veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
3
Surxon vohasi – qadimdan o‘z san’ati va madaniya-
tiga ega yurt. Xalq udumlari ham o‘zgacha.
Sayqal top-
gan san’ati o‘zining nozik qirralari, serjilo ohanglari va
noyob jihatlari bilan boshqa xalqlar san’ati va madani-
yatidan ajralib turadi. Ayniqsa, baxshichilik san’atining
betakror jihatlari ko‘p. Ilk bor O‘zbekiston xalq baxshisi
unvoniga ham Surxon vohasi vakili sazovor bo‘lgan edi.
Bugun esa butun dunyo ahli juda katta e’tibor va hur-
mat bilan yana bir bor Surxon vohasiga o‘zining hayra-
tomuz nigohini tikdi. Zero, aynan shu yerda qadimiy
san’at vakillari bugun o‘z iqtidor va iste’dodlarini jonli
ovozda namoyish etish uchun yig‘ilishdi. Dunyo-
ning 74 mamlakatidan tashrif buyurgan meh-
monlar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning tabrigidan yurtimizda
folklor – xalq san’atiga qaratilayotgan
e’tiborning yana bir bor guvohi bo‘lish-
di. Prezident tashab
busi bilan quril-
gan muhtasham San’at saroyi atrofida
tiklangan barcha viloyatlarning ko‘rkam
ko‘rinishlari, tari xi, madaniyati va san’ati aks etgan
ko‘rgazmalar, jonli ijrolar –
bularning hamma-hammasi
tantana shukuhiga shukuh qo‘shdi.
Buxoro zardo‘zlarining ishlari, Qashqadaryo voha-
sining qadim Oqsaroyi, Jizzaxning tog‘ tizmalari ko‘rini
-
shi-yu Samarqand nonlarining muattar hidi, Namangan-
ning xushbo‘y gullari, Qoraqalpoqning yangi Oroli va
Xorazmning qadim navolari-yu hayratomuz chugirmasi,
Marg‘ilon atlaslari jilosi-yu Toshkent qo‘g‘irchoqlarining
ijrosi, xullas, barcha viloyatlarning til ojiz mo‘jizalari yur-
timiz mehmonlarini lol qoldirdi.
Bu katta tantananing bosh maqsadi baxshichilik
san’atining ona yurti – so‘lim Surxon zamini ekanini
dunyoga ayon qilish edi. Haqiqatan ham, o‘sha olis
tarix manzaralari bir zum hammani o‘tmishga
qaytardi,
o‘lmas navolarga oshno qildi, betakror ovoz sohiblarini
elga namoyish etdi, do‘stlik rishtalarini mustahkamladi.
Tarixning ayovsiz sinovlarida sinmagan baxshichilik
san’ati o‘zbek milliy musiqa san’atining yuksak mum-
toz namunalarini o‘zida aks ettiradi. Unga yo‘l xalq
musiqiy-she’riy ijodiyoti, baxshilar tomonidan tildan-til-
ga ko‘chuvchi dostonlar va
epik rivoyatlar asoslarini
chuqur anglashdan boshlanadi.
Tadbir dasturi izchil rivojlanib boradigan yago-
na yaxlit kompozitsiya uchta asosiy bo‘g‘indan iborat
o‘ziga xos zamonaviy “Doston” asosida qurildi. Bular:
Dostları ilə paylaş: