Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko'rgazmali qurollar tayyorlashni o'rgatish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko\'rgazmali qurollar tayyorlashni o\'rgatish

Rejim

I z o h

Slaydlar

Bu rejim tanlanganda ekranda faqat bitta slayd tasvirlanadi. Slaydlar rejimi har bir slaydni ketma – ketlik bilan jihozlab, unga kerakli matnlarni kiritishda juda qulay.

Strukturalar

Strukturalar rejimida har bir slayd belgi bilan ifodalanadi. Slayd belgisidan keyin tartib raqami va sarlavhasi joylashgan. Sarlavha tagida slayd matni ko’rinadi. Struktura rejimini, ko’rgazma strukturasini o’zgartirganda, sarlavha va matnlarni qayta ishlashda qo’llash tavsiya etiladi. Matn slaydini strukturaning beshta darajasiga joylashtirish mumkin. Bu rejimda hamma slaydlarning sarlavhasini va matnini ko’rib chiqish, ko’rgazma srukturasi slaydlarini jihozlash va rasmlarni ko’rib chiqishga chalg’imasdan tekshirib chiqish mumkin.

Slaydlarni saralash

Slaydlarni saralash rejimida hamma slaydlar ekranda kichiklashtirilgan holatda ko’rinadi. Bu rejim slaydlarning o’rnini almashtirish uslubini o’rnatishda va namoyish vaqtida slaydlarning ekranda ko’rinib turish vaqtini belgilashda qo’llaniladi. Bundan tashqari bu rejimda slaydlarning o’rnini almashtirish va slaydlarni kerakli joyga ko’chirish imkoniyati mavjud.

Belgilar

Varaq belgilari rejimi ma’ruza uchun kerak bo’lgan belgilarni tayyorlashda va ko’rib chiqishda qo’llaniladi. Ko’rgazma yaratayotganda har bir slaydni alohida varaqlarga chop etish va har bir varaqni boshqariluvchi matnlar bilan to’ldirish mumkin.

Namoyish etish

Namoyish etish rejimi ko’rgazmaning ohirgi ko’rinishini ko’rish uchun mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranga ketma – ket chiqariladi. Namoyish etish tartibi ko’zlanayotgan maqsadga qarab o’rnatiladi. Yuqoridagi qayd etilganlarning barchasi namoyishdan avval tayyorlab qo’yiladi.

Yangi ko’rgazmani yaratishda gorizontal menyuning “Файл - Создать”(«Файл - Яратиш») buyruqlari bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so’ng “Prezentatsiya yaratish” (“Создать Презентацию”) muloqot darchasi qo’llaniladi. Bu darchada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi buyruqlar mavjud (5-rasm):
1. Umumiy (Общие) – yangi ko’rgazma yaratish qolipi;
5-rasm. Yangi ko’rgazma yaratish darchasi.

2. Taqdimot turlarining shablonlari (Презентации).


Bu buyruqda tayyor taqdimotlar shablonlari keltirilgan (6-rasm).

6-rasm. Tayyor taqdimotlar shablonlari keltirilgan darcha.

3. Prezentatsiya dizaynlari (Шаблоны оформления) – turli ko’rgazmalarning tasvir ranglari va qoliplarini ko’rsatish, ya’ni rang turi, harflar ko’rinishi va ko’rgazmaning boshqa atributlarini aniqlash uchun Power Pointning dizayn shablonini tanlash mumkin.


Power Pointning dizayn shabloni quyida keltirilgan (7-rasm).
.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə