Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi



Yüklə 130,69 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü130,69 Kb.
#160660
1   2   3   4   5
maruza 11


Plaunnamolar qabilasi – Lycopodiales. Bu qabilaga 400 tagacha tur kirib, ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularda rizoforalar bo’lmaydi. Barglari oddiy, butun va tilchasiz. Novdalarida kambiy yo’q. Sporangiylari sporofillarning asosida, sporofillar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlar ikki jinsli, seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi. Qabilaning bizgacha faqat bitta Plaundoshlar - Lycopodiaceae oilasining vakillari yetib kelgan. Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: Plaun - Lycopodium turkumining 200
dan ortiq turi bor. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O’rta Osiyoda esa
tog’li mintaqalarda uchraydi. Poyasi tik, ayrimlarida yotib o‗sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer bag‗irlab o’suvchi vakillaridan biri cho‗qmoqli plaun (Lycopodium clavatum) dir (154-rasm). U ko’p yillik o’t. Poyasi yotib o’sadi. Doim yashil, ko’proq o’rmonlardagi daraxtlarning ostida o’sadi. Yer bag’irlab o’suvchi poyasidan yuqoriga qarab dixotomik shoxlangan novdalari o’sib chiqadi. Poyasi va shoxlarini mayda butun bargchalari zich qoplab olgan. Poyasining tashqi tomonida bir qavat epidermis, unda esa og’izchalar mavjud. Epidermis ostida qalin birlamchi po’stloq undan ichkarida endoderma va peritsikl qavati bor. Poyaning markazida silindrik protostel joylashgan, undagi o’tkazuvchi
bog’lam konsentrik tipda. Ksilemasida traxeidlar, floemasida elaksimon naylar,
bargning ustki va ostki epidermisida esa labchalar joylashgan. Uning mefozill qavati ustunsimon, bulutsimon hujayralarga differensiyalanmagan. Bargning o’rta
qismidan o’tadigan tomirda traxeidlar va parenxima hujayralari bor. Plaunlarda
ildizpoya vegetativ ko’payish vazifasini o’taydi. Yotib o’suvchi cho’qmoqli plaun
esa poyasi yordamida vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Plaunlarda jinssiz ko’payish sporalar yordamida boradi. Yozning o’rtalarida spora boshoqlari shoxlarining uchlarida hosil bo’ladi. Spora boshoqlarida sporofillar zich o’rnashgan. Sporofillarda sporangiy va arxesporial hujayralar joylashgan. Arxesporalar hujayralarining bo’linishidan sporaning ona hujayrasi, ona hujayrasining reduksion bo‗linishidan esa tetraspora hosil bo’ladi. Spora tetraedrik shaklda, ichida sitoplazma, yadro, plastidalar va moy tomchilari mavjud. Sporalar yerga to’kilgandan so’ng suv yordamida tuproqning yoriqlariga tushadi va undan gametofit hosil bo’ladi.

Cho’qmoqli plaunning (Lycopodium clavatum) hayot sikli:
1-gametofit; 2-sporofit; a-sporangiyli sporofill; b-arxegoniy; d-anteridiy; e-sporofit murtagi.

Gametofit rangsiz, 2 jinsli bo’lib, yer ostida yoki yarim yer ostida rivojlanadi


va shakli piyozsimon, diametri 2 sm bo’ladi. Zamburug’ mitseliylari bilan simbioz
yashaydi. U juda sekin rivojlanib, anteridiy va arxegoniylar vujudga kelishiga 6-15
yil vaqt ketadi. Anteridiylarda hosil bo’lgan 2 xivchinli spermatozoidlar suv
yordamida suzib kelib, arxegoniyning bo’yin qismi orqali uning qorinchasiga o’tadi va tuxum hujayrani urug’lantiradi, natijada zigota hosil bo’ladi. Zigota hujayralari bo’linishi natijasida sporofit murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh plaunning ildizi, poyasi, barglari o’sib chiqadi. Ularni mol yemaydi. Ulardan tibbiyotda va veterinariyada hamda bo’yoqlar olishda foydalaniladi.

Yüklə 130,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə