Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko'rgazmali qurollar tayyorlashni o'rgatish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/14
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko\'rgazmali qurollar tayyorlashni o\'rgatish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Slayd
.ppt — PowerPoint taqdimoti

  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti

  • .pot — PowerPoint modeli

    PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar. pptx,. ppsx,. potx koʻrinishiga ega boʻldi. Taqdimotga audio fayl qoʻshish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.
    PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga joʻnatilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni taʼminlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning baʼzi taqdimotlari Windows tizimiga oʻrganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yoʻq. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga oʻtishga qaror qildi.
    Reklama prezentastiyasini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʼuliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri-bu Microsoft Office ilovasidagi-Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

    • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;

    • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;

    • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;

    • choʻntak daftarchasi;

    • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

    Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
    Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznes reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
    Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
    Axborot texnologiyalari ma’lum adaptatsiya natijasida u yoki bu sohada, masalan tibbiyot va ta’limda qo’llaniladi. Bu hollarda tibbiyotda axborot texnologiyalari va ta’limda “axborot texnologiyalari” iborasini ishlatish o’rinli.
    Biznesda bank yoki firma jamoaga o’zini tanishtiradi. Agar bu tanishtirish, taqdim etish texnologiyasi asosida olib borilsa, bank yoki firmaning yuqori natijaga erishishi ehtimoli oshadi.
    Ta’limda ham o’quvchilarga bilimlar “taqdim qilinishi” kerak, degan fikrdamiz. Bu borada taqdim etish axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muofiqdir.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarinig har biri ma’lum texnik, dasturiy va boshqa ta’minotlarga bog’liq.
    Ayni paytda Microsoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matnlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videoro’lik va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarga ega bo’lgan slaydlar yaratish imkoniyatini beradi.
    Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
    Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
    Taqdim etish - axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hokazolarga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
    Power Point MICROSOFT OFFICE firmasining Windows qobig’i ostida yaratilgan bo’lib, dastur prezentatsiyalar (tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ayrim joylarda ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda esa bu dasturdan multimediya vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Bu erda asosiy tushunchalar:
    -Slayd;
    -Prezentatsiyalar hisoblanadi.
    Slayd - ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
    Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.

    Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə