Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Akmal Akromov (bolalik o‘rtog‘i)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
uzb-2019 4-son

Akmal Akromov (bolalik o‘rtog‘i):
–­ 1906-yil­ bo‘lsa­ kerak,­ bo‘sh­ yotgan­ boloxonalik­
tashqari hovlimizda... yerli xalq bolalari uchun russ
-
ko-tuzemnaya­ shkola­ ochildi.­ Ochilish­ marosimiga­
Toshkent­ general-gubernatori­ Samsonov­ qatnash-
di.­ Maktab­ ochilishga­ ochildi-yu,­ talaba­ yig‘ish­ oson­
bo‘lmadi...
...Maktabimiz to‘rt yil muddatli bo‘lib, ikkitagina 
o‘qituvchimiz bor edi. Biri Alijon ismli domla bo‘lib, bu 
kishi diniy darslar, tajvid (Qur’onni o‘qish qoidalari), 
fors­tili­va­husnixat­o‘rgatardi.­Ikkinchisi­Leonid­Dmitri-
yevich Pudovkin ismli domla edi, bunisi rus tili qoidasi, 
so‘zlash, husnixat va ilmi hisob o‘rgatar edi. Maktab
-
ning­asosiy­vazifasi­yerli­xalqlardan­yozuv-chizuv­biluv-
chi, fasih so‘zlasha oluvchi, prikazchik va tarjimon idora 
xodimlari yetishtirib chiqarish edi.
...Abdulla ikkimiz bir partada to‘rt yil o‘tirib, munta
-
zam­ilm­oldik...­1912-yil­ko‘klamida­faqat­ikkimiz­birinchi­
bo‘lib­maktabni­bitirdik.­Xadradagi­1-son­russko-tuzem-
naya shkolaga borib, ikkimiz imtihon topshirdik. Imtihon 
chog‘ida general Samsonov ishtirok etdi va imtihonlarni 
a’lo darajaga topshirganimiz uchun ikkimizga ham bit
-
tadan kumush soat berishdi.
Abdurahmon Sa’diy:
 
–­[Abdulla­Qodiriy]­1910-yilda­savdogarning­uyidan­
ketib,­yana­otasining­qo‘liga­qaytadi.­1911-yilning­oxir-
larigacha­ otasining­ qo‘lida­ yashab,­ russko-tuzemniy­
maktabning­ 3-sinfini­ tamom­ qiladi.­ 1912-yilda­ Qodiriy­
ikkinchi bir savdogarga prikazchik xizmatiga beriladi... 
1915-yilda­ savdogarning­ do‘koni­ yopilib,­ A.Qodiriyga­
ham­javob­beriladi.­So‘ngra­Qodiriy­ishni­davom­qildi-
rish­fikriga­tushadi.­Chetga­ketib­o‘qish­uchun­imkoniyat­
topa olmasdan, oxirda jadidlar ta’siri bilan isloh etilgan 
madrasalardan biriga (Xo‘ja Ahmadboy madrasasiga) 
kirib,­ 2­ yil­ madrasada­ o‘qiydi.­ A.Qodiriy­ bir­ necha­ ja-
did o‘rtoqlarning harakatlari bilan arabcha va forsiycha 
til darslarini yangi usulga ko‘chirib, jadidlashtirib, shu 
mad rasada haligi tillarni o‘rganib chiqadi.
A.Qodiriy shu tarzda turli o‘quv yurtlarida tahsil 
olar ekan, og‘ir iqtisodiy sharoit taqozosi bilan nafaqat 
o‘qish, balki xizmat manzillarini ham tez-tez almashti-
radi. A.Sa’diyning yozishicha, Qodiriy 1907-yili bir yil 
boyagi savdogarning uyida, 1912–1915-yillarda esa 3 
yil boshqa savdogarning qo‘lida prikazchik bo‘lib xizmat 
qiladi.


26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Adabiy taqvim

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə