Преподавание зыка и литературы anguage and literature


-guruh: “Ibrat – jonkuyar ma’rifatparvar”



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
uzb-2019 4-son

2-guruh:
“Ibrat – jonkuyar ma’rifatparvar”.
Is’hoq xon Ibrat 1886-yilda Qo‘qon madrasasini tugatib
o‘z qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. Har qanday jami
-
yatning inqirozi-yu tanazzuli, ravnaqi-yu istiqboli uning 
maktabga, ta’lim-tarbiyaga, ayniqsa, o‘qituvchiga mu-
nosabati bilan o‘lchanadi. Davrning ko‘zi ochiq, ma’ri-
fatparvar kishilari qatori Ibrat ham “usuli jadid”, “usuli 
savtiya” maktablarini olqishlabgina qolmasdan, ularni 
eski tizimdagi maktab tarafdorlaridan himoya qilishga 
urindi. Boisi ular bunday ilg‘or fikrli kishilar ochgan mak
-
tablarni bo‘htonlar bilan yoptirishga, tuhmat toshlarini 
yog‘dirishga uringan edilar. Ibrat bulardan aslo cho‘chi-
may o‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. Ayniq-
sa, xotin-qizlarni ma’rifat bilan oshno qilishga intildi. Bu 
yangi usul “Usuli qadim” qabilidagi maktablardan, hijo 
hamda quruq yodlash usulidan birmuncha farq qilardi 
va uning ustun tomonlarini yaxshi ilg‘agan edi. Mehnat-
kash xalq bolalarini ham maktabga tortadi. Ammo ko‘p 
o‘tmay mutaassiblar bu maktablarni “kofirlar maktabi”, 
deb yopib qo‘yishadi. 1907-yilda o‘lkaga kirib kelayot-
gan ilg‘or pedagogika talablariga suyangan holda eski 
maktablardan tubdan farq qiluvchi, yangi zamon ta-
lablariga javob bera ola digan maktab ochadi. 25 nafar 
qishloq bolalari bepul ta’lim olib, savodlarini chiqaradi. 
Is’hoqxon Ibrat o‘z maktabida darslik, o‘quv qo‘llanma-
lari sifatida Saidrasul Saidazizov, Munavvarqori kitob-
lari bilan bir qatorda o‘zi yaratgan “Lug‘ati sitta al-sina”, 
“San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” asarlaridan foy-
dalangan.
3-guruh: “Shoirning haj safari va boshqa sayo-
hatlari”.
Adib 1887-yilda onasini hajga olib borish 
munosabati bilan Jidda shahriga boradi. Ammo onasi 
o‘pka kasalligidan vafot etadi. U Sharq va G‘arb mam-
lakatlariga sayohat qilib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, 
shuningdek, Qobul, Makka, Jidda shaharlarida ma’lum 
vaqt istiqomat qiladi. 1892–1896-yillarda Hindistonning 
Kalkutta, Bombey kabi shaharlarida bo‘ladi. Safar davo-
mida arab, hindu, fors, urdu, ingliz tillari bilan bir qatorda 
eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuv larini 
o‘rganadi. Eng muhimi, yozilajak asarlari uchun boy ma-
terial to‘playdi. Ibrat 1896-yili Hindiston, Birma, Xitoy, 
Qashqar orqali o‘z vatani Namanganga qaytib keladi. 
Bu mamlakatlarda naqqoshlik, kishilarga muhr o‘yib 
berish, masjid-mad rasalar peshtoqlari, qabr toshlariga 
naqsh solish, ba’zi kitoblardan nusxa ko‘chirish – kito-
batlik bilan shug‘ullanib tirikchilik o‘tkaz gan. Olim va 
fozil kishilar bilan hamsuhbat bo‘lishga intilgan. Ba’zi 
mutaassiblar kirib kelayotgan ilm-fan yangiliklari, tex-
nika yutuqlariga, xorijiy tillarni o‘rganishga tish-tirnog‘i 
bilan qarshi bo‘layotgan vaziyatda ma’rifatparvar inson-
ning chet tillarni o‘rganishga qiziqishi va da’vati, ma’rifat 
tarqatishga bo‘lgan intilishi katta jasorat edi. Is’hoqxon-
ning Sharq mamlakatlariga safarga chi qishdan asosiy 
maqsadi, birinchidan, muhtarama onasi ning iltimosini 
bajarish bo‘lsa, ikkinchidan, xorij mamlakatlari tarixi, 
aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, madaniyati bi-
lan yaqindan tanishish, bu ellarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish 
istagi edi..

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə