|
![](/i/favi32.png) Преподавание зыка и литературы anguage and literatureuzb-2019 4-son“Bumerang”
usulidan foydalaniladi, ular ajratil-
gan mavzular bo‘yicha mustaqil tayyorlanadi, izlanadi,
o‘rganadi va guruhdoshlariga gapirib beradi va shu
orqali to‘plangan ma’lumotlar, keltirilgan faktlar xoti-
ralaridan yanada mustahkam o‘rin oladi.
1-guruh
o‘quvchilari
“Ibratning hayot yo‘li: tahsil
olishi, mehnat faoliyati, oilaviy hayoti va turmush
tarzi”
haqida ma’lumot to‘playdi. Guruh javobi taxmi-
nan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
– Is’hoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862-yilda
Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida taval-
lud topgan. Ota-onasi Junaydullaxo‘ja va Huribibi o‘z
davri ning o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan. Uning otasi
“Xodim” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Onasi Huribi
-
bi qishloq qizlariga maktabdorlik qilgan, husnixatdan
xabardor bo‘lgan. Shuning uchun ham oilasidagi muhit
sabab Is’hoqxon yoshlikdan adabiyotga muhabbat
qo‘ygan. Ibrat dastlab qishloq maktabida, so‘ng husni-
xatdan onasi ning qo‘lida tahsil oladi. Is’hoqxon o‘qishni
davom ettirish maqsadida Qo‘qondagi Muhammad Sid-
diq Tunqator madrasasiga 1878-yilda o‘qishga kiradi.
Tahsil yillari (1878–1886) o‘zbek adabiyoti, madaniy
hayot, maorifda tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan davr-
ga to‘g‘ri keladi.
Is’hoqxon Ibrat jahon ilmi va madaniyati tomonidan
yaratilgan har qanday ilg‘or yangilikni bajonidil qabul qil-
di va o‘z xalqiga tanishtirishga urindi. Sayohatlari davo-
mida ham dini va millatidan qat’i nazar, hur fikrli kishilar
bilan hamsuhbat bo‘lishga, ulardan nimanidir o‘rga-
nishga intildi. U otasidan qolgan uch tanob yerda xalq
uchun gulbog‘ yaratdi va u yerda favvora qurdirdi. Man-
zarali daraxtlar o‘tqazdi. G‘arb tipidagi imorat qurdirib,
peshtoqiga “Xush kelibsiz Is’hoqiya bog‘iga!” deb yozib
qo‘ydi. Hozirda ham aholi bu bog‘ni “Is’hoqiya bog‘i”,
“Gulbog‘” deb ataydi. 20 yildan ortiq vaqt mobayni-
da To‘raqo‘rg‘on va Xonobod qishloqlarida qozi bo‘lib
ishladi. Boshqa qozilardan farqli ravishda oddiy xalq
manfaatlarini ko‘zladi, haqiqat tarafida bo‘ldi. Ibrat ha
-
yotining so‘nggi damlari ancha tahlikali va sarosimada
o‘tdi. 1935-yildan barcha lavozimlaridan ozod etilgan,
hatto nafaqa puli ham tayinlanmagan adibga mahalliy
hukumat ma’muriyatining ishonchsizlik bilan qarashi
dahshatli qatag‘on bo‘ronining yaqinlashayotganidan
darak edi. 1937-yil Vatanimizning fozil va jonkuyar chin
farzandlari qatori Is’hoqxon Ibrat 75 yoshida ham ruhiy,
ham jismoniy azoblar bilan Andijon qamoqxonalarida
ikki oy qiynoqlarda saqlanib, hatto sudi ham o‘tkazil-
masdan vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|