilgan 
ariga o‘xshab tarqalgan Hisor qo‘shini Amudaryo bo‘yida bizga kelib 
qo‘shilaverdi. Eng avval Boqibek Chag‘oniyoniy degani to‘rt yuz aska
-
ri bilan keldi. Bobur mirzo unga kutganidan ziyoda hurmat ko‘rsatdi. 
Boqibekni eng baland martabali eshik og‘a qilib qo‘ydi. Keyin Xis-
ravshohning boshqa beklari-yu, navkarlari ketma-ket kelib bizga 
qo‘shilaberdi-da. O‘zimiz daryodan ikki yuz qirqtagina odam o‘tgan 
edik. Bir oy ichida to‘rt mingga yetdik...
Mavlono Fazliddin jiyanining so‘nggi yillarda bir qadar o‘zgarib 
qolganini endi aniqroq sezdi. Tohir ilgari bunchalik so‘zlay olmas edi. 
U gapdon asilzodalar orasida ko‘p yurib, mulozimlarga xos murakkab 
iboralar ishlatishga o‘rgangan edi.

Biz Kobulga kelsak, arg‘in degan urug‘dan Muqimbek hokim 
bo‘lib o‘tirgan ekan. Taxt da’vo qilishga haqqi ham yo‘q, biz bilan oli-
shadigan kuchi ham yo‘q. Kobulni bizga jangsiz berdi. Keyin Husayn 
Boyqarodan Bobur mirzoga xat berdi. «Cherik bilan keling, Shayboni
-
yxonga qarshi ittifoq bo‘lib chiqaylik», debdi. Otda qirq kun yurib 
shuncha joydan kelsak, Husayn Boyqaro olamdan o‘tibdi.

Bir jihatdan Kobulni poytaxt qilib, bu yerga obro‘ bilan kelgan-
laring yaxshi bo‘libdir, jiyanim. Aks holda, Husayn Boyqaroning ka-
londimog‘ o‘g‘illari Bobur mirzoni pisand qilmagan bo‘lur edi.

Lekin hozir hurmatimiz juda joyida. Shahar hokimini bizga 
qo‘shib qo‘yganlar. Hirotni aylantirib rosa tomosha qildirdi. Katta 


259
dargohlarda har kun ziyofat. Bugun kech Bobur mirzo yana saroyga 
borishlari kerak edi...
Tohir osmonga ko‘z tashlab, oftobning ancha pasayib qolganini 
ko‘rdi-yu, bezovtalanib o‘rnidan qo‘zg‘aldi:
– Mulla tog‘a, men kech qolsam bo‘lmas. Sizning uyingizga ertaga 
borsam maylimi? Qanday topib boramen? Shuni ayting.
Ular Tohirning otini jilovidan tutib turgan navkarning oldiga
borgunlaricha mavlono Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga 
batafsil tushuntirdi. Tohir otining jilovini navkarining qo‘lidan olar 
ekan:

Mulla tog‘a, otingiz qani? – dedi.

Jiyanim, men piyoda yuramen.

Uyingiz uzoq bo‘lsa ham-a?

O‘rganib ketganmen.
Tohir tog‘asining kambag‘allashib qolganini endi sezdi-yu, otin-
ing kumush bezakli yuganini mavlono Fazliddinga tutqazdi:

Bo‘lmasa mana shu ot sizniki.

O‘zing-chi, jiyanim?

Otxonada mening yana ikkita otim turibdi. Mining!
Tohir tog‘asini qo‘ymasdan otga mindirdi-yu, beliga qistirilgan 
qimmatbaho qamchini ham tog‘asiga berdi.

Siz O‘shda menga mindirib yuborgan otning quluni bu, mulla 
tog‘a. O‘shanda meni boshdan-oyoq kiyintirgan edingiz-a, esin-
gizdami?

E, bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi, jiyan! Buni eslatib o‘tirma.
«Ammo ertaga kelin ayamga ham, bolalariga ham bosh-oyoq kiy-
imlik olib borib, tog‘amni yana bir suyuntirishim kerak!» dedi Tohir 
o‘zicha.
Ikkinchi ot ustida o‘tirgan yoshgina navkar nima bo‘layotganiga 
unchalik tushunmasa ham tog‘a-jiyanga angrayib qarab turardi.
Mavlono Fazliddin xo‘shlashib keta boshladi. Tohir navkariga 
qarab shipshidi:
– Farosating bormi?
Bekni piyoda qoldirib, navkarning otliq turishi chindan ham 
odobga to‘g‘ri kelmas edi. Yosh navkar buni ertaroq sezmaganidan 
izza bo‘lib otdan sakrab tushdi va jilovini Tohirga tutdi:
– Afv eting, bek janoblari.
Mavlono Fazliddin o‘girilib qaradi-yu, Tohir nav-karning oti-
da beklarcha savlat to‘kib borayotganini, navkar esa uning yonida 


260
yo‘rg‘alab piyoda ketayotganini ko‘rdi. Navkardan chiqqan ba’zi 
beklar obro‘talab bo‘lishi mavlononing esiga tushdi. «Ishqilib, Tohir 
o‘shalarga o‘xshamasin-da!» deb qo‘ydi ichida.
Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqo-
mat qilgan muhtasham Unsiyada* yashaydi. Unsiyaning baland 
peshtoqlari, niliy gumbazi, oftobda jilolangan rang-barang koshin-
lari Boburga Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin 
Unsiya-ning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasi-
nikidan balandroq, binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan 
o‘n besh yilchagina oldin qurib bitirilgan, hali hamma bezaklari 
yap-yangi edi.
Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning 
shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni 
varaqlaganda, ularning ba’zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini 
ko‘rdi-yu, Samar-qandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni 
ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular 
chulg‘adi. Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash 
katta soat qo‘yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji
haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohang-
dor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga 
Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. Keyin Hirot-
da «Alisheriy» deb ataladigan zang chaluvchi soatlar rasm bo‘lib
ketgan edi.
Bobur kutubxonadan chiqar ekan, ustma-ust zang chalayotgan 
soatga qarab turib, o‘zicha o‘ylandi: «Ajab! Alisherbekning o‘zlari va-
fot etgan bo‘lsalar ham ixtirolari tirik. Umri soniy shulmikin? Bu soat 
o‘z egasining ikkinchi umrini o‘lchab zang chalmoqdamikin?»
Unsiyaning ich-tashida bu binoni qurgan va unda hayotining oxirgi 
kunigacha yashagan noyob insonning ruhi kezib yurganga o‘xshardi. 
Bobur Navoiyning qo‘li tekkan eshiklarni ehtiyot bilan ochar, mar-
mar zinalarda uning ko‘zga ko‘rinmas izlarini bosib o‘tayotganini his 
qilib, mumkin qadar sekin qadam tashlar edi.
Hovlida toshhovuz bo‘yidagi chinorlar tagida farrosh yigit xazon 
supurmoqda edi. Bobur ikki tomonida to‘q yashil shamshod daraxt-
lari qator turgan chiroyli yo‘lkaga burildi. Bu yerda uni Navoiyning 
shogirdi Xondamir va uning eng yaqin nadim*laridan Sohib Doro 
kutib turar edilar. Hassa tayangan keksa Sohib Doro Bobur bilan 
ko‘rishayotib:


261
– Amirzodam, – dedi. – Hazrat Mirning vafotlaridan beri Unsiya 
ruhsiz tanadek edi. Siz kelganingizdan so‘ng bu tanada yangi jon, 
yangi ruh paydo bo‘ldi!
Yoshi o‘ttizlarga borgan tiyrak ko‘zli Xondamir Boburga sinovchan 
nazar bilan kulimsirab tikildi: «Andijondan kelgan yigirma to‘rt yosh-
lik shahzoda bu mubolag‘ali gapga yarasha kamtarona javob topar-
mikin?»
Qalbi ezgu va ma’yus tuyg‘ularga to‘lib turgan Bobur shoirona 
o‘xshatishlar qilib o‘tirgisi kelmayjo‘n javob berdi:

Mavlono, hazrat Alisherning makonlari mening o‘zimda yangi 
bir ruh paydo qildi. Bu yerda men san’atu ma’rifatning hali umrimda 
ko‘rmagan kamolotini ko‘rmoqdamen. Xondamir Boburning javo-
bidan qanoatlangandek mamnun bosh irg‘adi. Sohib Doro ham:

Siz haqsiz, amirzodam, – dedi. – Hazrati Mir neki yarat-
gan bo‘lsalar, hammasida o‘zlarining oliy ruhlaridan bir nishona 
qoldirmishlar. Mana bu minoralarga bir nazar tashlang!
Bobur uchi osmondagi oq bulutlarga tegay deb turgan baland ko-
shinkor minoralarga tikildi.
Odatda, yuksak minoralarning odam chiqib atrofga qaraydigan 
usti yopiq halqasi, ya’ni shiyponchasi eng tepasida bo‘ladi. Unsiya mi-
noralarida esa tepadagi halqadan tashqari o‘rta belida ham maxsus 
halqalar bor edi. Sohib Doro buning sababini aytdi:

Hazrati Mir Hirot manzaralariga baland bir joydan qarab o‘ltirib 
hordiq chiqarar edilar. Keksaygan paytlarida minora tepasidagi 
halqaga chiqishlari mumkin bo‘lmay qoldi. Shundan so‘ng me’morga 
o‘zlari aytib, pastroqqa ham halqa qurdirdilar.

Iloj bo‘lsa, shu halqalardan biriga biz ham chiqsak, – dedi Bobur.

Bajonidil!
Sohib Doro Boburni Xondamir bilan birga g‘arbiy minoraga to-
mon boshladi. Ammo minora ichidagi tik, aylanma zinalardan chiqol-
masligini aytib, o‘zi pastda qoldi. Minoraning o‘rta halqasiga Boburni 
Xondamir boshlab chiqdi.
Ular atrofga ko‘z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor va Iskalja 
tog‘lari. Pastda kuz kirib, suvi jildirab qolgan Injil anhori. Uning chap 
sohilida mashhur Gavharshodbegim madrasasi savlat to‘kib turib-
di. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o‘ng qirg‘og‘ida – 
Gavharshodbegim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan 
narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda, mudarrislar yoshlarga 
tibbiyot ilmini o‘rgatadigan Shifoiya nomli shifoxona– madrasa. Un-


262
dan narida ulkan gumbazli Xalosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning 
o‘rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to‘lib, 
Hirotning salobatiga salobat qo‘shgan edi.
Shaharning narigi yoqlarida ham moviy tog‘larga o‘xshab yuk-
salib turgan minora va gumbazlarning ko‘pligi Boburga birdan 
Samarqandni eslatdi-yu, yuragini dard aralash sog‘inch tuyg‘usi 
chulg‘adi.

Mavlono, – deb Bobur Xondamirga yuzlandi. – Hirot obidalar-
ini qurgan me’morlar orasida Movarounnahrdan kelganlari ham bor-
midi?

Amirzoda, Siz Hirotda Samarqand sayqali ham borligini sezib 
turganga o‘xshaysiz.

Ha, savolimning boisi ham shu.

Hirotning ko‘p ulug‘ zotlari Samarqandda tahsil ko‘rmishlar. 
Ular Samarqand sayqalini qalblarida olib kelmishlar, yana Mova-
rounnahrdagi fatoratlardan bezib qochgan talay iste’dodlar Hi-
rotga kelib, hazrat Alisherdan panoh topmishlar. U oliy zotning 
fazilatlari behisob edi. Lekin faqirga eng ulug‘ tuyulgan fazilatlari– 
hazrat Mirning iste’dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi. 
Ulug‘ ishlarini ulug‘ iste’dodlarsiz qilib bo‘lmasligini hazrat Alisher 
yaxshi bilur edilar. Shuning uchun hamisha el-ulus orasidan nodir 
iste’dodlar izlab o‘tdilar. Yonlarida yurgan nadimlariga, musohi-
blariga, biz kabi shogirdlariga aytar edilarki, baxillik doim nursiz, 
layoqatsiz, iste’dodsiz odamlardan chiqur. Xususan, oliy jamiyatda 
layoqatsiz baxillar doim iste’dodlarning yo‘lini to‘surlar, xudodod 
zakovatlarini yuzaga chiqarmay, xayf qilurlar, bundan butun xalq 
zarar ko‘rur. Dunyodagi eng mash’um baxillik, iste’dodlarning 
yo‘lini to‘sguvchi baxillikdir. Dunyodagi eng oliy saxovat esa nodir 
iste’dodlarni yuzaga chiqaruvchi saxovatdir.

Ayni haqiqat! – zavqlanib xitob qildi Bobur.
Xondamir bu xitobdan ruhlanib, ovozini xiyol ko‘tarib davom 
etdi:

Biz biron safardan qaytsakyoki hazrat Alisherga bir-ikki kun 
ko‘rinmay yurib, keyin huzurlariga kelsak: «Qani, xo‘sh, yana qan-
day ajoyib iste’dod uchratdingiz?»– deb so‘rar edilar. Biz uchratgan 
nodir iste’dodlarning ba’zilari o‘n besh-o‘n olti yoshlik o‘spirinlar 
bo‘lar edi. Hazrat Alisher: «Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh 
bo‘lur, bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur», der edi-
laru topilgan iste’dod o‘spirin bo‘lsa ham huzurlariga chorlar edilar. 


263
«Sohib Doro iste’dodli shoir Zayniddin Vosifiyni o‘n besh yoshida 
hazrat Mirning huzuriga keltirgan edi. Hazratning saxovatlaridan 
bahramand bo‘lgan bu yosh shoir juda tez ulg‘ayib, butun Hirotga 
mashhur bo‘ldi. Ulug‘ musavvir Kamoliddin Behzod ham yoshlik-
dan hazrat Mirning tarbiyalari bilan ulg‘aydilar. Shoir Hiloliy, xattot 
Sulton Ali Mashhadiy ham hazrat Alisher kashf etib, tarbiyat qilgan 
iste’dodlardandir. Ko‘z o‘ngimizda turgan Hirot so‘nggi o‘ttiz-qirq yil 
mobaynida avvalgidan o‘n barobar go‘zalroq, ulug‘vorroq bo‘lib ket-
ganini barcha fozil kishilar ay- turlar.

So‘zingiz chin, mavlono. Men ko‘rgan Rub’i maskunda Hirotdek 
shahar yo‘qdir!

Amirzodam, bugungi Hirotni shunchalik go‘zal, shunchalik ulug‘ 
qilganlar – el-ulus orasidan chiqqan iste’dodlar emasmi?

Rost! Ko‘z o‘ngimizda turgan barcha nodir obidalar – ulug‘ 
iste’dodlar xazinasidan chiqqan gavharlardir.

Lutf qildingiz, amirzodam. Hazrat Alisher – gavharday bebaho 
iste’dodlar xazinasini ochgan eng ulug‘ kashfiyotchi edilar. Buni sul
-
ton Sohibqiron Husayn Boyqaro ham tan olgan edilar. Eshitgandirsiz 
amirzodam, hazrat Alisher bilan Husayn Boyqaroning oralariga nifoq 
solgan baxillar ko‘p edi. Ma’lumingizkim, sulton Husayn mastlikda 
ko‘p yomon ishlar ham qilgan edilar... Ammo ichmay yurgan ta’blari 
tiniq kunlarda hazrat Alisherga shundoq ehtiromlar ko‘rsatar edilar-
ki, hammamiz hayron qolar edik.
Bobur Xondamirning zavqli bir voqeani eslagandek mamnun 
kulimsiraganini ko‘rdi-yu, uning hikoyasini kutib, yuziga tikildi.
Xondamir hali yigit yoshida bo‘lsa ham ko‘p o‘ltirib ishlash 
oqibatida bir oz semirib qolgan to‘la gavdali o‘rta bo‘y kishi edi. U 
go‘shtdor barmoqlari bilan qoshining ustini silab qo‘ydi-yu:
– Hazrat Alisher «Xamsa»larini bitirib Sulton Husayn Boyqaroga 
o‘qishga berdilar, – deya hikoya qila boshladi. – Sulton Husayn ta’bi 
nazmi o‘tkir zot edilar. «Xamsa»ni o‘qib hazrati Alisherni saroylari-
ga chaqirmishlar, butun a’yonlari oldida tabrik aytmishlar. Sulton 
Husaynning yaxshi ko‘rgan bebaho bir oq otlari bor edi. Miroxo‘rga: 
«O‘shal otni keltiring!» – deb buyurmishlar. Mir hazratlari hayrat-
ga tushib: «Menga ot in’om qilmoq-chilarmi? – deb o‘ylamishlar. 
Otni keltirgunlaricha podshoh Mir Alisherga qarab: «Endi siz 
she’riyatda menga ustoz pirsiz, men sizga murid bo‘lmoqchimen», 
deganlar. Mir Alisher iztirob bilan e’tiroz qilganlarki: «Hazratim, 
siz podshohdirsiz, sizga men murid bo‘lmog‘im kerak». Shu asnoda 


264
oq otni oltin anjomlari bilan keltirurlar. Sulton Husayn kulib tu-
rib so‘rabdilar: «Murid pirning amrini bajarmog‘i kerakmi?» Mir 
Ali-sher, albatta, tasdiq javob bermishlar. Shunda podshoh u oliy 
zotga aytmishlarki: «Bo‘lmasa, mana shul otga mining!» Shohning 
amri vojib. Mir Alisher otga yaqinlashurlar. Oq otning bir fe’li bor 
ekan: Sulton Husayndan boshqa odam minmoqchi bo‘lsa, belanglab 
qo‘ymas ekan. Mir Alisher yaqinlashganda ot belanglashga tushm-
ish. Shunda Sulton Husayn otni jilovidan olib: «Tinch tur!» – deb 
o‘shqirurlar. Ot tinchlangach, hazrat Mir unga minurlar. Saroy ahli: 
«Endi nima bo‘larkin?» deb nafaslarini ichlariga olib sukutga ket-
mish. Sulton Husayn otning jilovini ilklaridan qo‘ymay hovli bo‘ylab 
yurib ketmishlar. Hamma hayron. Shunda podshoh ot ustidagi haz-
rat Alisherga ayturlarki: «turkiy tilda birinchi bo‘lib yozgan ulug‘ 
«Xamsa»ngiz uchun mendek Sulton Sohibqiron sizga jilovdor murid 
bo‘lsa arzir!» Saroy ahli bu so‘zni eshitib, lol bo‘lib qolmish. Hazrat 
Alisherning o‘zlari shu darajada mutaassir bo‘lmishlarki, hushlari-
dan ketib qolmishlar. Keyin mulozimlar chopib borib hazratni ot-
dan tushirib olmishlar... Ana, amirzodam...
– Fikringizga tushundim, mavlono, – dedi Bobur o‘ychan tovush 
bilan. – Qayerdaki iste’dodlarga baxillar zavol keltirolmasa-yu, saxiy-
lar yo‘l ocha olsa, o‘sha joy bugungi Hirot kabi kamolot cho‘qqisiga 
ko‘tarilar ekan.
Xondamirning ko‘nglidagi gapni Bobur bunchalik yaxshi topib ay-
tgani mavlonoga g‘alati ta’sir ko‘rsatdi. Xondamir Boburda o‘zining 
maslakdoshini topganday quvonib:
– Tasanno, amirzodam! – dedi. – O‘shal ulug‘ zotlar davrida Hi-
rotning kamolot quyoshi osmonning eng baland nuqtasiga chiqqani 
rost! Lekin... afsuski, quyosh eng baland nuqtadan so‘ng pastga og‘ar 
ekan. So‘nggi yillarning mudhish voqealarini ko‘rib, qalbimni bir 
vahm titratur: «Hirotning tole quyoshi asta-sekin og‘ib tushmasdan, 
birdan zulmat qa’riga qulab ketsa... unda ne qilg‘aymiz?
Xondamir Movarounnahrdagi to‘polonlar va qir-g‘inlar Shay-
boniyxonning qo‘shini bilan birga Hirotga ham yaqinlashib kelayot-
ganini sezgani uchun shu iztirobli savolni bergan edi. Uning nazarida, 
bu savolga Shayboniyxon bilan yuzma-yuz olishgan Boburgina javob 
berishi mumkin edi.

Iztirobingiz bejiz emas, mavlono, – dedi Bobur.– Hirotdagi bu-
gungi osoyishtalik dahshatli to‘fon oldidan bo‘ladigan muvaqqat 


265
sokinlikni eslatur. Toshkent ham men so‘nggi marta borganimda, 
xuddi hozirgi Hirotga o‘xshar edi. Men ming balolarni boshdan ke-
chirib, jahannam qa’ridan chiqib borgan edim. Marhum tog‘oyim 
Mahmudxonga: «Bu balolar sizning ham boshingizga tushmasin, 
birga chora topaylik», deganimda istehzo qilib kulgan edi. Rahmat-
lik siz aytgan iste’dodsiz, layoqatsiz tojdorlardan edi... Xiyla baxilligi 
bor edi... Mahmudxon axiri Shayboniyxonning oyog‘i tagida qandoq 
toptalganligi ma’lumingizdir.

Nahotki, o‘sha hodisalar Hirotda yana takrorlansa, amirzodam?
Bobur Hirotning shimol-g‘arbida g‘ubor ichida ko‘rinayotgan 
Soqi Solmon cho‘lining xira ufqiga tikilib, o‘ylanib qoldi. U Hirotga 
temuriylarning boshini qovushtirib, Shayboniyxonga qarshi mus-
tahkam ittifoq tuzish uchun kelgani, bu mavzuda qariyb yigirma kun-
dan beri muzokara borayotgani Xondamirga ma’lum edi. Bobur tezda 
javob beravermagach, Xondamir andisha qilib dedi:
– Amirzodam, muzokaralar maxfiy bo‘lsa, faqir davlat sirlarini bi
-
lishga haqqim yo‘q.
Faqat...

Mavlono, minora ustida biz faqat ikkimiz turibmiz. Mening 
sizdan yashiradigan sirim yo‘q. Hirot taxtida ikki og‘a-ini birga pod-
shohlik qilishlarini bilursiz.

Ha, asli o‘zi taxt Badiuzzamon mirzoniki edi-yu, lekin Xadi-
cha begimning tarafdorlari Muzaffar mirzoni ikkinchi podshoh qilib 
ko‘tardilar. Tarixda hargiz misli ko‘rilmagan hodisa.
Xondamirning bu hodisadan norozi ekanligi sezilib turardi. Bobur 
bosiq tovush bilan so‘zida davom etdi:
– Har ikki podshohlaringiz ham mehmondo‘stlikda, suhbat-
dorlikda, orasta bazm o‘tkazishda benazirlar. Ammo jangu jadalga 
xohishlari yo‘qmi, har qalay, Murg‘ob bo‘yida uchrashganimizda 
g‘alati bir hodisa bo‘ldi. Xonning bir pora qo‘shini Xurosonning 
Chechektu navohisini* bosgani to‘g‘risida xabar keldi. Xonning o‘zi 
Amudaryodan narida edi. Xondan ko‘ra biz turgan joy Chechek
-
tuga yaqinroq edi. Men taklif qildimki, Chechektuni besh-olti yuz 
kishilik yog‘iy bosgan bo‘lsa, darhol otlanib ularning o‘zlarini bos-
moq kerak. Toki xon qo‘shini Xurosonga osonlikcha kelolmaydigan 
bo‘lsin. Badiuzzamon mirzo inilari Muzaffar mirzoni Chechektuga 
yubormoqchi bo‘ldilar. Ma’lumingizkim, har ikkovlarining o‘z eshik 
og‘alari, o‘z mulozimlari, o‘z cheriklariyu alohida sarkardalari bor. 


266
Muzaffar mirzo jang ko‘rmagan yigit. Chechektuga borishga jur’at 
qilmadi. «Hazrat og‘am borsalar, biz boshqa chegaralar himoyasida 
bo‘lurmiz», dedi. Badiuzzamon mirzo: «Men jangda nobud bo‘lsam, 
bu taxtni yolg‘iz o‘zi egallaydimi?» deb o‘yladi nazarimda, Chechek
-
tuga borgisi kelmadi. Ko‘p sansalor bo‘lgandan so‘ng men aytdim-
kim: «Ijozat bergaysizlar, men yigitlarim bilan borib, Chechek
-
tuni yog‘iydan ozod qilishga urinib ko‘ray». Og‘a-ini bir-birlariga 
qaradilaru el- ulusdan nomus qildilar. «Siz mehmonsiz» deb, meni 
bu niyatimdan qaytardilar. Qo‘ymasdan Hirotga boshlab keldilar. 
Chechektu yog‘iy ilkida qoldi.
Xondamir kuyunib «uh» tortdi:
– Bu hammasi – Xurosondan tole yuz o‘girayotganining nisho-
nasi! Amirzodam, boshimiz ustida qanday balolar to‘planayotganini 
bizning podshohlarimizdan ko‘ra siz yaxshi bilursiz. Chunki bar
-
chasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmishsiz. Biz bu haqda mavlono Be-
hzod bilan ham ko‘p gaplashdik. Hirotning barcha jonkuyar fozil 
kishilari umid ko‘zini sizga tikkanlar. Xatar qanchalik kuchli ekan-
ligiga shoyad podshohlarimizni ishontir- sangiz. Barcha yaxshi 
kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar 
bo‘lsalar.
Bobur minoradan pastga tikilib:

Bilmadim, mavlono, – dedi. – Bugun-erta podshohlar bilan yana 
shu haqda gaplashmoqchimen.

Ilohim, kushoyishi koringizni bersinu muzokarangiz biz ista-
gandek tugasin, amirzodam!
Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo‘naldi. 
Pastga tushayotib, Hirot qal’asining ichida– baland tepalik ustida tur-
gan ulkan arkka noxush nazar tashladi.
Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqaris-
idagi bog‘larda kutubxonasi yashamoqda edilar. Shaharning shimol-
sharqidagi Qipchoq darvozasidan narida Shohruh mirzo davrida 
mashhur bo‘lgan Bog‘i Safidda Muzaffar mirzo Bobur sharafiga katta 
ziyofat berdi. Hirotning eng zo‘r pazandalari tayyorlagan g‘izol* 
kaboblari, ishtaha ochuvchi nordon ocharlar*, mohicha nomi bilan 
mashhur bo‘lgan o‘ta nozik xushta’m suyuq oshlar Muzaffar mirzo 
o‘z mehmoni bilan o‘tirgan tillakori ko‘shkning yuqorigi qavatiga 
ketma-ket olib chiqilmoqda edi. Sozandalar poygahroqda o‘tirib, qo-
nun va udda, g‘ijjakva nayda etni jimirlatuvchi kuylar chalishardi. 


267
Hirotning mashhur hofizlari ovozlarini uncha baland ko‘tarmasdan, 
yurakning qat-qatiga singadigan sokin mayin tovush bilan ashula 
aytishar, bu hammasi Boburga juda ulug‘vor bir san’atning namu-
nasi bo‘lib tuyulardi.
Bazm avjiga chiqqanda soqiy Bobur qarshisiga kelib, bir tizzasini 
gilamga tirab cho‘kkaladi, so‘ng yigirma yildan beri xumda kuch yig‘ib 
yotgan va bugungi ziyofat uchun ochilgan tiniq xushbo‘y mayi nobdan 
surohiyga quydi-da, Boburga uzatdi. Bobur hali may ichmagan edi. 
Ammo hozir eshitgan kuy va ashulalarining ta’sirida birdan uning may 
ichgisi keldi-yu, o‘ng yonidagi Qosimbekka qaradi.
Obburdonda Boburdan ajralib Hisorga ketgan Qosimbek Qavchin 
bultur Kobulda barcha navkari bilan birga Bobur xizmatiga qaytib 
kelgan va yana uning eng yaqin maslahatgo‘yiga aylangan edi. Qo-
simbekning o‘zi umrida may ichmagan xudotars kishi bo‘lgani uchun 
Boburni ham ichkilikka yo‘latgisi kelmas edi.
– Amirzodam, – shivirladi Qosimbek. – Badiuzzamon mirzoning 
chog‘ir majlisida may taklif qilganlarida ichmagan edingiz. Bu yerda 
ichsangiz, narigi mirzo eshitib ko‘ngliga olmasmikin?
Bu so‘zlar Boburni sergaklantirdi. U bitmay yotgan murakkab va 
chigal ishlarini esladi-yu, Muzaffar mirzoga qarab:

Faqirni ma’zur tuting, mirzo hazratlari, – dedi. – Men umrim-
da may ichmaganmen! Muzaffar mirzo Boburning may ichishdan 
qo‘rqayotganini sezib, qah-qah urib kuldi. Uning anchagina kayf qil-
gani shu beandisharoq kulgisidan bilindi:

Amirzodam, nahotki butun Andijonu Samarqand may zavqidan 
bexabar bo‘lsa?

Mirzo hazratlari, may zavqi Samarqandu Andijonda ham ker-
agidan ortiq. Ammo faqir boshqa zavqlardan ortmas edim. Uzrimni 
hazrat og‘angiz Badiuzzamon mirzo qabul qilgan edilar... Faqir ande-
sha qilmoqdamen...
Badiuzzamon mirzo tilga olingach, Muzaffar mirzo ham jid-
diylashdi. Boburning andishasi unga asosli tuyuldi-yu, soqiyga: 
«Bas, qistama!» ishorasini qildi. Bazmda Badiuzzamon mirzon-
ing eshik og‘asi Zunnunbek arg‘un ham bor edi. Soqiy podshosin
-
ing ishorasi bilan Boburga qo‘yilgan mayni o‘sha Zunnunbekka 
berdi.
Odamlarning kayfi oshgan sari bazm qizib borar, ba’zi beklar 
ham o‘rtaga chiqib raqs qilishar, Mir Sarbarahna, Burxon gung degan 


268
mashhur qiziqchilarning askiyalaridan ko‘tarilgan qahqahalar shift-
dagi naqshlarni ham titratayotganday bo‘lar edi.
Husayn Boyqaroning o‘limiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan. Hirot xavf 
ostida turgan og‘ir bir vaziyatda shunchalik xushchaqchaq bazm 
o‘tkazilayotgani Boburdan ham ko‘ra
Qosimbekning g‘ashini keltirmoqda edi. Qosimbek kulgi, shovqin 
orasida Boburga shivirladi:

Bu shirakayf shoh bilan endi muzokara qilib bo‘lmas. Buning 
ixtiyori onasi Xadicha begimda emish. Hozir begimning huzuriga 
chiqaylik, amirzodam.

Ziyofat tugamasdan chiqib ketsak, behurmatlik bo‘lmasmi?

Qulingiz kelishib qo‘yganmen. Begim o‘z qasrlarida bizga mun-
tazirlar. Askiyachilar musobaqasi tugab, kulgilar bosilgach, Bobur 
Muzaffar mirzodan hazrat begimning huzurlariga borish uchun ijo-
zat oldi.
* * *
Oq marmardan qurilgan uch qavatli ulkan qasrda o‘nlab ol-
tin qandillar yonmoqda edi. Bobur, Qosimbek, Zunnunbekva 
ularni boshlab borayotgan Burunduqbek zinalarga to‘shalgan 
mayin guldor poyandozlardan tovushsiz qadam tashlab, uchinchi 
qavatga ko‘tarildilar. Qasrning devorlariga Shohruh mirzo o‘zining 
san’atkor o‘g‘li Boysunqur mirzo uchun ishlatgan go‘zal rasmlar 
hali ohori to‘kilmay yap-yangi turar edi. Xadicha begim Boburni 
qasrning muhtasham qabulxonasida kutib oldi va olti oyog‘i ham 
quyma oltindan ishlangan, ustiga yaxlit sadaf qoplangan miz yoniga 
o‘tqazdi. Salobatli, xushqomat begimning orqarog‘ida – qabulxo-
naning eng ko‘zga ko‘rinarli joyida bir tup atirgul yarqirab turibdi: 
poyalari oltindan, barglari zumraddan, to‘q qizil gullari yoqutdan. 
Gul shoxiga qo‘nib turgan kichkina oltin bulbulning tumshuqchasi-
da – don o‘rnida sof gavhar jilolanib turibdi. Qabulxonaning eshik 
va derazalariga osilgan shohi darpardalarga ham durlar, la’llar va 
boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan edi. Faqat Xadicha begimn-
ing o‘zi qoramtir kumushrang parchadan bezaksiz kabo kiygan, un-
ing boshidagi ko‘kish toqida ko‘zga uncha tashlanmaydigan siyrak 
marvarid donalari ko‘rinar edi. Aqlni shoshiradigan bunday javo-
hirot orasida go‘zal qiz-juvonlar qurshovida o‘tirgan ellik yoshli
 
ulug‘sifat malika Boburni ham, Qosimbekni ham ancha dovdiratib
qo‘ydi.


269
Bobur ko‘ngliga tugib kelgan murakkab gaplarini begimning mu-
sohabalari va kelinlari oldida qanday aytishni bilmay bezovtalandi. 
Xadicha begim buni sezib osoyishta kulimsiradi:

Amirzodam, siz bizga qarindoshsiz. Shuning uchun mening ke-
linlarim, musohabalarim sizni ham o‘z mirzolaridek e’zozlab suhbat-
ingizga ishtirok etmoqchilar. Tortinmay erkin o‘ltiring.

Mutashakkirmen!
Yuzlarida yupqa oq pardalari bor qiz-juvonlarning yuz-ko‘zlari 
sham yorug‘ida uncha aniq ko‘rinmas edi. Ammo xina qo‘yilgan nafis 
qo‘llar, ipak kiyimlar og‘ushidagi ingichka bellar va baland ko‘kraklar 
ko‘pchilik ayollarning yosh juvonlar ekanidan dalolat berardi. Mu-
zaffar mirzoning eng ko‘hlik xotinlaridan Qorako‘zbegim degani 
qaynonasining qulog‘iga labini yaqinlashtirib, yengil bir kulgi bi-
lan allanarsa dedi. Xadicha begim ham sho‘x kulib bosh irg‘adi-yu, 
Boburga yuzlandi:
– Amirzodam, Hirotning asilzoda qizlari sizga maroq bilan ko‘z 
tikar emishlar. Shunday bahodir shoh, shunday ko‘hlik yigit, shunday 
iste’dodli shoir haramsiz bo‘ydoq yashar emishsiz. Rostmi?
Bobur qip-qizarib yerga qaradi-yu, bu to‘g‘rida gap ochilganidan 
ozorlanib:

Hazrat begim, rost, – dedi. – Taqdiru nasibim shundoq 
bo‘ldi.

Taqdiringiz endi tag‘ayyur topsin, amirzodam. Hirotda qolib, 
Muzaffar mirzoga ini bo‘ling. Siz ham temuriyzodalardansiz. Hirot-
dan sizga munosib go‘zalu oqila qizlar topaylik, to‘y-tomosha bilan 
uylaning.
Muzaffar mirzoga ini bo‘lish – uning tarafdoriga aylanish degan 
so‘z edi. Bir vaqtlar nevarasi Mo‘min mirzoning o‘ldirilishiga sabab 
bo‘lgan Xadicha begim, ehtimol, kelajakda Badiuzzamon mirzoni 
ham yo‘q qilish va o‘g‘lini yakka podshohga aylantirish maqsadidad-
ir. Bobur uning o‘g‘liga ini bo‘lsa, albatta, begimning bu maqsadini 
amalga oshirishga ishtirok etishi kerak.

G‘amxo‘rligingizdan minnatdormen, hazrat begim, – dedi 
Bobur.– Faqat mening bir andesham bor.

Qanday andesha, amirzodam?

Faqirni ma’zur tuting.
Bobur sukut qilib, yerga qaradi. U gapini faqat Xadicha begimn-
ing o‘ziga aytmoqchi ekanini sezgan ayollar ta’zim qila-qila chi-
qib ketdilar. Shundan keyin Bobur Shayboniyxonning Hirot ustiga 


270
bostirib kelishi muqarrarligi haqida, hozir to‘y-tomoshaga emas, 
hayot-mamot janglariga tayyorlanish kerakligi to‘g‘risida gapira
boshladi.
– Shayboniyxon Andijondan Xorazmgacha, Marvdan Turkis-
tongacha barcha joyni olib, behisob qo‘shin to‘plamishdir. Men un-
ing har bir jangga qanchalik astoydil shaylanishini bilurmen. Balo-
qazoday bostirib kelsa ancha-muncha cherik tit-pit bo‘lib ketishini 
ko‘rganmen!
Bobur Shayboniyxonning harbiy qudratini va shaf-qatsizligini is-
botlaydigan dalillar keltira boshladi. Xadicha begim sabrsizlanib:

Bu baloning balogardoni nedur? Shuni ayting, amirzodam! – 
dedi.

Buning balogardoni barcha temuriyzodalarning birlashuvidir. 
Hamma viloyatlarga tavochilar yuborib, ellik-oltmish ming qo‘shin 
to‘plamoq kerak. Qish bo‘yi bu qo‘shinni mashq qildirib, yagona bir 
sarkarda boshchiligida jangga tayyorlamoq kerak.

Yagona sarkarda kim bo‘lishi mumkin? – dedi Xadicha begim 
sergaklanib. Qosimbek «yalt» etib Boburga qaradi. Hozir tirik qol-
gan temuriylar orasida Boburdan boshqa odam bu ishni eplolmasligi 
uning ko‘nglidan o‘tdi. Ammo qo‘shin kimniki bo‘lsa, hokimiyat ham 
o‘shaniki ekani azaldan ma’lum. Xadicha begim o‘g‘lining hokimiyati-
ga hech kimni yo‘latmasligi ham aniq.
Bobur uning ko‘ngli uchun: «Yagona sarkarda – Muzaffar mirzo 
bo‘lsinlar!» demoqchi bo‘ldi-yu, orqaroqda Zunnunbek o‘tirgani esi
-
ga tushdi. Zunnunbek bu gapni Badiuzzamon mirzoga yetkazsa, ikki 
oraga nifoq tushadi.
– Bosh sarkarda kim bo‘lishini hazrat og‘a-inilar o‘zlari hal qilmo-
qlari kerak, – dedi. – Bazmlarni to‘xtatib, butun e’tiborni mudofaaga 
qaratmoq kerak. Har bir kun g‘animat, hazrat begim!
Xadicha begim Zunnunbek bilan Burunduqbekka murojaat 
qildi:
– Janob amirlar, sizlarning fikrlaringiz qalay?
Zunnunbek o‘siq qoshlarini dikkaytirib, ko‘zlarini Boburga 
qat’iyat bilan tikdi:
– Amirzodam Shayboniyxonning Movarounnahrdagi g‘alabalariyu 
xunxo‘rliklaridan bizni ogoh qilganlari yaxshi. Ammo Shayboniyxo-
nning Movarounnahrda sinmagan qilichi Xurosonga kelib, albatta 
sinur! Men bunga aminmen, hazrat begim! Shuning uchun ortiqcha 
tashvishu tahlikaga o‘rin yo‘q, deb hisoblaymen.


271
Zunnunbek ishonch va e’tiqod bilan aytgan bu so‘zlardan Xadi
-
cha begim darhol yengil tortdi. Bobur esa Zunnunbekka taajjub bilan 
tikilib dedi:

Karomatingiz iloho to‘g‘ri kelsin, janob amir! Ammo bu karo-
matga qanday asoslar bor?

Bu karomatni men emas, Hirotning eng obro‘li valiylari qilm-
ishlar. Zunnunbek shunday deb Xadicha begimga iymanibroq qarab 
qo‘ydi. Bu qarashning ma’nosini tushungan Xadicha begim Boburga 
kulimsirab izoh berdi:

Hirotning Qutb nomli mashhur valiysi bor. Shu vaqtgacha Qutb 
nimani karomat qilgan bo‘lsa, hammasi to‘g‘ri chiqmish. Qutbga 
tushida ayon bo‘lurki, Shayboniyxonning qilichini amir Zunnunbek 
sindirurlar. Mo‘

tabar munajjimlar yulduzlarga qarab, bu karomatni 
tasdiq qildilar. Shundan so‘ng valiylar Zunnunbekning yelkalariga 
muqaddas fo‘ta solib, nomlariga Hizabrulla unvonini qo‘shib aytadi-
gan bo‘ldilar.
«Hizabrulla» – arabcha «ollohning arsloni», ya’ni «engilmas bot-
ir» degani edi.
Arabchani yaxshi biladigan Bobur bu unvonning ma’nosini tush-
unib, istehzoli kulimsiradi:
– Janob Zunnunbekda arslonning yuragi borligiga shak-shubha 
yo‘q. Ammo hazrat begim valiylaru munajjimlarni tilga olganlarida fa-
qir Saripulda Shayboniyxon bilan masof urushga chiqqan kunlarimni 
esladim. Mana, janob Qosimbek ham bor edilar. Shahobiddin nomlik 
munajjim kechasi osmonga qarab: «Sakkiz yulduz yelkangizda rost 
turur, ertaga urushga kirsangiz, zafar, albatta, sizniki bo‘lg‘ay!» – deb 
valiylik qildi. Biz shunga ishonib, Shahrisabzdan keladigan ko‘makni 
ham kutmasdan, maydonga chiqdik... Mana, haligacha o‘shal xat-
omizning azobini tortib yuribmiz.
Boburning gaplaridan Xadicha begimning yuzlari tundlashib, lab-
lari atrofida burushiqlar paydo bo‘ldi. Zunnunbek esa o‘tirgan joyida 
asabiy to‘lg‘anib:
– Amirzodam, niyatni yaxshi qilmoq kerak! – dedi. Hirotning vali-
ylari Samarqand munajjimlaridek nodon emaslar! Saripuldagi xatoni 
Hirotday ulug‘ shaharda hech kim takror etmagay!
Zunnunbek ko‘zlari yonib, telbalanib gapirganini ko‘rgan Burun
-
duqbek uni bosishga tirishdi:


272
– Janob Zunnunbek, oliy mehmon bizga yaxshilik istab Kobulday 
joydan kelmishlar. Vaziyat xatarli ekanligi rost. Shoshilinch choralar 
o‘ylamoq kerak!
Xadicha begim bahslashuvchilarni muloyimlik bilan yarashtirib 
qo‘yishga harakat qildi:
– Janob Zunnunbek, vaziyat chindan ham jiddiy, beparvo 
bo‘lmaslik kerak. Ammo janob Burunduqbek ham bir narsani un-
utmasinlar: mag‘lubiyatni ko‘p ko‘rgan odamga xatar goho aslidan 
kattaroq ko‘rinur. Amirzodam siz ko‘p tashvish chekmang. Shayboni-
yxon bizga tajovuz qilsa, o‘z tajovuzidan halok bo‘lur!
* * *
– Xadicha begimdek ko‘pni ko‘rgan malika shayxlarning xusho-
mad gapiga ishonib yurganlaridan men hayron, – dedi Bobur ertasi 
kuni Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon mirzo bilan gaplashib o‘tirganda.
Gavdasining shertaxlitligi va ko‘zining qisiqligi otasi Husayn 
Boyqaroga o‘xshab ketadigan Badiuzzamon mirzo istehzo bilan 
kulimsiradi:

Hayron bo‘lmang, amirzodam. Ne qilsa ham ayol kishida, qisqa 
o‘ylab o‘rgangan.

Ammo bu kaltabinlikning kasofati hammaga urishi mumkin-ku, 
hazratim?

Nachora? Suyukli farzandimiz Mo‘min mirzo ham shu begimn-
ing kasofatidan halok bo‘lib ketdi!

Hazratim, rahmatlik otangiz kayf ustida qilgan fojiaviy xatoni 
endi unuting!

Unutolmaymen, chunki ayb marhum otamda emas edi! Sulton 
Sohibqiron Mo‘min mirzoni behad yaxshi ko‘rar edilar, she’rlarini 
yod bilar edilar. Avvallari otamning menga ham mehrlari yaxshi edi. 
Axir men– taxt vorisi edim! Xadicha begim men bilan otamni dush-
man qilishning yo‘lini izlar edi. Mo‘min mirzo asir tushgach, bu yo‘l 
topildi – uni shirakayf podshohning farmoni bilan o‘ldirdilaru men 
bilan otamni xundor dushmanga aylantirdilar. Shundan keyin be-
gimning o‘g‘li Muzaffar mirzo mening o‘rnimga valiahd bo‘ldi. Bu-
gungi sheriki podshohlik ham ana shu begimning ixtirosi! Men aniq
bilamen: begim meni muvaqqat tojdor deb bilurlar. Meni yo‘q qilib, 
Muzaffar mirzoni yagona podshohga aylantirishning qulay paytini 
poylamoqdalar!
Bobur Badiuzzamon mirzoga Shayboniyxonni eslatdi:


273

Hazratim, Shayboniyxon haqida ne yangi xabarlar bor?

Xon Xorazmni olib, Samarqandga qaytgan emish...

Undoq bo‘lsa, xon endi Xuroson yurishiga chiqmoqchidur? – 
so‘radi Bobur.

Darhol-a? Xorazm yurishidan so‘ng biror yil dam olmasmikin?
Badiuzzamon mirzoning tusmol gaplari – uning dushman 
orasidan aniq xabaryuborib turadigan maxfiysi yo‘qlig‘idan dalolat 
berardi. O‘z inisining barcha mayda-chuyda sirlarini bilib turish 
uchun behisob maxfiylar yuborib qo‘ygan podshoh bu ishni ashad
-
diy dushmani Shayboniyxonga nisbatan qilmayotgani Boburni tang 
qoldirdi.
– Hazratim, Shaybonixonning revu rangini* faqir ozroq ko‘r-
ganmen. Xonning maxfiylari hozir Hirotda darvish, yo savdogar, yoki 
navkar qiyofasida yurib, barcha zarur xabarlarni Samarqandga yet-
kazib turgan bo‘lsalar kerak.
Boburning koyinib gapirganini sezgan Badiuzzamon mirzo kinoy-
amuz kuldi:

Amirzodam, siz ham shohsiz, ehtimol, sizning maxfiylaringiz 
Samarqanddan yangi xabar yuborgandirlar?

Men sizni otamdek e’zozlaymen, hazratim. Gap maxfiylarda 
emas. Faqir tajribadan shuni bilamenki, Shayboniyxon charchagan 
askarlarini bosib olgan viloyatda dam olish uchun qoldirib, av-
valdan dam olib yotgan qo‘shini bilan darhol yangi yurishga ot-
lanur. Uning butun kuchi shundaki, barcha og‘a-ini, qarindosh-
urug‘lari bilan bir tan-bir jon bo‘lib, maydonga chiqur. Biz bu xatarli 
yog‘iy qarshisida ichki nizolarni unutmog‘imiz kerak. Biz ham bir 
tan-bir jon bo‘lib, yagona sarkarda boshchiligida jangga astoydil 
tayyorlanib kirmasak, oqibati yomon bo‘lishi ehtimoldan yiroq
emas.

Yagona sarkarda, dedingizmi? Kim bizga sarkarda bo‘lmoqchi, 
amirzodam? Birinchilikni talashayotgan bu ikki og‘a-ini «Menga 
bo‘lmasa, unga ham bo‘lmasin!» deyishga tayyor ekanligi Boburga 
hozir aniqroq sezildi. Raqib og‘a-ini talashayotgan mamlakat ulardan 
faqat biriga yoki amakivachchalari Boburga tekkanidan ko‘ra yetti 
yot begonaga tekkani afzalroq. Chunki begonalar ularning bunchalik 
baxilligini keltirmas edi.

Nahotki jangga ham alohida-alohida chiqmoqchisizlar? – dedi 
Bobur.


274

Nachora? Har kimning o‘z cherigi, o‘z sarkardasi bor. Men Mu-
zaffar mirzoga ishonmaymen. Ammo siz bilan har qanday jangga 
birga kirishga tayyormen. Chunki sizga ishonamen. Amirzodam, siz 
Hirotda qoling! Neki darkor bo‘lsa ayting! Muhayyo qilurmiz.
Bobur og‘a-inining faqat shu nuqtada yakdil ekanini sezdi. Jang 
ko‘rgan Bobur butun bek va navkarlari bilan Hirotda qolsa-yu, vaqti 
kelib, jangga birga chiqsa ularning mushkullari osonroq bo‘ladiganga 
o‘xshardi.
Ammo og‘a-inining qo‘sh hokimiyati Boburga tagi chirib teshil-
gan kemaga o‘xshab ko‘rinardi. U bu kemada qolsa paymonasi to‘lgan 
og‘a-iniga qo‘shilib g‘arq bo‘lishi muqarrarligini tobora aniq his qil-
moqda edi.
Ertasi kuni peshin namozidan keyin Unsiyaga Boburni ko‘rish 
uchun kelgan mavlono Fazliddin navkaru savdarlarning ko‘ch 
yig‘ishtirayotgan va safarga hozirlanayotganlarini sezdi. Yo‘lakda 
tog‘asiga duch kelib qolgan Tohir:

E, xayriyat, o‘zingiz keldingiz, mulla tog‘a! – dedi.

Ha, ne gap jiyanim?

Ertaga tongda Hirotdan jo‘nab keturmiz.

Kobulgami?

Ha, – deb shivirladi Tohir. – Lekin podshohlar buni bilmasinlar. 
Ruxsati oliy shahar tashqarisida qishlamoq uchun berildi. Hammaga 
«Xurosonda qishlagaymiz» deb e’lon qilindi. Siz ham bildirmang.
Mavlono Fazliddinning ruhi tushib:

Obbo, – dedi. – Bizni sag‘irdek mung‘aytirib ketar ekansizlar-da?

Qish chiqsa, siz ham Kobulga ko‘chib boring. O‘tgan gal uchrash-
ganingizda Bobur mirzo o‘zlari taklif qildilar-ku.
– Ko‘chib borish osonmi, jiyanim? Bir oy-qirq kunlik yo‘l... Ayol-
mand odammiz... Mavlono Fazliddin xomush bo‘lib Boburning qab-
ulxonasiga qarab ketdi. Bir vaqtlar Alisher Navoiyning qabulxonasi 
bo‘lgan ko‘rkam tanobiyning zarrin o‘ymakor eshigi oldida yasovul 
yigit turgan edi. U ichkariga kirib, tez qaytib chiqdi-yu, eshikni ochib, 
mavlonoga yo‘l berdi.
Uy to‘rida Bobur bilan suhbatlashib o‘ltirgan kishilarni mavlono 
bir qarashda tanidi.
Navoiyning nadimlaridan bo‘lgan qirq besh yoshlardagi ko‘sa 
odam– shoir Sulton Muhammad edi. Undan beriga mashhur xattot 
Sulton Ali Mashhadiy cho‘kkalagan.


275
Boburning o‘ng tomonida Kamoliddin Behzod va Xondamir 
o‘tirishibdi.
Bobur mavlono Fazliddin bilan o‘rnidan turib ko‘rishar ekan, 
boshqalar ham oyoqqa turdilar. Mavlono Fazliddin poygahga 
o‘ltirmoqchi edi, yoshi undan kichikroq bo‘lgan
Xondamir:

Siz oliy mehmonimizning vatandoshisiz, – deb uni o‘zidan yuq-
origa o‘tkazdi. Ma’yuslanib o‘ltirgan Xondamir suhbatni to‘xtatgan 
joyidan davom ettirib:

Ajab kajraftor falak bu! – dedi. – Amirzodam, siz Hirotning yuk-
sak san’atiyu ajoyib iste’dodlariga havasingiz kelib so‘zladingiz. Biz 
esa bugungi Hirotga xudo sizdek ma’rifatli, sizdek iste’dodli podshoh 
bermaganidan dog‘damiz!
Bobur o‘zini shuncha izzat-ikrom bilan mehmon qilgan pod-
shohlarning sha’niga tegadigan gap aytishni istamas edi.
– Mavlono, podshohlaringiz ham ma’rifatli zotlar,– dedi.
Kalta jingalak soqoli o‘ziga yarashgan nafis yuzli ozg‘in Behzod 
kinoya bilan dedi:
– Amirzodam, podshohlarimizning biri oftob bo‘lsa, biri mohtob. 
Xalq orasida hozir bir she’r tarqalmish. Mazmuni shuki, Husayn Boyqa-
ro haqiqiy podshoh edi. Uning ikki o‘g‘li ikki taxt ustida o‘ltirib, biri «oy-
men» desa, biri «kunmen» derlar, ertayu kech bir-biri bilan raqobat 
qilurlar. Bularning o‘zaro kurashlari xuddi shatranj taxtasi ustidagi 
shohlarning kurashlariga o‘xshaydir. Chunki bu ikkovi otalaridek ha
-
qiqiy shohlar emas, balki shatranj taxtasi ustidagi yasama shohlardir.
Bu o‘xshatish Boburning ikki podshohdan olgan taassurotlariga 
shu darajada mos kelar ediki, u beixtiyor kulib yubordi.

Lekin og‘a-inining raqobati – shatranj o‘yiniga o‘xshashligi rost!

Falokat shundaki, – dedi Xondamir, – bu o‘yinda ular Xurosonni 
boy bermoqdalar! Buni ularga so‘z bilan uqtirish esa imkondan xoli!
Shoir Sulton Muhammadning ko‘zlari isyonkorona chaqnadi.
– Ularga buni so‘z bilan emas, faqat shamshir bilan uqtirish mum-
kin! Xondamir eshik tomonga xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. Bir vaqtlar 
Alisher Navoiydek odamga maxfiylarini yuborib qo‘ygan podshohlar 
Boburning ketiga ham odam qo‘ygan bo‘lishlari mumkin edi.
Sulton Ali Mashhadiy suhbatni xatarli mavzulardan nariroq olib 
ketish uchun yonida turgan charm juzdonni ochdi-da, bir dasta zar-
varaq oldi.


276

Faqir oliy mehmonimizning g‘azallaridan bir nechasini ko‘chirib 
kelgan edim. Varaqlar qo‘ldan-qo‘l o‘ta boshladi. Xattotning ajoyib 
san’ati tufayli har bir harf nafis va tirik tasvirga aylangan edi. Xon
-
damir satrlarga ko‘z yugurtirib:

O! – dedi hayrat bilan. Ko‘p shoirlar «yor»ni ilohiylashtirib, 
butun najotni «yor» dan izlab o‘rganmishlar. Amirzodam bu odatiy 
aldanishlarga qarshi isyon qilgan kabi yozmishlar:

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə