Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi


QIRQQULOQTOIFALAR BO’LIMI – POLYPODIOPHYTA



Yüklə 130,69 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü130,69 Kb.
#160660
1   2   3   4   5
maruza 11

QIRQQULOQTOIFALAR BO’LIMI – POLYPODIOPHYTA
Qirqquloqtoifalar yoki paporotniklar yuksak sporali o’simliklarning en
qadimgi guruhlari bo’lib hisoblanadi. Ular qadimiylikda riniyafitlar, zosterofillar va plaunlardan keyingi o’rinda aniqrog’i, qirqbo’g’inlar bilan bir qatorda turadi.
Qirqquloqlarning qazilma vakillari Devon davri yotqiziqlaridan topilgan.
Toshko’mir davrida yirik daraxtsimon qirqquloqlar boshqa sporali o’simliklar bilan bir vaqtda o’sib, keng namli o’rmonlar hosil qilib o’sgan va ularning qoldiqlari esa toshko’mirga aylan’an. Qirqquloqlar, qirqbog’inlar va plaunlar bo’limlarini botanikaning bo’limi Pteridologiya fani o’rganadi. Qirqquloqlar turlarining soni jihatdan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklar va yo’sinlardan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Qirqquloqlar tog’larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda
uchraydi. Biroq bo’limning ko’pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muhitni
talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o’rmonlarda ancha
keng tarqalgan. U yerlarda daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan holda
o’suvchi bir qancha epifit turlari ham uchraydi. Qirqquloqlar xilma xil ekologik
muhitda o‗sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarni uchratish
mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik o’rmonlarda tikka o’suvchi, yotib
o’suvchi o’t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo’lgan turlarni va siateyadoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumlariga
kiruvchi bo’yi 25 m, diametri 50 sm gacha etadigan daraxtsimon qirqquloqlarni
uchratish mumkin. Juda mayda vakillari ham bo‗lib, ularni o‗lchami bir necha mm
keladi. O’rta Osiyo hududida esa faqat o‘t o’simliklardan iborat vakillari tarqalgan. O’zbekistonda 10 turkumga oid 15 turi o’sadi. Qirqquloqlarda
qirqbo’g’imlardagidek ildiz sistemasi (qo’shimcha ildiz) yaxshi taraqqiy etgan.
Ofioglossdoshlar (Ilontilidoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi sodda
(primitiv) guruhlarida seret, yo’g’on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqquloqlarda
tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan
bo’ladi. Salviniya - Salvinia turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay
reduksiyalanib ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan, ayrim vakillarida
dixotomik shoxlanishni ham kuzatish mumkin. Poyasining tuzilishidagi xarakterli
belgilardan biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir.
Qirqquloqlarning poyasidagi o’tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda tuzilgan.
Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlardan, masalan: sxizeydoshlar (Schizoaceae) ning o’tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi
protostel holda bo’lishi, ularning riniofitlar bilan filogenetik bog’liqligidan darak
beradi. Ularga xos belgilardan yana biri barglarining (vayalarining) yirik bo’lishi va ularda o’sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu
jihatlardan ular plauntoifalardan va qirqbo’g’imtoifalardan farq qo’shadi.
Qirqquloqlar shakli va ichki tuzilishi jihatidan ham xilma-xil bo’ladi.
Qirqquloqlarning ko’pchiligida barg ikkita funksiyani, ya‘ni ayrimlarida fotosintez
va spora xosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari
xlorofillni yo’qotib, faqat jinssiz ko’payish vazifasini o’taydi (masalan, salviniyalarda) Qirqquloqlar bargining anatomik tuzilishi jihatlardan gulli
o’simliklar bargining anatomik tuzilishiga ozroq o’xshab ketadi. Ko’ndalangiga
kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Og’izchalari
ko’pincha bargning ostki qismida joylashadi.
Qirqquloqtoifalarda ham qirqquloqtoifalardagidek sporofit bo’g’in ustun
turadi. Evolyusion taraqqiyoti davomida qirqquloqlarning sporangiylari bargning
chetki qismidan pastki qismga o‗tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o’rnashishi ularni tashqi muhitning noqulay ta‘siridan himoyalanishi uchun qulaylik tug’dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida fotosintez jarayonning’ normal borishi uchun imkonyat yaratadi. Bargda to‗p-to‗p bo‗lib joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha soros - tutam, to’da) deyiladi. Sporangiylar hosil bo’lishi jihatdan ikki xil: eng qadimgi qirqquloqlarda ular bargning epidermisidagi bir nechta hujayralardan hosil bo’lgan. Shuning uchun ular yirik va tashqi tomonidan bir necha qavat hujayralar bilan qoplangan. Evolyutsiya jihatdan ancha yosh bo’lgan vakillarida esa sporangiylar bargning bitta hujayrasidan hosil bo’lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po’st bilan qoplangan. Sporalar qulay sharoitda o’sib, undan gametofit taraqqiy etadi. Teng sporali qirqquloqlarning gametofiti ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Bularga xos belgilardan yana biri anteridiyning arxegoniyga nisbatan oldinroq taraqqiy etishidir. Bunga protoandriya (yunoncha protos - birincha va andreios - erkaklik) deyiladi. Protoandriyaning biologic mohiyati shundaki, turli muddatlarda etilgan arxegoniyda chetdan urug’lanishi uchun imkoniyat tug‗iladi. Qirqquloqlarda ham spermatozoid
qirqbo’mimlarnikidek ko’p xivchinli bo’lib, urug’lanishi suv yordamida boradi.
Gametofitdagi tuxum hujayralardan bir nechtasi urug’lanishi mumkin, lekin
ulardan faqat bitgasining zigotasigina taraqqiy etadi va o’simta (gametofitni) hosil
qiladi. O’simtada murtak joylashadi, undan esa sporofit rivojlanadi.
Qirqquloqtoifalarning klassifikatsiyasi:
1-ajdod. Dastlabki qirqquloqsimonlar – Primofilicopsida
1 - qabila. Protopteridnamolar – Protopteridales
2 - qabila. Kladoksilnamolar – Cladoxylales
3 - qabila. Zigopteridnamolar – Zygopteridales
4 - qabila. Arxeopteridnamolar – Archaeopteridales
2-ajdod.Ujovniksimonlar – Ophioglossopsida
qabila. Ujovniknamolar – Ophioglossales
3-ajdod. Marattiyasimonlar – Marattiopsida
qabila. Marattiyanamolar – Marattiales
4-Ajdod. Polipodiidsimonlar – Polypodiopsida
1 - qabila. Haqiqiy paporotnikkabilar – Filiciidae
2 - qabila. Marsiliyanamolar – Marsiliidae
3 - qabila. Salviniyanamolar – Salviniidae
Yüklə 130,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə