Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»


Qiziqchi va masxarabozlar teatri



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə35/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Qiziqchi va masxarabozlar teatri. Xalq teatrida bosh ijodkor masxaraboz, qiziqchi va qo’g’irchoqbozlardir. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilik, ham tashkilotchilik vazifalarini bajaradi. «Qiziqchi», «masxaraboz» atamalari har joyda har xil ma`noda qo’llaniladi. Bu ikki atama orasida bir-biriga yaqinlik bo’lsa-da o’ziga xos ma`nolari bor. Nutqi, hajviy xatti-harakatlari bilan odamlarni kuldirib yuruvchi, oddiy, sho’x va hazilkash kishilar ko’pincha qiziqchi deb yuritiladi. Odamlarni kuldirishni o’zlariga hunar qilib olgan va maxsus kiyinib, yuzlarini bo’yab, sayil, to’y-bazm, bayramlarda tomosha ko’rsatib yuruvchi kishilar masxaraboz deb atalgan.
Masxaraboz va qiziqchilar orasida o’z san`atini puxta egallagan va uni xalqqa manzur qilgan mashhur ustalar bilan bir qatorda, bu ishga onda-sonda aralashadigan havaskorlar ham bo’lgan. Mashhur qiziqchi va masxarabozlar sayil va to’ylarda o’z kasb-hunarlarini namoyish etganlar. Qiziqchilarning asl nomi bilan bir qatorda, ular ijro etgan qahramonlarning kasb-hunarlari ham ilova tarzida ularning ismiga qo’shilgan. Qiziqchi va masxarabozlar rol ijro etibgina qolmay, xalq teatrida rejissyorlik vazifasini ham bajargan.
Oqzaki dramaturgiya. Xalq teatrlari og’zaki dramaturgiyasida dramatik harakat, sahnaviy o’yin matn bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning birini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xalq p’esalarining «O’yin» deb atalishi ham uning mana shu xususiyatidan kelib chiqqan. Og’zakilik xalq ijodining, jumladan, masxarabozlar dramasining etakchi xususiyatlaridan biridir. Xalq teatrida qishloq ko’chasi, shahar bozori, hovli yuzasi sahna bo’lsa, tabiat manzarasi daraxtzor, sahro sahna bezaklari vazifasini bajaradi. Ijroda esa, dialog, ishora, harakat, pardoz aniq va yorqin bo’lmog’i kerak. Bundan tashqari, tomoshabinlar sahnadagi gap, harakat va imo-ishorani hayajon bilan qabul qilgan holda o’z his-hayajonlarini ham izhor etadilar.
Og’zaki dramaning ahamiyatli tomoni shundaki, u jamiyatdagi illatlarni fosh etadi. Ularda asosan, boylar, sutxo’rlar va savdogarlar qattiq hajv ostiga olinadi. Hajviy kulgi, tanqidning ta`sirli ko’rinishidir. Kulgi qanchalik asosli va kuchli jaranglasa, tanqid shuncha zo’r va o’tkir bo’ladi. Unda hayotda g’ov bo’ladigan hamma narsa fosh etiladi. YUmor u yoki bu voqea-hodisalarni ko’proq tuzatish va yaxshilashga, yo’qotishga xizmat qiladi. U do’stona hayrixox kulgidir.
Og’zaki satirik komediyalarda amaldorlar, boylar, o’g’rilar, qimorbozlarni fosh etish markaziy o’rinda turadi. Xalq satirasining o’tkir tig’i illatlarni fosh etishga qaratilgan. Masalan, «Rais», «Xirmon ko’tarish», «Mirob», «Qozibozlik» kabi qator dramalarda ma`muriy – diniy amaldorlar hajviy vositalar bilan fosh etiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə