8
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
XIX
asrning ik-
kinchi yarmi − XX
asr boshlaridagi
milliy ada biyotimiz,
ma’naviyatimiz tari-
xida o‘ziga xos
mavqega ega ada biy
hayot o‘z ko‘lami, sal-
mog‘i bilan alohida o‘rin
egalladi. Muqimiy, Furqat,
Zoriy, Nusrat, No
dim kabi
shoirlar
sira sida hali nomi va asar-
lari xalqqa uncha tanish bo‘lmagan ijodkorlar, hayoti
va ijodi ning ma’lum bir qismigina o‘rganilgan iste’dod
sohiblari ham bor. Namanganlik ma’rifatparvar ijod-
kor, iste’dodli xattot, muarrix, ilk matbaachi, pedagog
Is’hoq xon Ibrat (1862–1937) ham ana shunday ijodkor-
lar sirasiga kiradi. Ta’lim
bosqichlarida, jumladan, aka-
demik litsey va kasb-hunar kollej lari uchun “Is’hoqxon
to‘ra Ibrat hayoti va ijodi” nomli o‘quv dasturi ning ishlab
chiqilishi ham serqirra ijodkor mero sining keng ko‘lam-
da o‘rga nilishiga alohida e’tibor namunasidir. Mazkur
Dasturda
1
Ibrat hayoti va ijodini o‘rganish uchun 6
soat ajratilgan bo‘lib, 4 soati nazariy va 2 soati amaliy
mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan.
O‘qituvchi har bir adabiy mashg‘ulotda Is’hoqxon
Ibratning sermazmun va ibratli hayot yo‘li, ma’rifatchilik
yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari, yangi usuldagi
maktablari va ularda o‘qitishning zamonaviy usullari
joriy
etilishi, noshirlik va kutubxonachilik faoliyati, ilm-
fan va texnika taraqqiyotiga munosabati, publitsistikasi
haqida o‘quvchi-talabalarga chuqur ma’lumot
berishi
kerak. Mazkur usul o‘quvchilarni dars jarayonida mus-
taqil fikrlash, o‘z fikrlarini erkin bayon eta olish ham
-
da bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan
bo‘lib, odatda, o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan
holda o‘tkazilsa, kutilgan samarani beradi.
Darsdan
kutilgan maqsad esa o‘rganilayotgan ijodkor umrba-
yoniga xoslikni aniqlay olish, ularning asosiy belgila-
rini
ayta olish, berilgan topshiriq yuzasidan xususiy
va umumiy fikrlarni bildira olish, xulosalar chiqarishga
ko‘maklashish, erkin bahslashishga yordam berishdan
iboratdir. Ikkinchi mashg‘ulotda esa Ibratning ilmiy, tari-
xiy va falsafiy asarlari o‘rganiladi.
Shu bois darsning
maqsadi sifatida quyidagilar avvaldan belgilab olinadi:
a) “Lug‘ati sitta al-sina”(“Olti tilli lug‘at”)ning o‘zbek
leksikografiyasi taraqqiyotida muhim noyob asar sifa
-
tidagi ilmiy va amaliy ahamiyati;
Dostları ilə paylaş: