Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi


Polushniksimonlar ajdodi – Isoetopsida Selaginellanamolar qabilasi – Selaginellales



Yüklə 130,69 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü130,69 Kb.
#160660
1   2   3   4   5
maruza 11

Polushniksimonlar ajdodi – Isoetopsida
Selaginellanamolar qabilasi – Selaginellales.
Mazkur qabila bitta selaginelladoshlar oilasi va bitta selaginella (Selaginella) turkumiga mansub 700 ga yaqin turni oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarda tarqalgan.
Ularning ayrim turlari Yevrosiyoning mo’tadil iqlimli tog’li hududlarida va
Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko‗pchiligi yotib o‗suvchi yoki lianalar bo’lib, 50 ga yaqin turlari tik o‗sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18-20 m ga yetadi. Biroq 5-10 sm uzunlikka ega bo’lgan tashqi ko’rinishi yo’sinlarga o’xshash vakillari ham mavjud. Poyasi tikka o’suvchi vakillarining barglari kichik, bir xil kattalikka va shaklga ega, poyasi spiral holda o’rnashgan. Poyasi yotib o’suvchi turlarining ustki barglari kichik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida) gi barglari yirikroq. Ildizi dixotomik shoxlangan, bevosita poya asosidan yoki rizoforalardan taraqqiy etadi. O’tkazuvchi bog’lamlari konsentrik tipda. Poyasidagi kambiy taraqqiy etmagan. Selaginellalar har xil sporali o’simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarning uchida hosil bo‗lib, ularda sporofillar (spora bargi) o’rnashgan. Sporofil tashqi ko’rinishidan vegetativ barglarga o’xshaydi. Sporangiylari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporofilda joylashgan. Ko’pchilik turlarida makro - va mikrosporangiylar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar pishib yetilgandan so’ng ulardan anteridiyli gametofit, makrosporadan esa arxegoniyli gametofit taraqqiy etadi. Arxegoniyli gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy hosil bo’lib, uning bo’yin qismi orqali anteridiyli gametofitning anteridiysidan hosil bo’lgan spermatozoidlar suv yordamida suzib kiradi va uning qorincha qismidagi tuxum hujayrasini urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayra ko’ndalangiga bo’linib, uning ostki hujayrasidan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha, bandcha va rizoforalar hosil bo’ladi. Murtakdan qulay sharoitda yangi yosh selaginella o’sadi.

Selaginellaning hayot sikli:
A-sporofit; B-gametofit; M-meyoz; a-sporofit murtagi; b-yetuk sporofit; d-erkak gametofit
tallomi; e-ichida megaspora bor urg’ochi gametofit tallomi; 1-qo’shimcha ildiz; 2-barg asosi
(bo’ylama kesmasi); 3-tilcha; 4-epiderma; 5-mezofill; 6-o’tkazuvchi boylam; 7-po’stloq; 8-
bo’shliq; 9-sporangiyli boshoq; 10-mikrosporangiy; 11-mikrospora; 12-spermagen hujayralar;
13-spermatozoidlar; 14-megasporangiy; 15-megaspora; 16-rizoidlar; 17-arxegoniy; 18- megaspora ekzinasi; 19-sporofit murtagi.


Yüklə 130,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə