Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
uzb-2019 4-son

TAHSIL YILLARI
Abdulla Qodiriy:
–­ Yoshim­ to‘qquz-o‘nlarga­ borg‘ondan­ so‘ng­ mani­
maktabga­ yubordilar.­ Maktabda­ ikki-uch­ yil­ chamasi­
eski usulda o‘qib, keyingi vaqtlarda oilamizning g‘oyat
-
da qashshoqliq kechirgani vajhidan o‘n ikki yoshimda 
mani bir boyg‘a xizmatchilikka beradilar.
Habibulla Qodiriy (farzandi):
– Rahimberdi amakimning aytishlaricha, dadam 
Mulla­Olim­va­Mulla­Ziyo­domlalarda­biror­yildan­o‘qiy-
dilar...
Eshonguzar mahallalik kosib Muhsin amaki hikoya 
qilgan edilar:
– Zangi ota mahallasida Mulla Ziyo domlada Ab
-
dulla bilan o‘qirdik. Sabog‘imizni bilmasak, sho‘xlik 
qilsak, domlamiz kaltaklardilar. Ammo Abdullaning 
tanbeh yoki kaltak yeganini xotirlamayman. U hami
-
sha jiddiy, o‘ychan, saboqlarini vaqtida tayyorlab kelib
domladan olqish olar edi. Darsda ham, ko‘chada ham 
biz ning o‘yinlarga siyrak qatnashar, mis simdan chiroyli 
soat-zanjir­yasab,­bir­chekkada­o‘tirar­edi.
Tursun otin ismli dadamdan 15–20 yosh katta 
qo‘shnisi hikoya qilgan edilar:
– Abdulla o‘qishdan kelgach, ko‘pincha, bizniki
-
ga­ chiqardi.­ “Yusuf­ va­ Zulayho”,­ “Hurliqo”,­ “Layli­ va­
Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Chor darvesh”, “Qissas 
ul-anbiyo”,­“Kalila­va­Dimna”...­kabi­turli­kitoblarni­o‘qib,­
kitobxonlik qilar, ayrim so‘zlar ma’nosini kitoblardan 
izlar, munozara qilishar edik.
Abdulla Qodiriy:
– Xo‘jayinim o‘zi savdogar kishi bo‘lib, o‘rischa 
yozuv-chizuvni­ biladurg‘on­ odamga­ muhtoj­ edi.­ Shu­
ta’ma­bo‘lsa­kerak,­meni­o‘ris­maktabi­(russko-tuzem-
naya shkola)ga yubordi. Maktabdan qaytib kelgandan 
so‘ngra xo‘jayinimning xizmatini qilib yurganim uchun 
maktabda tegishli istifodani ololmadim...

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə