4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
Alpomish lavhalarining uyg‘unligi uzluksiz ijrodagi ochiq
“Doston” shaklida tuzilgan konsert dasturining asosini
tashkil etdi.
Dostonning Surxondaryo-Qash
qadaryo vohalari-
ga xos yopiq-bo‘g‘iq ijrosi ona yeri, haqiqat va adolat
uchun mardlarcha kurashgan afsonaviy xalq qahramo-
ni Alpomish obrazini tarannum etdi.
To‘y marosimi xalq dostonlarining asosiy mavzulari-
dan biridir. Ularda qahramonlar haqidagi balandparvoz
so‘zlardan iborat ijro o‘rnini “o‘lan” va “yor-yor” shaklida-
gi marosim qo‘shiqlari egallaydi.
Mazkur kompozitsiya Surxondaryo to‘ylarining bas-
takor Abduhoshim Ismoilov talqinidagi yangi so‘z va
kuylar bilan boyitilgan zamonaviy ijrosi bo‘lib, oldingi
chiqishning davomi sifatida ijro etildi.
Alpomishning onasi bilan uchrashuvining maromga
yetkazilib, ochiq ovozda kuylanishi barcha ning kayfiya
-
tini yana bir karra ko‘tardi.
Unda xalq bahodiri tilidan
onaga bo‘lgan muhabbat, mard o‘g‘lonlarni tarbiyala-
gani uchun samimiy minnatdorchilik tarannum etildi.
Dostonning qisqacha mazmuniga ko‘ra Alpomish va
Barchin beshikda bo‘lgan paytidayoq unashtirib qo‘yil-
gandi. Aka-ukalar o‘rtasida nizo kelib chiqib, Boy sari
qalmiqlar yurtiga ko‘chib ketadi. Bu yerda sohibjamol
Barchinga qalmiq shohi Toychaxonning bahodirlari
oshiq bo‘ladi. Manfur kuyovlar bilan majburiy nikoh qur-
maslik uchun Barchin obrazining xatti-harakatlari va
yigitlar chiqishi ham juda katta taassurot egalarining
olqishi bilan baholandi.
Doston ixtiyoriy tarzda badarg‘a bo‘lgan Boysari ning
Vatanga qaytishi va inqirozga yuz tutgan Qo‘ng‘irot
elining birlashishi bilan tugadi. Alpomish va Oybarchin-
ning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba
qozondi. Sahna orti chiroqlarining aynan shu holatni
tasvirlashi ham o‘z ishining ustalari namoyishidan da-
lolat berdi.
Do‘stlik va sadoqat so‘zlari ifodalangan “Ey do‘st”
qo‘shig‘iga “Qirq qiz” – qoraqalpoq dostonining ijrosi
ulandi. Navbat “Mavrigi” – xalq so‘zi va musiqasi bilan
yaratilgan doston bilan davom ettirildi.
Samarqand hukm dorining qizi Gavhar 14
yoshida
otasidan uning uchun qal’a qurib berishini iltimos qila-
di va o‘z atrofiga 40 nafar jasur qizni birlashtiradi. Qirq
qizlar otradi Qirqqiztepa qal’asida qo‘nim topdi. Qal’a
devorlarini g‘anim qo‘shinlari qurshab olib, qo‘rg‘onni
qamal qildi. Gavhar boshchiligidagi samarqandlik qizlar
qal’ani himoya qilishga kirishdi. Bir necha kecha-kun-
duz ular dushman zarbasiga qarshi hujumga o‘tdi.
Jang maydonida ko‘plab jangchilar halok bo‘ldi. Jang
-
chi qiz lar safi ham siyraklashdi. Faqat Gavhar va yana
bir necha qiz omon qoldi. Qal’a o‘t ichida qoldi, alan-
ga ichidan faryod va nolalar eshitildi, devorlar vayron
bo‘lgandi. Jangchilarni umid tark etdi. Lekin Gavhar qol
-
gan o‘qdon va o‘qlarni yig‘ib, g‘anim jangchilariga qara-
ta o‘q ota boshladi. Kamon o‘qlari tugagach, jangchi qiz
juda qattiq yaralangan holda qal’adan chiqdi. Qal’a hi-
moyachisini tilka pora qilishga tayyor g‘anim jangchilari
hayratdan qotib qoldi. Gavhar ohista ko‘tarildi. Uning
boshidan qonga burkangan dubulg‘a tushib ketdi, sovut
uzra sumbul sochlari yoyilib ketdi. Jangchi qiz sham
-
shirini ko‘tarib, bazo‘r so‘z qotdi: “Men Gavharman,
mening jangchi qizlarim halok bo‘ldi va men sizning
sarkardangizni yakkama-yakka jangga chaqiraman”.
Qo‘shin hayratdan baqirib yubordi, hali hech kim
qudratli armiya bilan bunday mardonavor kurashmagan
edi. Lashkarboshi qizga o‘tkir
nigoh bilan qarab, ohis-
ta shivirladi: “Mening ham shunday jangchilarim bo‘lsa
edi…”. U otdan sakrab tushib, hurmat bilan Gavharga
yaqinlashdi va uning ko‘zlariga qarab, Samarqandni
ishg‘ol qila olmasligini, bu yerda uni tor-mor etishlari-
ni anglab yetadi. Lashkarboshi bosh egib, Gavharning
qo‘llaridan o‘pdi. O‘z jangchilariga yuzlanib, baland
ovozda baqirdi: “Men Samarqand durdonasini ko‘rdim
va ko‘rganimdan juda mamnunman. Uyga qaytamiz!”
Chavandozlar otlariga minib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Sahnada otlar dupuri, tuyoqlarning jonli qadami meh-
monlarni hayratga soldi, negaki, qora bayirlar to‘dasi
hammani o‘ziga rom etgan edi.
Navbat Buxoro baxshilariga keldi. Musiqa va raqsni
o‘z ichiga olgan nafis harakatlar, jozibador va rang-ba
-
rang kuylar kishini maftun qildi.
Xorazm – musiqa san’atining
qadimiy markazlari-
dan biri. Oshiqlar Xorazm dostonchilik an’analarining ilk
kuychilari hisoblangan. Shoh qizi Shohsanam va G‘arib
ismli kambag‘al yigitning muhabbati tarannum etilgan
dostonda shoh G‘aribni yetti yilga yurtdan badarg‘a qila-
di. Shoh qizini majburlab turmushga bermoqchi bo‘ladi.
Shohsanam sevgilisining to‘y haqida eshitib, qaytishiga
umid qilib, otasidan to‘yni ovoza qilish va xalq uchun
qirq kecha-yu qirq kunduz ziyofat berishni iltimos qiladi.
Shohsanamni turmushga berayotgani haqidagi xabar
G‘aribning qulog‘iga ham yetadi. U katta qiyinchiliklar
bilan bazo‘r tantananing 39-kuni yetib keladi. Jahon
-
gashta darvesh kiyimida G‘arib musiqiy tabrik sifatida
qo‘shiq ijro etadi. Tanish ohanglardan Shohsanam
sevgilisining ovozini taniydi.
Mana shunday kompozitsiyalarga boy konsert
dasturi, jonli ijro, ko‘rkam va
naqshinkor mushaklar
– bari-barisi bu tantana haqiqiy san’at ahli bayrami
bo‘lganidan dalolat beradi. Xorijlik mehmonlarning ilti-
moslariga ko‘ra tadbirdan so‘ng ham yangragan kuy-
qo‘shiqlar ancha vaqt davom etdi.
Bayram besh kun davom etgach, 12 ta nominatsiya
bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. 1–3- o‘rin sohiblari va Gran-
Pri g‘olibi o‘z statuetkalari va sovg‘alari bilan birga Sur-
xon vohasining tarixiy obidalari tasviri tushirilgan katta
portretlarning ham egasi bo‘lishdi. Demak, ular Surxon
zaminining bunday esda qolarli taassurotlarini o‘z yurt-
lariga borib ham tuyishadi.
Bayram yakuniga yetdi, lekin farovon yurt egalari
to‘y qilib, mehmon kutishdan charchamaydi. Alpomish-
lar ulg‘ayadi, do‘mbirachi sozini, sibizg‘achi sibizg‘a-
sini, qo‘bizchi qo‘bizini qo‘ldan tushirmaydi, negaki, bu
bayram har ikki yilda bir marta bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Yana
bayramlarda uchrashguncha, deymiz.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
– Gulchehra opa, avvalo, mamlakatimizning yuksak
mukofoti bilan qutlaymiz. Yurtboshimiz qo‘llaridan mu
-
kofotni qabul qilib olayotganingizda qalbingizdan qan-
day tuyg‘ular o‘tdi?
– 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bi-
lan o‘tkazilayotgan bayramga taklif etishganda, ochig‘i,
mukofot daragini eshitmagan ham edim. Ayollar kuni
munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir, deb o‘yla-
dim. Kutilmagan yangilik va hayajonlar o‘sha yerning
o‘zida boshlandi. Birin-ketin yozuvchi-shoirlarning ayol-
larini sahnaga taklif etishdi. Prezidentimizning shaxsan
o‘zlari ijodkorlarning rafiqalariga mukofotlarni topshirdi
-
lar. O‘sha paytdagi hayajon, xursandchilikni ko‘rsangiz
edi. O‘ngimda bo‘layotgan voqealar xuddi xayolimdan
o‘tayotgandek. Hech birimizning ishongimiz kelmaydi.
Yozuvchi-shoirlarning ayollariga
orden-medallar beril
-
gani, davlat rahbarining o‘zi bayram bilan qutlagani-
ni hech bir davlatda ko‘rmasak kerak. Bu, eng avva-
lo, ada biyotga, ijodkor shaxsiga, uning mehnatlariga
bo‘lgan e’tibor, rag‘batdir.
Orden olganimdan so‘ng Yozuvchilar uyushmasi
-
dan ijodkorlar kelib tabriklashdi. Qo‘ng‘iroqlar orqali
qutlashdi. Quchoq-quchoq gullar bilan kelib ko‘nglimni
ko‘tarishdi. Erkin akani yo‘qotganimiz bilan do‘st-yaqin-
larini yo‘qotmaganimizdan, qadrdonlar, do‘st-birodar
tutinganlar ostonamizdan oyoq uzib ketishmaganidan
suyundim.
Dostları ilə paylaş: