Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
uzb-2019 4-son

HAYOT MAKTABI
Abdulla Qodiriy:
– Akam duradgorlik, ya’ni toqichilik qilur edi. Uyga 
kelgach, maktabdan bo‘shagan kezlarimda toqichilik 
hunariga­ o‘rgata­ boshladi.­ Ikki-uch­ yil­ chamasi­ shu­
toqichilik­va­bog‘­ishlari­bilan­bo‘lib­yurdim.­1912-yilda­
manufaktur bilan savdo qilg‘uchi bir kishiga 50 so‘m 
barobariga­prikazchik­bo‘lub­kirdim...­1915-yilda­(prikaz-
chik­ bo‘lg‘onimning­ uchinchi-to‘rtinchi­ yillari)­ xo‘jayi-
nimning ishi to‘xtab, do‘koniga pechat tushdi. Shuning 
bilan­manim­prikazchiklik­taqdirim­hal­qilinib,­uyga­qayt-
dim.­Yana­akam­bilan­eski­toqichilik­kasbimga­kirishib,­
har kimlarning eshigida kunlik ishlab yurdim. Qish kirib, 
duradgorlik ishi to‘xtalgandan keyin madrasaga o‘qish
-
ga kirdim. Bir qish madrasada o‘qib, ko‘klam chiqqach, 
yana toqichilikka kirdim.
Habibulla Qodiriy:
– U vaqtlarda vassa bozori Chorsudagi eski ham
-
mom ko‘chasida bo‘lgan, Rahimberdi amakimning 
aytishicha, ular Saidrasul hoji ismli kishining do‘konida 
xalfa bo‘lib vassa yo‘nishgan.
– Maktabdan bo‘shagach, akam oldiga borib, toqi 
yo‘nardim, – deb dadam bizga maqtanar edilar. – Akam 
toqi yo‘nishni menga o‘rgatgan bo‘lsa ham, sustkash 
edi.­Bir­kunda­yetti-sakkiz­yuz­vassa­yo‘nardi.­Men­tez-
kor edim, kuniga bir ming besh yuz – bir ming olti yuz 
vassa­ yo‘nardim.­ Xo‘jayinim­ “Ko‘z­ tegmasin,­ o‘g‘lim”,­
deb yelkamga qoqib qo‘yar, har payshanba kuni kech
-
qurun ish haqimni hisoblab, pulimni belbog‘imga tugib 
berar edi...
Rus-tuzem­ maktabini­ tamomlagach,­ Qodiriy­ bir­
muncha vaqt nima ish qilarini bilmay uyda qoladilar.
Ishsiz-kuchsiz­ eshikka­ chiqib,­ uyga­ kirib,­ faqat­
o‘qish-yozish­ bilan­ shug‘ullangan­ o‘g‘liga­ g‘ashi­ kelib,­
Josiyat­bibim­bir­kun­paranji­yopinadilar-da,­Eshongu-
zardagi Zayniddin ismli bir hammahallamizning uyiga 
chiqadilar...
A.Qodiriy Zayniddin ismli kishining ko‘magida Ra-
sulmuhammad boyning Chorsu bozoridagi chit do‘ko-
niga prikazchik bo‘lib ishga kiradi. Boyning Shirinquduq 
mahallasidagi uyiga borib, tashqari mehmonxonasida 
istiqomat qila boshlaydi. Bu bo‘lajak adib hayotining 
xushnud kunlaridan biri edi. (Yana qulog‘ingizga aytib 
qo‘yay, Qodiriy shu Rasulmuhammadboyga kuyov 
bo‘lib, uning qizi Rahbaroyga uylangan.)
Oradan ko‘p ham o‘tmay, 1916-yili “oq podsho”ning 
mardikorlikka olish haqidagi farmoni bilan mushkul 
turmush kechirayotgan xalq boshiga balo-ofat toshlari 
yog‘iladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə