Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi


Polushniknamolar qabilasi – Isoetales



Yüklə 130,69 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü130,69 Kb.
#160660
1   2   3   4   5
maruza 11

Polushniknamolar qabilasi – Isoetales. Qabilaga bitta polushnikdoshlar -
Isoetaceae oilasi va bitta turkum polushnik - Isoetes mansub bo’lib, 70 ga yaqin
turni o’z ichiga oladi. Ularga ko’p yillik o’t o’simliklar kiradi. Vakillari asosan
Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan. Polushniklarning poyasi qisqa, balandligi 8-25 sm. Pastki qismida ildizlari, yuqori qismida esa barglari joylashgan. Eng tashqi barglarida megosporofill, undan so’ng mikrosporofill o’rnashgan. Poyaning eng uchida vegetativ burglar joylashgan. Sporofilli barglari qishda quriydi, vegetativ barglari esa saqlanib keladi. Ular yozda yana sporofillarga aylanib, poyaning uchki qismida yana yangi vegetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofillda mikro va makrosporangiyalar joylashgan. Bularda ham mikrosporadan erkaklik gametofit, makrosporadan urg’ochi gametofit taraqqiy etadi. U tuproqqa yopishib ildiz otib yangi o’simlikka aylanadi.

QIRQBO’G’INTOIFALAR BO’LIMI – EQUISETOPHYTA
Qirqbo’g’intoifalar paleozoy erasining devon davrida (riniyafitlardan) paydo
bo’lgan, toshko’mir davrida turlarga boy bo’lgan va avj olib rivojlangan. Bu
bo’lim ba‘zi adabiyotlarda bo’g’imlilar deb ham yuritilgan. Bunga sabab yuksak
o’simliklar orasida ya‘ni poyasining bo’g’im va bo’g’im oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarining halqasimon joylashganligidir. Barglari fotosintez
qilish qobiliyatiga ega emas. Qirqbo’g’imlarning ko’pchilik turlari bizgacha yetib
kelmagan. Hozirgi turlari yer ostida gorizontal va vertikal o’suvchi ildizpoya hosil
qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalari (telom)ning o’zgarishidan kelib
chiqqan. Qirqbo’g’imlar ko’p yillik o’t o’simliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari (kalamitlar-Calamostachyales) esa bizgacha yetib kelmagan. Ularning
balandligi 15-30 metrgacha va eni 0,5 gacha yetgan. Qirqbo’g’imlarning
o’tkazuvchi bog’lamlari kollaterial tipda. Ksilemasining o’tkazuvchi elementlari
turli tipdagi traxeidlardan tashkil topgan. Floemasi to’rsimon naylar va parenxima
hujayralaridan iborat. Sporofillari poyani spora hosil qiluvchi zonasida yoki vegetativ barglar bilan navbatlashib yoki poyaning uchida spora boshoqlarida
halqasimon joylashgan. Sporofillar qolqonchasimon ko’rinishga ega bo’lib, shakli
o’zgargan bargdir. Ularda 4-16 tagacha sporangiylar joylashadi. Ko’pchilik
qirqbo’g’imlar teng sporali o’simliklar hisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari
orasida har xil sporalilar bo’lgan. Qirqbo’g’imlar devon davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqqan va toshko’mir davrida yaxshi taraqqiy yetgan. Trias davriga kelib ayniqsa daraxtsimon vakillari yo’qola boshlagan qirqbo’g’imdoshlar (Equisetaceae) oilasi va qirqbo’g’im (Equisetum) turkumidan iborat. Toshko‗mir davrida Yer sharida yashab o’sgan qirqbo’g’imnamolardan bizning davrimizgacha faqat bitta turkum vakillari saqlanib qolgan. Bu turkum vakillari Yer sharida keng tarqalgan. Janubiy Amerikada poyasi o’ralib o’suvchi Equisetum giganteum ning bo’yi 10-12 metrgacha, diametri esa 3-6 sm ga yetadi. Deyarli mo‗tadil mintaqada o’suvchi barcha qirqbo’g’inlar poyasi qishda qurib qoladi. Faqat E. hyemale turida poyasi ancha sovuqqa chidamli bo’lib, bir necha yil saqlanishi mumkin. O’zbekistonda qirqbo’g’inlarni ikkita turi o’sadi. Qirqbo’g’im sporofitining yer ostidagi ildizpoyasida ildizi va tuganaklari joylashgan. Ildizpoyalari 2 xil: gorizontal va vertikal tipda bo’ladi. Gorizontal ildizpoyasi kuchli taraqqiy yetgan, bo’g’im oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha boradi. Yer ostida 0,5 m dan 2 m gacha chuqurlikda joylashgan. Tik (vertikal) ildizpoyasi esa ancha ingichka, bo’g’im oralig‗ining uzunligining 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoya gorizontal ildizpoyadan taraqqiy yetadi. Ildiz hosil qiluvchi kurtaklarining taraqqiy etishi tufayli yangi ildizlar hosil bo’ladi. Vertikal va gorizontal ildizpoyalarning ayrim yon kurtaklaridan tugunaklar hosil bo’ladi. Bu tugunaklar kelib chiqishi jihatdan qisqargan va yo’g’onlashgan novda bo’lib, o’zida ko’p miqdorda oziqa modda, ya‘ni kraxmal to’playdi, hamda vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi.

Qazilma qirqbo’g’inlar - kalamitlar (Calamostachyales) (rekonstruksiya qilingan): ACrucicalamites sp. umumiy ko’rinishi: B-Asterophyllites sp. shoxchasi; D-Calamites carinatus
umumiy ko’rinishi; E-Archaeocalamites sp. poyasi; F-Calamites ramosum poyasi; ICalamostachys sp. sporangiyli boshog’i; 1- muhit yoki suv sathi; 2-qo’shimcha ildizlar; 3-
ildizpoya; 4-poya; 5-shoxlar; 6-shox chandig’i; 7-barg; 8-bo’g’im; 9-bo’g’im oralig’i

Qirqbo’g’im turkumining vakillari yer usti poyasining morfologiyasiga ko’ra


ikkita guruhga bo’linadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega.
Ularda spora boshoqlari poyasining uchida, ayrimlarida yon novdalarining
uchlarida hosil bo’ladi. Bu guruhga O’zbekistonda keng tarqalgan shoxlangan qirqbo’g’im E.ramosissimum kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchi qirqbo’g’im turlarining yer usti poyasi ikki xil bo’ladi. Birinchisi qo’ng’ir yoki yashil rangli, spora hosil qiladi, ikkinchisi yashil rangli, vegetativ poya deb ataladi. O’zbekiston sharoitida o’suvchi dala qirqbo’g’imida (E. arvense) spora hosil qiluvchi poya erta bahorda o’sib chiqib, spora hosil qilgandan so’ng quriydi. U xlorofillsiz qo’ng’ir rangli shoxlanmaganligi, ya‘ni bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi.
Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, yashil rangli bo’lishi va sershoxli
bo’lishi bilan ajralib turadi. Dala qirqbo’g’im ko’p yillik o’t o’simlik. U daryo yoqalarida, ariq, bo’ylarida ba‘zan esa ekin maydonlarida begona o’t sifatida o’sadi. Ildizpoyasi yer ostida 1 m gacha chuqurlikda joylashgan. Ildizpoyasi bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib, har qaysi bo’g’imdan ildiz taraqqiy etadi. Ildizpoyadan tugunaklar ham hosil bo’lib, unda oziqa modda to’planadi va vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi. Erta bahorda shoxlanmagan, qo’ng’ir rangli, bo’yi 15-30 sm bo’lgan generativ poyasi o’sib chiqadi. Bu poya spora hosil qilgandan so’ng o’z vegetatsiyasini tugatadi. Ikkinchisi yoz oylarida chiquvchi yashil, sershox vegetative poya. Har ikkala poya ham ko‗p qirrali va poyasining ichi bo’sh bo’ladi. Barglari poya bo’g’imlarida halqasimon joylashgan, juda mayda, asosi qo’shilgan, xlorofillsiz. Shuning uchun barg vazifasini yashil novdalari bajaradi. Poyaning tashqi tomonini epidermis o’rab olgan. Epidermis ostida xlorofil donachalariga boy assimilyatsiya to‗qimasi joylashgan. Undan ichkarida yupqa po’stli, dumaloq, shakldagi asosiy parenxima hujayralari bo’ladi.

Dala qirqbo’g’ini (Equisetum arvense):
A-vegetativ (assimilyatsion) poya; B-generativ (spora hosil qiluvchi) poya; a-b-bargchalarni
poyada xalqasimon joylashuvi; D-sporoangiyli sporangiofor; E-spora; F-gametofitlar (anteridiy
(♂), arxegoniy (♀)); 1-ildizpoya va undagi tugunaklar; 2-spora boshog‗i; 3-qolqonsimon sporofil; 4-sporangiy; 5-oyoqcha; 6-elatera; 7-elatera ipchalar; 8-anteridiy; 9-arxegoniy; 10-spermatozoid.
Dala qirqbo’g’imning jinssiz ko’payishida, poyasining uchki qismida
ellipssimon shakldagi spora boshog’i hosil bo’ladi. Boshog’ning markaziy o’qiga
halqasimon shaklda sporofillar o’rnashgan. Har qaysi sporofilldagi sporangiyalarda
teng sporalar hosil bo’ladi. Ular etilgandan so’ng sporangiya uzunasiga chatnaydi
va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitda
o’sib gametofitni hosil qiladi. Gametofitlari yashil plastinka shaklida, ayrim jinsli.
Anteridiyda etilgan spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib, arxegoniydagi
urg‗ochi tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayradan hosil
bo’lgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbo’g’imning sporofitiga aylanadi (159-
rasm).

Dala qirqbo‗g‗inining (E. arvense) hayot sikli:
A-sporofit; B-gametofit; M-meyoz; a-zigotaning bo’linishi; b-sporofit murtagi; d-yetuk sporofit;
e-erkak gametofit tallom; f-urg’ochi gametofit tallom; 1-yozgi vegetativ poya; 2-spora beruvchi
poya; 3-ildizpoya; 4-qo’shimcha ildiz (tashqi ko’rinishi va ko’ndalang kesmasi); 5-o’tkazuvchi
boylam; 6-bo‗shliq; 7-tuganak (tashqi ko’rinishi va ko’ndalang kesmasi); 8-epiderma; 9-og‗izcha; 10-mexanik to’qima; 11-assimilyatsion parenxima; 12-endoderma; 13-po’stloq; 14-markaziy silindr; 15-sporangiyli boshoq; 16-sporangiofor; 17-oyoqcha; 18-qalqon; 19-sporangiy; 20- sporalar; 21-perina; 22-elatera; 23-riziodlar; 24-anteridiy; 25-spermatozoid; 26-arxegoniy; 27-sporofit murtagi.
Dala qirqbo’g’imi dorivor o’simlik. Uning yozgi poyasi qonni to’xtatish va
siydikni haydash xususiyatiga ega. Tibbiyotda dala qirqbo’g’imining yer ustki
qismi o’tidan foydalaniladi. Yozgi dala qirqbo’g’imi yer ustki qismi tarkibida
ekvezetonen saponini, flavonoidlar, C vitamini, karotin, kislotalar, suvda eriydigan
silikat, organik birikmalar, achchiq oshlovchi moddalar bo’ladi.

Yüklə 130,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə