Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə36/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Qo’g’irchoq teatri. Qo’g’irchoqbozlik eng qadimgi davrdan boshlab xalq orasiga keng tarqalgan dramatik shakl bo’lib, unda turli obrazlar yog’och o’yinchoqlar, uni o’ynatuvchi va o’rgatuvchi, o’yin boshlovchilar ijro etadi. Qo’g’irchoq o’yini asosan, bolalar, yoshlar orasida namoyish qilinadigan o’yin-kulgi vositalaridandir. SHuningdek, qo’g’irchoq teatri sayil-tomosha, to’y, bozor kabi yig’inlarda ijro qilingan. Hozirgi kungacha o’tmishda yaratilgan qo’g’irchoqbozlik ma`lumotlari turli manbalar orqali bizgacha etib kelgan. Ularning ayrim matnlari «Kachal polvon», «Sarkardalar», «Tegirmonchining uylanishi» kabilardir. Bu tomoshalar hozirgi kunda deyarli o’ynalmaydi. «Oftobxon va Moxtobxon» komediyasida ko’p zamonlardan beri xalqni alba kelgan duoxon va avliyolar o’tkir hajv kulgi bilan masxara qilinadi. Qo’g’irchoq teatrini tashkil etish juda murakkab bo’lib, ijrochilardan chidamli mehnat talab qilingan. Ko’rsatiladigan tomosha mavzularini tomoshabinlarning didi, zavqiga qarab belgilagan. Ular hayot hodisalari, kishilarning o’zaro munosabatlari yog’och qo’g’irchoq obrazida aks ettiriladi. Ular bisotidagi asosiy kulgi chiqarish vositasi so’z o’yinlaridir. Qahramonning xususiyatlarini ochishda lutf – qochirim yo’llari bilan birga, birdan ortiq ma`no ifodalaydigan so’z va gaplarni ishlatish ham muhim o’rin tutgan.
Qo’g’irchoqbozlar ham o’z ijrosi jarayonida keng tarqalgan an`anaviy tomoshalar qatorida zamon ruhiga moslab yangi-yangi dramalar ijod qiladilar. Ular xalq orasida mashhur bo’lgan, ba`zi ertak, hajviy hikoya va latifalar mazmunidan ham tez-tez foydalangan. SHulardan biri «Tegirmonchining uylanishi» tomoshasidir.


Zaruriy adabiyotlar:



  1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.

  2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.

  3. M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963 yil.

  4. M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil.

  5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.

  6. M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil.

  7. M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil.

  8. G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə