Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə34/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Zaruriy adabiyotlar:



  1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.

  2. SH. Xolmatov. O’zbek xalq og’zaki ijodi. SamDU, 1980 yil.

  3. N.Mallaev. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1976 yil.

  4. A.Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og’zaki ijodi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2004 yil.

  5. O’zbek xalqlar maqollari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1978 yil.

  6. O’zbek xalq topishmoqlari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1978 yil.



4-Mavzu: Xalq dramasi: qo‘g‘irchoq teatri, og`zaki dramma va ijro san’ati.
Reja:



  1. Xalq teatri haqida ma`lumot.

  2. Og’zaki drama va ularning ijro yo’llari.

  3. Qiziqchi va masxarabozlar teatri haqida ma`lumot.

  4. Xalq teatri san`atining tili va badiiy xususiyatlari.

  5. Qo’g’irchoq teatri va uning paydo bo’lish tarixi.



Tayanch iboralar: Xalq og’zaki ijodida bolalar fol’klori va uning ijro yo’llari, mavzu doirasi haqida ma`lumot.
Darsning maqsadi: Og`zaki dramalar-xalq ijodining mustaqil turi. Og`zaki drama va folklor teatrlari. Og`zaki dramaning g`oyaviy -tematik yo`nalishi. Masxaraboz va qiziqchilar teatri. Og`zaki drama ijrochilari haqida.
Darsning vositalari: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning bolalar fol’klori janrlariga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning metodi: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Masxaraboz, qiziqchi va qo’g’irchoqbozlar tomonidan yaratilgan, ular ijrosida, an`anaviy xalq teatri, spektakl’ sifatida avloddan-avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan dramatik asarlar og’zaki badiiy ijodning maxsus turini tashkil etadi. Og’zaki dramalar an`anaviy xalq teatrining asosiy repertuari hisoblanadi.
Xalq orasida og`zaki tarzda yaratilgan va xalq san`atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan fol`klor asarlari og`zaki drama deb ataladi. Og`zaki drama –xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan. Uturli xil o`yin-kulgilardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlarih ovoz ohanglaridan tashkil topadi.
Og`zaki dramani fol`klor teatri deb ham hritadilar. Davr uchun muhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir muammolar xususida tomosha ko`rsatish og`zaki dramaning asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari og`zaki drama o`z ichiga turli xil o`yin, to`y, bazm, marosim, sayllarni hamda ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylarning ijrochilik san`atini ham qamrab oladi.
Og`zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. SHu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va hmorga asoslangan.
Og`zaki drama tomoshalarida ko`pincha hayot qiyinchiliklari, turmush muammolari, sinfiy munosabatlar keskinligi xususida to`xtanilgani bois ularda ijrochilar harakati kontrast asosida qurilgan. Fosh etish san`ati tomoshabinga ma`naviy zavq bag`ishlagan.
Og`zaki dramalarda ko`zbo`yamachi, poraxo`r amaldorlar, ochko`z, zolim boylar, adolatsiz, zo`ravon va qonxo`r hukmdorlar, maishiy buzuq din arboblari obrazi ko`rsatib berilgan va fosh etilgan.
O`zbek fol`klorshunosligi og`zaki dramani masxaraboz va qiziqchilar teatri hamda qo`g`irchoq teatriga bo`lib o`rganadi. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o`rin tutadi. Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik – asrlar davomida shakllangan og`zaki an`anadagi professional teatr hisoblanadi. Uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an`anaviy xalq teatri sanalganligi bo`lib, XX asrning boshlaridayoq hzaga kelgan evropacha tipdagi o`zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir.
O`zbek an`anaviy xalq teatri o`ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og`zaki drama deyilib, undagi personajlar o`z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aqlu zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatrning ijrochi - artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi ( muqallid) nomlari bilan hritiladi.
“Masxaraboz” arabcha so`z bo`lib, kulish, mazax va taqlid qilish ma`nolarini anglatadi. Arablar istilosidan so`ng tilimizga o`zlasha boshlagan esa-da, arablarning o`zlari komik aktyorni “muhabbiz” deb ataganlar. SHunday bo`lsa-da, “masxara” so`zi o`zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy tomosha ma`nosida qo`llaniladi. Taxminan XYI asrning oxiri va XYII asrning boshlaridan e`tiboran arabcha “masxara” so`ziga fors-tojik tilidagi “bozi” (o`yin) so`zidan –“i” tovushi qisqargan holatda “-boz” shaklida qo`shilib, “masxaraboz” istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma`nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo`llanib boravergan. SHu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlangan holda hritilishi an`anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki masxara – xalq teatrining komik aktyori bo`lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha ko`rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi.
O`zbek an`anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan: Bular Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi va Farg`ona qiziqchiligidir.
Buxoro masxarabozligi ikki tipga bo`lingan: birinchisi qishloq masxarabozligi bo`lib, ko`pincha 3-5 kishidan iborat holda tomoshalar ko`rsatgan. Ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli kichik hajmdagi maishiy mavzudagi tomoshalarni ko`rsatishda so`zga emas, asosan, harakatga va mimikaga zo`r berib ijro etishgan.
SHahar masxarabozligida ham, asosan, mehmonxonalarda kichik hajmli maishiy komediyalar o`ynalgan bo`lsa-da, sayllarda, katta to`ylarda yirikroq tomoshalarni namoyish etishgan. SHahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik To`la masxara (1842-1916) to`pi ajralib turgan. U, xususan, salbiy personajlarga ijtimoiy tavsiflar berib, ularni fosh etishda ayricha mahorat ko`rsatgan.
Xorazm masxarabozligida “Xatarli o`yin” turkumi ko`p o`ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo`shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanilgan. Ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko`r, aka-uka Eshmat va Do`smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan.
Xalq teatrining keng rivoj topgani Farg`ona qiziqchiligi bo`lib, ular, asosan, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari va ularning atrofida yashagan Zokir eshon (1815-1885), Sa`di Maxsum, Mulla Hoshim, Usmon qiziq, Abulhasan Qashg`ariy, Marasul qora, Normat og`zi katta, Abduaziz qiziq, Bahromboy, Hasan bukri, Kalsariq, Mo`min qishloqi, Rizo kiyik, Rahimbek hez, Davlat novcha, Hsufjon qiziq SHakarjonov, Oxunjon qiziq Huzurjonov, Tesha qiziq, Muhiddin qiziq Darveshov, Zaynobiddin qiziq, Hojiboy Tojiboev va boshqalar tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilmoqda. Bulardan tashqari dorbozlar, huqqibozlar va nayrangbozlar ham xalq teatrining xodimlari sanalib, ular tarkibida yana sozandah o`yinchilar ham bo`lgan.
Xalq teatri tomoshalari ikki xil ko`rinishda tashkil etilgan. Aytaylik, ba`zi tomoshalar ma`lum matn (og`zaki dramaturgiya) asosida ikki yoki uch aktyor ijrosida tashkil etilsa, ba`zilarida faqat birgina aktyor matnni ijro etib bergan. Bu yakka aktyor teatri deyilgan. U matndagi ijobiy va salbiy obrazlarni bir o`zi ijro etgan. YOki u turli qushlar, jonivorlar ovoziga, xatti-harakatiga taqlid qilib, pantomimalar ko`rsatgan. Pantomimalar ma`lum va taniqli shaxslarning fe`l-atvori, qiliqlariga taqlid qilib ham yaratilgan. Biroq xalq teatrlarida ko`pincha og`zaki hikoyalar instsenirovka qilingan. Masalan, “Namoz”, “O`lik hvish” kabi instsenirovkalar shular jumlasidandir.
Masxarabozlar, asosan, erkaklardan iborat bo`lgan. O`tmishda Buxoro, Xorazm va Farg`onada maxsus masxarabozlar teatrlari mavjud bo`lgan. Ularda buxorolik aka Buxor, To`la va Gadoy masxarabozlar, farg`onalik Hsufjon qiziq SHakarjonov, Orifjon Toshmatov singari professional qiziqchi va masxarabozlar faoliyat ko`rsatgan.
Qiziqchilar orasida xotin-qizlar ham bo`lgan. Xotin-qizlarning qiziqchilik teatri mustaqil faoliyat hritgan. Ular shakl va mazmuniga ko`ra masxarabozlar teatriga o`xshagan. Xotin-qizlar teatrining muhim belgilari shundaki, uning ijrochilari va tomoshabini faqat ayollardan iborat bo`lgan. Erkak kishi rolini ham ayollar erkakcha kiyinib, soqol-mo`ylov yasab ijro etadi. O`z tomoshalarini erkaklardan uzoqroq, chetroq, pana joylarda namoyish qilganlar. Xalqimiz orasida professional qiziqchi ayollardan samarqandlik Zulfi Suydieva, pskentlik Kuydiniso Rasulmatova, toshkentlik Salomat Mutalova kabilarning nomlari mashhurdir.
Qiziqchi ayollar o`z tomoshalarida zolim, bevafo erlarning kirdikorlari, kundoshlik azobi, sof muhabbat haqida tomoshalar ko`rsatganlar. Jumladan, “Bozorda to`lg`oq tutib qolgan xotin”, ”CHo`pon va uning xotini”, “Kundoshchilik”, “O`sma qo`yish” kabi og`zaki dramalar xotin-qizlar teatrida mahorat bilan ijro etilgan.
Og`zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. Ularni ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari, qiliqlar, shartli harakat va pantomimalarni bajarib, turli xushchaqchaq va hazil qo`shiqlarni aytib, raqsga tushib, voqealar rivojini ta`minlab borganlar. SHu orqali ajoyib ta`sirchan sahna asari hzaga kelgan.
Og`zaki drama va p`esalarda, komediyalarda xalqning qochirimlaridan, xalq iboralaridan ustalik bilan foydalanganlar. Personajlar nutqida ko`chma ma`noli so`zlarni, iboralarni ko`p ishlatganlar. Personajlar xarakterini ochib berishda zid qo`yish san`atidan unumli foydalanilgan. Voqealarning bo`lib o`tgan o`rni va vaqti aniq ifodalanmay, keng badihago`ylikka erishilgan.
Qo`g`irchoq teatri ham xalqimizning qadimiy og`zaki teatri sifatida qaror topgan an`anaviy san`atdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123) ning tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
Mo lo``batakonemu falak lo``batboz,
Az ro`i haqiqat, na ki az ro`i majoz;
Bozicha hamekunem bar nat`i vujud,
Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.5
Bu ruboiy SH.SHomuhammedov tarjimasida shunday jaranglaydi:
Bizlar qo`g`irchog`u, falak qo`g`irchoqboz,
Bu so`zim chin so`zdir, emasdir majoz.
Yo`qlik sandig`iga bir-bir tushamiz,
Vujud palosida o`ynagach bir oz.6
Qo`g`irchoq vositasida biror hayotiy voqelikni ko`rsatish niyatida qo`g`irchoqlarni o`ynatuvchi, ya`ni boshqarib turuvchi kishilarni qo`g`irchoqbozlar yoki korfarmonlar deb hritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna ortida turib, qo`g`irchoqlarning o`zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog`i, ularni harakatga solib, o`zaro munosabatga kirishuvlarini ta`minlaydilar. Har bir qo`g`irchoqning ruhiyatiga, ko`rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo`yib oladilar. Binobarin, qo`g`irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib harakatga omuxta ovozda so`zlash uchun korfarmon (qo`g`irchoqboz)larda alohida aktyorlik iste`dodi shakllangan bo`lmog`i zarur. Qolaversa, ularning o`z leksikasi mavjuddir. So`z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanib, qo`g`irchoq ijro etayotgan personajning individualligini ta`minlaydilar.
Qo`g`irchoqbozlik san`ati sirlari esa o`tmishda avloddan-avlodga o`tishi uchun korfarmonlar o`z hunarlarini bolalariga o`tkazish asosida an`anaviylik kasb etgan. Buning uchun esa o`tmishda hrtimizda qo`g`irchoqbozlar alohida mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz ham olmagan va chetga qiz ham chiqarmay, o`z kasblarini farzandlariga o`rgatishgan. Faqat ko`rsatgan tomoshalaridan tushgan daromad evaziga ro`zg`or tebratishgan. Buxoroda O`g`lon darvozasi mahallasida qo`g`irchoqboz va sozandalarning hzga yaqin oilasi yashagani ma`lum. Toshkentda ham Ko`kcha, Sebzor, Beshyog`och va SHayxontohur dahalarida qo`g`irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgan.
Qo`g`irchoq teatri o`ziga xos o`yin-kulgi vositasi bo`lib, xalqning ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va hmor orqali namoyish etish san`ati sanaladi. Qo`g`irchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning o`tmishdagi urf-odatlari va marosimlariga bog`liq bo`lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida o`zini ojiz sezib, turli ma`budlarga sig`inishi, tabiiy ko`ringan hodisalarni ta`riflash maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks ettiruvchi niqoblarni kiyib ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qo`g`irchoq teatri hzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qo`g`irchoq teatrining paydo bo`lishi dunyodan o`tgan ajdodlarni teatrlashtirilgan holda yodga olish marosimi asosida hz bergan. Bu marosim qoidasiga ko`ra, marhumning eng yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o`sha marhumga o`xshab va o`xshatib gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim o`zidagi urfiy belgilarini yo`qotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning kuchsizlanishi va yo`qola borishi natijasida mazkur ramziy shakllar qo`g`irchoqbozlar qo`liga o`tib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli qo`g`irchoq teatri shakllangan. Qo`g`irchoq teatrining mavzulari kengaya boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko`paya borgan. XI-XII asrlarda O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga kelib qo`g`irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida odamlar hayotini qo`g`irchoq teatriga o`xshatib ta`riflagani ham yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati” asarining to`rtinchi fasli ikkinchi qismini maxsus “Qo`g`irchoqbozlar bayonida”gi sarlavha bilan xalq qo`g`irchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag`ishlangani bejiz emas.
Ayni zamonda qo`g`irchoq teatrining uch ichki turi keng taraqqiy etayotir:
1. «CHodir jamol» qo`g`irchoq teatri. Bunda qo`g`irchoqlar qo`lga kiyilib, barmoqlar vositasida harakatga keltirilgan. Bu teatrda, asosan, uch ko`rinishli “Polvon Kachal sarguzashtlari” xalq komediyasi o`ynalgan. O`z-o`zidan ayonlashayotirki, bu teatrning (komediyaning ham) bosh qahramoni Kachal polvon bo`lib hisoblanadi. “Kachal” so`zining lug`aviy ma`nosi kal bo`lib, ko`chma holda “maymoq, qaltiroq, qo`rqoq” degan ma`nolarda qo`llanilib, istehzo va pichingni ifodalaydi.
CHodir jamol”da o`ynovchi qo`g`irchoqbozning kamida 20 ta qo`g`irchog`i bo`lgan. Spektakl jarayonida shulardan 8-12 tasini qo`lga kiyib, 4-6 epizodni namoyish qilgan. U, asosan, kunduzi o`ynalganligi sababli “ro`z bozi” deb ham atalgan.
Professor M.Qodirov “CHodir jamol”da 100dan ortiq qo`g`irchoq qatnashganini ta`kidlab, ularni tubandagicha to`rt guruhga taqsimlab tasvirlaydi:
1. Satirik personajlar: rais, yasovul, sudxo`r, hoji kampir, tergovchi, ko`knori, dalla-sovchi...
2. Xalq tiplari: o`zbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va Oyqiz SHura.
3. San`at ahli: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz, maymunboz, tosboz...
4. Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar: yalmog`iz kampir, ajdaho, shayton, Qoravoy it va boshqalar.
Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida o`zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g`oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan.
2. “CHodir xayol” qo`g`irchoq teatri. Buni hozir zamonaviylashtirib marionetka teatri deyiladi. “CHodir xayol” teatrida qo`g`irchoqlar harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog`langan qo`g`irchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari ko`zga tashlanmaydi va qo`g`irchoqlar go`yo o`zi harakatlanayotganday ko`ringani uchun tomoshabinlarda katta qiziqish hamda estetik zavq uyg`otgan. Bu teatrda, asosan, “Sarkardalar” xalq komediyasi o`ynalgan.
“CHodir xayol”da ham 100 ta qo`g`irchoq –personaj mavjud. P.A.Kamarov kollektsiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma`lum.
“CHodir xayol” spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. SHu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo`g`irchoq – personajlar ko`p. CHunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yo`ldosh yasovul shu silsilaga kiradi.
SHuni ta`kidlash joizki, “CHodir xayol” spektaklida kamida 50 tacha qo`g`irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o`ynalganligi tufayli “shab bozi” deb ham hritilgan.
3. “Fonus xayol yoki soya qo`g`irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo`g`irchoq yoki qo`l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.
Qo`g`irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfol`kloriy hodisadir. Har bir xalqning o`z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. Endilikda xalqona qo`g`irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana bormoqda. Ular qo`g`irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) atrofiga uhshganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator festivallari bo`lib o`tdi. Ularda qo`g`irchoq teatrlari taraqqiyotining o`ziga xos tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov – ko`riklar ijobiy natijalar bermoqda. SHunday festivallardan biri 1969 yilda Toshkentda o`tkazilib, o`zbek qo`g`irchoq teatrini rivojlantirishga kuchli ta`sir ko`rsatdi. O`shanda respublikamizda birgina qo`g`irchoq teatri poytaxtda faoliyat ko`rsatardi, bugunga kelib Andijon, Samarqand, Buxoro va boshqa bir qator viloyatlar markazlarida ham qo`g`irchoq teatrlari fvaoliyat ko`rsata boshlagani quvonarli holdir, albatta.
Xullas, xalq qo`g`irchoq teatri kattalar va ayniqsa, bolalarning sevimli teatri sifatida professional qo`g`irchoq teatrlariga aylangungacha uzoq tarixiy yo`lni bosib o`tdi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə