Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages


“O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix17.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117561
1   2   3   4   5   6
siyosiy-boshqaruvda-jamoatchilik-bilan-aloqalarning-o-rni-the-role-of-public-relations-in-political-leadership

“O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining 
axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”
gi 125-sonli qarori sohani yanada takomillashtirishda muhim qadam 
bo‘ldi. Qaror bilan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati 
to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. 
Qaror bilan hukumatning oldingi 203-son qarori bekor qilindi. Yangi tartibga 
ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot 
xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etildi hamda shu organ rahbariga 
bevosita bo‘ysunadigan alohida mustaqil bo‘linma hisoblanadigan bo‘ldi. Yuklatilgan 
vazifalar salmog‘i yanada ko‘paydi. Jumladan, endilikda axborot sohasidagi yagona 
davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 


International scientific-practical 
conference on the topic of “Problems 
and perspectives of modern technology 
in teaching foreign languages” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 

w
www.oriens.uz
February 
2022
 
Matbuot xizmati, davlat va xoʼjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot 
xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash vasifasi qo‘shildi.
2019-yil 28-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommаviy аxborot 
vositаlаri mustаqilligini tа’minlаsh hаmdа dаvlаt orgаnlаri vа tаshkilotlаri аxborot 
xizmаtlаri fаoliyatini rivojlаntirish bo‘yichа qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr tog‘risidа”gi 
PF–4366-son Qarori qabul qilindi. Endilikda axborot xizmatlari rahbarlari 
AOKAdan atestatsiyadan o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, axborot 
xizmatlari tomonida OAV vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xoʼjalik boshqaruvi 
organlarining rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) 
matbuot anjumanlari, brifinglar oʼtkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va 
jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etish 
majburiy etib belgilandi. 
Tanqidiy mazmundagi chiqishlarga tezkorlik bilan davlat organlari va 
tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot xizmatlari rasmiy axborot 
resurslari orqali munosabat bildirib borish mexanizmi yoʼlga qoʼyildi. Buning 
natijasida tanqidiy materiallarga tashkilotlar tomonidan rasmiy munosabat bildirish 
holati 
respublika 
miqyosida 
10-15 
foizdan 
qariyb 
70-80 
foizga 
yaqinlashdi[https://uza.uz/uz/posts/matbuot-xizmatlari-faoliyati-rivozhlanmoqda].
XULOSA 
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, oxirgi yillarda tashkilotlardagi PR xizmatlar 
ancha faollashdi. Odamlar bilan muloqot qila boshladi. Tanqidlarga munosabat 
bildirish odatga aylandi. Bu ancha quvonarli holat, albatta. Biroq, tashkilot va 
rahbarning ijobiy imidjini shakllantirishda tashabbus har doim ham qo‘llab-
quvvatlanmayapti. Barcha o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari ham jamoatchilikka 
ochilishga, jamiyatda o‘zlarining yorin obraziga ega bo‘lishga xohish 
bildirishmayapti. Shu sababli, PR xizmatlarini qayta o‘qitish, malakasini oshirish 
kutilgan natijani bera olmayapti. O‘rta va quyi bo‘g‘inda ham shunga moyillikni 
paydo qiluvchi muhitni yarata olish hukumatning oldida turgan navbatdagi 
vazifalaridan biridir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə