6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
tezda esimdan chiqarib yuborardim. Dilxunlik bilan
o‘tgan kunda na kayfiyat, na ishda unum bo‘ladi, deb
o‘ylayman. Orada qancha yaxshi-yomon kunlar o‘tdi.
Ba’zan yo‘qchilik bilan ham, to‘qchilik bilan ham o‘tgan
kunlar bo‘lgan. Bunday paytlarda ayol kishiga faqat
sab ri yordam berarkan.
Erkin akaning she’r va oiladan bo‘lak boyliklari
bo‘lmagan. Nimaki topgan, orttirgan bo‘lsalar, barchasi-
ga peshona teri, halol mehnati, tortgan zahmatlari eva-
ziga erishganlar. Tabiatan bosiq, kamtarin, kechirimli,
mehribon inson edilar.
– Ustozning “Yoshlik devoni”, “Ruhlar isyoni”,
“Nido” kabi bir qator to‘plamlari, saylanma
va dostonlari
milliy adabiyotimiz durdonalariga aylangan. Tarjima so-
hasidagi faoliyatlarini alohida maktab deyish mumkin.
Ayniqsa, shoirning “So‘z latofati” kitobi o‘zbek tilining
lisoniy boyligi, imkoniyatlarini yana bir karra namoyon
etdi. Ustozning badiiy tafakkuri nimadan quvvat olardi?
U kishining so‘z boyligi manbayi nima bo‘lgan?
– Kitobga oshnolik va mutolaadan, albatta. Ular
ko‘proq mumtoz adabiyotga yaqin inson bo‘lganlar.
Ayniqsa, Hazrat Alisher Navoiy ijodiga ko‘pdan ha
-
vasmand edilar. G‘azalga mehrlari ham, balki ulug‘
shoirga bo‘lgan yuksak havas natijasidir. Erkin akaning
ma’naviy-ruhiy olami mumtoz adabiyotimizga singdi-
rilgan go‘zal fazilatlar bilan chambarchas bog‘langan-
di. Navoiyning qaysi asari haqida so‘ralsa, sharhlab
berardilar. O‘n yillar davomida televideniyada “G‘azal
oqshomi” ko‘rsatuvini olib bordilar, ko‘pchilikning qal-
bida g‘azalga qiziqish, mumtoz adabiyotga muhabbat
uyg‘otganlar. Yana rus adabiyotini o‘zgacha mehr bi
-
lan o‘qirdilar. Shaxsiy kutubxonalaridagi kitoblarning
aksariyati rus klassik adabiyotidan iborat edi. Rus
she’riyatining yorqin shoirlari, ayniqsa, Sergey Yesenin
she’rlarini ona tilimizga xuddi rus shoiri o‘zbek tilida
she’r yozganidek mahorat bilan tarjima qilishlarida o‘qi-
gan kitoblarining katta hissasi bor, deb o‘ylayman.
Erkin akaning ijodlari janr jihatidan rang-barang.
Ular faqat g‘azal yozishga o‘tirib, boshqa janrlarni
chetga surib qo‘ymaganlar. Aruzdan xoli paytlari “Oltin
devor”ni yoki “Matmusa”ni yozganlar. Bu asarlar hajviy
usulda yozilgani bilan kosa tagida nim kosasi ham bor.
Hazil gapning zilini hamma ham tushunavermaydi. “Do
-
nishqishloq latifalari”ni o‘qigan odam hech bo‘lmaganda
hayotning kichik bir haqiqatini anglaydi. Bu asarlarning
hammasida kishi aqlini “yurgizadigan” fikr, ma’no bor.
G‘azal ijodkor yuragini tirnab
dunyoga keladi, deb hi-
soblayman. Undagi mohiyat, uslub shoirdan juda katta
salohiyat, so‘zga mohirlik, fikran teranlikni talab qiladi.
Barmoq vaznidagi asarlar aruzga qaraganda birmun-
cha osonroq. Bu bilan barmoqda she’r osongina yozi-
ladi, demoqchi emasman. Aytmoqchi bo‘lganim,
Erkin
aka ijodidagi xilma-xillik u kishining barcha janrlarda
erkin ijod qila olish mahoratlarini ko‘rsatib turadi.
– Ustoz o‘z xotiralarida: “1970–1975-yillar ishsiz
yurdim. Hech qayerda she’rlarim ham chop etilmadi.
Bu yillar mening ezilgan, tushkun va kayfiyatsiz yillarim
bo‘ldi”, – deb yozadilar. Bu yillarni siz qanday xotirlay-
siz?
– “O‘zbegim” qasidasi uchun Erkin akani yaxshigina
siquvga olishganini ko‘pchilik biladi. Shu sabab o‘zlari-
dan ko‘ra ko‘proq ish joylaridagi muharrirlarni o‘ylab o‘z
xohishlari bilan ishdan bo‘shaganlar. O‘sha paytlarni
“tushkun va kayfiyatsiz yillar” deb yozganlariga qara
-
may, bu yillar ular uchun ijodiy tanaffus bo‘ldi. Lekin
shunda ham bo‘sh o‘tirmay, vaqtni bekor o‘tkazmay
“Faust”ni o‘zbek tiliga o‘girdilar. Ijodlaridagi tanaffusni
ana shu yirik tarjima bilan to‘ldirdilar. Bu yillar tushkun-
lik yoki xafagarchilik bilan o‘tib ketmadi, balki qizg‘in
ijod, mehnat va mashaqqat bilan kechdi. Shoir dunyo
adabiyotidagi yirik asarning ona tilimizdagi tarjimasini
o‘zbek adabiyoti o‘quvchilariga taqdim etdi.
– “Oltin devor” pyesasi yoki “Matmusa”
turkumiga
kiruvchi hajviy she’rlarda o‘tkir hajv ruhi yetakchilik qila-
di. Ustoz ijodidagi yumorga moyillik kundalik turmushda
ham ko‘zga tashlanarmidi?
– Erkin aka tashqi ko‘rinishlari jihatidan atrofdagilar-
da umuman boshqacha taassurot uyg‘otardilar. Ularda
salobat, bosiqlik bor edi. Uzoqdan qaraganda xuddi u
kishining yaqiniga yo‘lab bo‘lmaydigandek fikr uyg‘onar
-
di. Lekin bir marta suhbatlarida bo‘lgan odam yonlari-
dan jilgisi kelmay qolardi. Davralarda, uchrashuv larda
har bir gaplaridan hajvning hidi kelib turardi. Har qan
-
day noqulay vaziyatdan so‘zga mohirliklari sabab us-
talik bilan chiqib ketardilar. Atrofdagilarga faqat kulgi,
yaxshi kayfiyat ulashardilar.
– Davlat ishlari, ijodiy safarlar, ijoddan xoli paytla-
rida ustozga qanday mashg‘ulot va yumushlar huzur
bag‘ishlagan?
– Yoshlik paytlaridan kitob va shaxmatga do‘st
tuting anlar. Ayniqsa, sevimli mashg‘ulotlari shaxmatga
umr bo‘yi sodiq qoldilar. Yozuvchilar bog‘ida bo‘ladi
-
gan shaxmat musobaqalari ijodkorlar o‘rtasida yaxshi
an’anaga aylanib ulgurgan. Turnirlar tashkil qilishda,
g‘olib shaxmatchi-yozuvchilarni taqdirlashda ham Er-
kin aka bosh-qosh bo‘lardilar. Shaxmat bo‘lib o‘tadigan
kun ular uchun haqiqiy bayram edi. Ustozga bayram-
ning bundan ortig‘i yo‘q edi. Shaxmatga berilib ketgan
paytlarida ba’zan ulardan noroziligimni sezib turardilar.
Shunday vaqtlarda menga atab “Meni shaxmatdan
qilma judo,
Sen ham shirin, shaxmat ham shirin”, deb
she’r yozganlar. Musobaqalarni o‘tkazib uyga qaytgan-
laridan keyin boshqatdan shaxmat taxtasiga donalarni
terib o‘zlari bilan o‘zlari qaytadan o‘ynardilar. Mabodo
o‘yinda yutqazib qo‘ygan bo‘lsalar, qayerda xato yurish
qilganlarini aniqlash uchun ham qaytadan dona terar-
dilar. Xotiralari kuchliligidan o‘yindagi har bir yurishni
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
7
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
eslab qolardilar. Gohida hazillashib: “Yarim tungacha
ushlanib qoldimmi, demak, men qayerdadir shaxmat
o‘ynayotgan bo‘laman. Shuning uchun mendan xavotir
olmang!” – derdilar. Taqdir yo‘llarimiz bog‘lanayot-
gan paytlarda ham Erkin aka haqida mahalladagilar
“Aqlli, yaxshi yigitku-ya, lekin juda zerikarli bola-da!”
de yishgan ekan. Negaki, ular bo‘sh vaqtlarini ko‘cha-
da bekor o‘tkaz maganlar. Shuning uchunmi atrofdagi
qo‘ni-qo‘shnilari tortinchoq, zerikarli yigit deb o‘ylash-
gan bo‘lsa kerak.
– “Gulchehralar” she’rini o‘qigan o‘quvchida dastlab
shoir ushbu she’rni o‘z rafiqasiga atab yozgan degan
tasavvur uyg‘onadi? Aslida-chi?
– “Gulchehralar” she’ri tanishishimizdan avval yozil-
gan. Kitobga kiritilganda ham sarlavha tagida “Shoira
qizlarga”, deb yozib qo‘yganlar. Toshkent davlat uni-
versiteti (hozirgi O‘zMU)da o‘qib yurgan paytlarim
amaliyotimni gazetadan boshlaganman. Xotin-qizlar
bayrami sonida kichik lavham gazetada bosilgan. Ma-
qolam e’lon qilingan o‘sha sahifaning o‘rtasida Erkin
Vohidovning “Gulchehralar” nomli she’ri ham bosilgan
edi. Bu she’r o‘sha davrda tanilib borayotgan shoira
ayollarga bag‘ishlangandi. Bosh muharrir gazetaning
yangi sonini sharhlayotgan paytda Erkin Vohidovga
qarab: “Erkinjon, bizda ham Gulchehra ismli qiz bor.
Shu qizimizni ham she’ringizga qo‘shmabsiz-da”, – deb
hazil lashgandi. Bu gapdan “duv” qizarib ketgandim.
U paytlarda Erkin aka ishlayotgan nashriyot bilan
men amaliyot o‘tayotgan gazeta tahririyatlari bitta bino-
da joylashgan edi. Erkin aka gazetaga ba’zan she’r
olib kelib turardilar. Shu tariqa gohida yo‘l-yo‘lakay
uchrashib qolardik...
Tog‘asining qo‘lida kat-
ta bo‘lgan shoirning sovchi-
lariga dastlab uydagilar
rad javobini berishgan.
Sovchilik ishlariga diniy va
dunyoviy bilimlar allomasi
Alixonto‘ra Sog‘uniy ara-
lashganlaridan so‘ng ro-
zilik berishgan. 1963-yilda
to‘yimiz bo‘ldi. To‘yimizda
G‘afur G‘ulom, Mirtemir,
Chustiy domla, G‘ayratiy
va yana bir qancha taniqli
shoirlar ishtirok etishgan.
– Farzand tarbiyasida
nimalarga ko‘proq e’tibor
berganlar?
– Xizmat vazifalaridan
ta’til olgan vaqtlari, albatta,
vaqtlarini oilaga, farzand-
lariga ajratardilar.
Bolalar
shamollamasin, deb Issiqko‘lga olib borardilar. Yonlari
-
da bo‘lib men ham yurt kezdim, turli davralarni ko‘rdim.
Bolalar ko‘proq meni qo‘limda bo‘ldi. Qizlar tarbiyasida,
baribir, onaning o‘rni ko‘proq bilinadi. Lekin har doim
ishdan qaytganlarida bolalarni yonlariga olib, nima ish
qildi, qanday kitob o‘qidi, albatta, qiziqib gaplashardilar.
Xizmat safari bilan xorijga ketayotgan bo‘lsalar, albatta,
Xurshidjonga maxsus vazifa berib ketardilar. Borayot-
gan davlatlarini xaritadan topib, geografiyasi, tarixini
o‘rganib, kelganimdan so‘ng aytib berasan, deb tayin-
lardilar. Qizlarga faqat yumshoq ohangda gapirardilar.
Ro‘zg‘orning kam-ko‘stini ham vaqtida to‘ldirib qo‘yardi-
lar. O‘g‘limning xarakteri, fazilatlari, gohida ovozi ham
otasiga juda o‘xshab ketadi. O‘zi boshqa ishning boshi-
dan tutgan bo‘lsa ham, adabiyot muhitida katta bo‘ldi,
shu muhitga moslashdi. Ijodkorlar orasidan do‘st, aka-
uka orttirdi. O‘rni kelganda ulardan yo‘l-yo‘riq, maslahat
so‘raydi. Biror yig‘in, tadbir o‘tkazilsa,
darvoza qoqib
yo‘qlab kelishadi. Bundan, albatta, xursand bo‘laman.
– So‘zga mohir, qalbi mehrga to‘liq Ustozning ijodiy
maktabi hali ko‘p avlodlar yuragida so‘zga muhab-
bat, she’rga shaydolik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shoirga
xos kamtarinlik, donishmandlik, kitob va mutolaaga
mehr barcha uchun ibrat bo‘lishga arzigulik xislatlardir.
Gulchehra opa, ustoz shoirimiz yashagan xonadonni
yanada fayz va mehrga to‘ldirib, hamisha sog‘-u sa-
lomatlikda yurishingizni tilaymiz. Suhbatingiz uchun
tashakkur!
Dostları ilə paylaş: