Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117561
1   2   3   4   5   6
siyosiy-boshqaruvda-jamoatchilik-bilan-aloqalarning-o-rni-the-role-of-public-relations-in-political-leadership

“Public relations”
 
(qisqartmasi 
PR)
so‘zidan aynan tarjima qilish natijasida iste’molga kirgan. 
“Public relations”
 
so‘ziga Oksford ingliz tili lug‘atida 
“yaxshi taassurot qoldirish uchun ma’lum bir 
tashkilot yoki shaxs haqida jamoatchilikka ma’lumot berish faoliyati”
deya ta’rif 
berilgan[https://www.oed.com/#].


International scientific-practical 
conference on the topic of “Problems 
and perspectives of modern technology 
in teaching foreign languages” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 

w
www.oriens.uz
February 
2022
 
Ushbu ibora ilk bor AQShning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tomonidan 
qo‘llanilgan. U 1807 yili o‘zining 
“Kongressga yettinchi murojaat”
ida ushbu 
atamani birinchi marta qayd etgan[Mo‘minov,2004:32]. Bundan maqsad, o‘sha 
davrda hukumatning jamoatchilik bilan aloqalarini davlat darajasiga ko‘tarish, ilmiy-
tashkiliy jihatdan yo‘lga qo‘yish edi. Demak,
“AQShda piarning paydo bo‘lishi bevosita siyosiy jarayonlar mahsuli” bo‘lgani 
oydinlashadi. Oradan bir asr vaqt o‘tib, alohida fan sifatida voqelikka aylangan PR 
tarixi o‘sha davrdagi hodisalardan kelib chiqadi. 
Jamoatchilik bilan aloqalar fan sifatida ilk bora AQShda paydo bo‘lgan 
bo‘lsada, tarixiy manbalarni o‘rganish natijasida o‘rta asrlar Sharq davlatlaridagi 
siyosiy boshqaruvda ham PR ning o‘ziga xos o‘rni bo‘lganligiga guvoh bo‘lishimiz 
mumkin[Mo‘minov,2012:5]. 
Siyosatda ritorika va boshqa ommaviy munosabatlar shakllaridan foydalanish 
har doim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, u tizimli ravishda mustahkamlanib bordi. Bugungi 
kunga kelib siyosiy rahbarlar nafaqat o‘z obro‘sini boshqarishda yordam berish 
uchun, balki mamlakatni boshqarishdagi muhimroq vazifaga e'tibor qaratishda hamda 
oddiy odamlar bilan bog‘lanishda yordam berish uchun PR mutaxassislariga muhtoj. 
Zero, ispan faylasufi va publitsisti Ortega Gasset yozganidek, “
dunyoni jamoatchilik 
fikri boshqaradi”. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə