Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
uzb-2019 4-son

Shuhratxon IMYAMINOVA, 
filologiya fanlari nomzodi,
dotsent;
Nilufar ACHILOVA, 
O‘zbekiston milliy universiteti o‘qituvchisi 
BEVOSITA TARJIMA YUTUQLARI VA MUAMMOLARI
“Tristan va Izolda” asari asl nusxadan o‘zbek tiliga bevo-
sita tarjima qilingan. Asar buyuk sevgi mojarolariga bag‘ish-
langan doston bo‘lib, bizga faqat parchalar holida qisman 
yetib kelgan. “Asarning 20000-misrasidan, ya’ni Tristan 
oqbilak Izolda bilan uchrashganidan keyingi voqealar esa 
bizgacha yetib kelmagan. Asarni Gotfrid fon Shtrassburg-
ning vafotidan 20 yil keyin Ulrix fon Tyurhaym, oradan 60 yil 
o‘tgach esa Haynrix ofn Frayberg oxirigacha davom ettirib, 
chop ettirishgan”
2

Yo‘ldosh Pardaning mashhur tarjimalaridan yana biri 
Yohann Shpringning “Haydi” romani (1996) bo‘lib, u shu-
ningdek, “Haydi o‘rganganlarini amalda qo‘llay oladi” deb 
ham nomlanadi. Asar bevosita nemis tilidan o‘zbek tiliga 
yuksak mahorat bilan tarjima qilingan. Asarda insoniylik
mehr-muruvvat, inson qadr-qimmati kabi mavzular ko‘taril-
gan. Shveysariya tog‘larida yashovchi Haydi ismli bir yetim 
qizchaning taqdiri, zahmatkashligi, fidoyiligi, ichki dunyo-
sining boyligi, shirinso‘zligi, yordamga muhtoj kishilarga 
chin dildan, beg‘araz yordam berishga har doim tayyor-
ligi tufayli ulkan baxtga erishgani to‘g‘risidagi ushbu kitob 
o‘zbek kitobxonlari qalbidan chuqur joy olgan. 
Yo‘ldosh Parda qalamiga mansub yana bir tarjima – 
Annamariya Shimmelning “Janon mening jonimda” asari 
(1999). Asarda “muslima xotin-qizlar muammolari, islom 
dinidagi ayollarga bo‘lgan munosabat”
3
masalalari asosiy 
mavzu qilib olingan. 
Asardagi har bir fikr va ifoda tarjimon tomonidan juda 
ham sodda, tushunarli va aniq keltirilgan. 
V.Gyotening “Faust” asari o‘zbek tiliga ikki tarjimon Er
-
kin Vohidov va Posho Ali Usmon tomonidan yuksak ma
-
horat bilan tarjima qilingan. Asarni dastlab Erkin Vohidov 
rus tilidan o‘zbek tiliga bilvosita, ya’ni vosita til orqali tarjima 
qilgan edi. Nihoyat, asar mustaqillikdan keyin 2001-yilda 
samarqandlik iste’dodli tarjimon Posho Ali Usmon tomoni-
dan o‘zbek tiliga bevosita tarjima qilindi. 
Davomi­19-­betda.


12
e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə