Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə30/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

«O‘ZBEK FOLKLORI»
fanidan


O`QUV MATERIALLARI

Samarqand davlat universiteti 2021 -y.
1-Mavzu: Fanning maqsadi va vazifalari, manbalari. Folklor – xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:

  1. Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari.

  2. Fanning asosiy manbalari, mazmuni va uning tarkibi.

  3. Xalq og’zaki poetik ijodining o’ziga xos belgilari.

  4. Xalq og’zaki poetik ijodi haqida umumiy ma`lumot.



Tayanch iboralar: Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari.
Darsning maqsadi: Xalq og’zaki ijodi fanining maqsadi va vazifalari haqida fanning o’z oldiga qo’ygan rejalari haqida atroflicha ma`lumot berish.
Darsning vositalari: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning metodi: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Xalq og’zaki poetik ijodi – mehnatkash omma ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san`atining boshqa turlaridan (muzika, teatr, raqs, o’yin, tasviriy va amaliy san`at hamda boshqalardan) o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san`atidir. Har bir xalqning asrlar orzusini aks ettirgan boy og’zaki so’z san`ati bo’lganidek, o’zbek xalqining ham og’zaki adabiyoti durdonalari mavjud. Mehnatkash omma tomonidan og’zaki yaratilib, xalqning istedodli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan badiiy asarlar o’zbek xalq poetik ijodini tashkil etadi.
Og’zaki so’z san`ati «fol’klor» yoki «xalq og’zaki poetik ijodi» («xalq poetik ijodi», «xalq og’zaki ijodi») terminlari bilan ifodalanadi. «Fol’klor» termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vil’yam Toms tomonidan 1846 yilda qo’llangan bo’lib, u ikki so’zdan iborat: «fol’k» (folk) – xalq, «lor» (lore) – bilim, donolik, donishmandlik, ya`ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. «Fol’klor» – xalqaro termin.
O’zbek fol’klorshunosligiga «fol’klor», «o’zbek fol’klori» terminlarini birinchi marta Hodi Zarif kiritdi (1932, 1935). U oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan birinchi xrestomatiya kitoblarini «O’zbek fol’klori» deb atadi (1939, 1941). Ungacha «El adabiyoti», «Og’zaki adabiyot», «O’zbeklarda og’zaki adabiyot» kabi atamalar ishlatilar edi. Bu atamalar sohani aniq ifodalamasligi tufayli iste`moldan chiqib ketdi va hozirgi kunda «O’zbek fol’klori», «O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi» terminlari fanda mustahkam o’rnashib qoldi.
Milliy mustakillik xalkimizning o’z bobolari zakovati tufayli yaratilgan ulkan madaniy merosga bulgan munosabatini tubdan yangilab, ajdodlarimiz tarixi, madaniyati, ma`naviy kadriyatlari tizimini keng kulamda targ’ib etishning misli kurilmagan imkoniyatlarini ochib berdi. Istiklol sharofati bilan dunyokarashimizda, ongimizda ruy bergan yangilanish, ruhiy poklanish va ma`naviy tiklanish jarayoni fol’klor san`atining taraqqiyotida ham yaqqol aks etmokda. Zero, fol’klor san`ati an`analari “mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxc - komil insonni tarbiyalash”, dek ulug’vor maksadlarga xizmat qiladi.
O’lkamiz mustaqillikka erishganidan keyin xalk og’zaki ijodiyotiga bo’lgan qiziqish kuchaydi va bu narsa fol’klorni o’rgatuvchi, xalk og’zaki badiiy ijodi buyicha dars beruvchi, fol’klor san`ati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar oldiga ham dolzarb vazifalarni qo’ydi. Ayniqsa, an`anaviy fol’klorni tadqiq etish, uning qadimiy uzvlarini tiklash, nodir ijro yo’llari, fol’klor janrlari va ularning badiiyati haqida darslik, o’quv qo’llanmalari va dasturlar yaratish fol’klorshunoslikning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalaridan biriga aylandi.
Ajdodlarimizning ko’p acrlik badiiy tafakkur durdonalarini bebaho milliy kadriyatlar tizimi sifatida saklab kolish, targ’ib va tadqiq etish, uning eng nodir na- munalarini keng ommalashtirishda fol’klorshunoslik fanining xizmatlari benihoya kattadir. Asrlar davomida xalqimizni yuksak ma`naviy komillik ruhida tarbiyalashdek ezgu maksadga xizmat qilib kelgan ana shu badiiy qadriyatlarni to’plash, fol’klor asarlarini arxivlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr etish, ilmiy urganish va ommalashtirish fol’klorshunoslikning asosiy maksadini tashkil etadi.
Fol’klorshunoslik fanining asosiy maksadi va vazifalari bu fanning o’ziga xos ilmiy mezonlari va kriteriylarini ko’rsatish, fol’klorshunoslikdagi aso­siy metodlar va ilmiy maktablar, hozirgi kunga qadar erishilgan asosiy natijalar, o’zbek fol’klorini mustakillik davrida urganishning yangicha tamoyillari va bu fanning istiqbollari haqida chuqur bilim berishdan iboratdir.
Fol’klor asarlarida muzika, raqs, teatr san`ati elementlari qo’shilib ketadi, shu sababdan fol’klor sinkretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda fol’klor asarlari san`atning boshqa turlaridan o’ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Fol’klorda so’z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og’zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo’ldoshi, uning chinakam aks sadosi bo’lib kelgan.
Xalq ijodini o’rganuvchi, tekshiruvchi fan fol’klorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari, fol’klor asarlari bilan bir qancha fanlar shuqullanadi: tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og’zaki ijodida qanday aks etganini o’rganadi; etnograflarni xalqning urf-odatlari qiziqtiradi; san`atshunoslar esa fol’klordagi muzika, raqs, o’yin, xoreografiya va boshqalarni o’rganadilar; tilshunoslar xalq ijodi tilining lahja va dialektlari bilan, adabiyotshunoslar fol’klor asarlarining yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar.
Xalq poetik ijodi yozuv paydo bo’lmasdan ko’p zamonlar ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va tarqalishi jonli og’zaki an`ana bilan bog’liqdir. Og’zakilik xususiyati uni xalq san`atining boshqa turlaridan (masalan, muzika, raqs, o’ymakorlik) ajratib turadi. Fol’klor asarlarining uzoq asrlar davomida og’zaki yaratilishi va og’zaki ijro etilishi uning shakl va mazmuniga ta`sir etmasdan qolmas edi. Ma`lumki, ayrim tarixiy faktlarning to’liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida ularning asardan tushib qolishi yoki o’zgarishi, qorishtirib talqin etilishi mumkin. SHuning uchun ham tarixiy voqea va hodisalar fol’klorda aynan aks etavermaydi. Ba`zan esa dostonlarda mavjud bo’lgan she`riy parchalarning unutilishi mazkur janrni ertak shakliga keltirib ham qo’yishi mumkin. YOki aksincha, ertakning dostonga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Fol’klor asarlarida yuz berishi mumkin bo’lgan bunday hodisa uning g’oyaviy-badiiy, estetik qimmatini kamaytirmaydi. CHunki har bir fol’klor asarida, u qaysi forma va janrda bo’lmasin, ijodkor xalqning voqelikka bo’lgan aktiv munosabati ifodalanadi. SHuning uchun ham fol’klor asarlari g’oyaviy-badiiy jihatdan puxta ishlanadi.
Xalq og`zaki ijodining o`z ijodiy metodi mavjudligi. Uni shartli ravishda romantizm tipidagi ijodiy metod deyish mumkinligi, chunki folklor asarlarida fantastika, badiiy uydirmalar, hayotiy asos bo`lishi, yo`g`rilgan xayoliy voqea va hodisalar hayotni tasvirlashning o`ziga xos uslubi sifatida namoyon bo`lganligi.
“Folklor” termini haqida tushuncha. Xalq og’zaki badiiy ijodi tarixi va uning asosiy janrlari. O’zbek xalq og’zaki poetil ijodi va boshqa xalqlar folklorining mushtarakligi, farqli tomonlari va an’analarining badiiy ifodasi sifatida.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi.
Folklor namunalari og`zaki yaratilib, og`zaki ijro etilishi. Xalq og`zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmasligi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og`zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.
Fol’klor asarlari o’zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu istagi, kurash va g’alabalari uning mavzusi va g’oyaviy mazmunida aks etadi. Bu xususiyat asosan tom ma`nodagi so’z san`ati, doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor so’z san`atining boshlang’ichi, yuksak mahoratli badiiy tuzilishdir. Xalq og’zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko’plab iste`dodli xalq ijodchilari tomonidan yuksak san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Bugina emas, fol’klor san`atning boshqa turlari adabiyot, teatr, muzika, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda.
Xalq og’zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi. Fol’klorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh adabiyotshunoslik va muzikashunoslik, goh madaniyat tarixi, goh antropologiyaning va hatto sotsiologiyaning bir qismi kabi qaralib kelingan. Bizning mamlakatimizda esa xalq og’zaki badiiy ijodi haqidagi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlandi. SHu bilan birga, fol’klorshunoslik tekshirish predmetining ko’lami va xilma-xilligi jihatidan adabiyotshunoslik va musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Fol’klorni o’rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo’lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. SHu ma`noda fol’klorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning fol’klor to’g’risidagi ilk fikrlari fol’klorshunoslik uchun muhimdir. Fol’klorni yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko’zga tashlanadi (Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridagi fol’klor materiallari). Ayni paytda yozuvchilar tomonidan xalq ertaklari, miflar, afsona va rivoyatlarini qayta ishlash jarayoni ham boshlanadi.
XX asrning boshlarigacha o’zbek fol’klori bilan hech Kim shug’ullanmagan, unga nisbatan qiziqish bo’lmagan, degan ma`no chiqmaydi, albatta. Mahmud Koshg’ariy yiqqan mehnat, urf-odat, mavsum-marosim qo’shiqlari, afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, ularning mazmuni, qo’llanish o’rni haqidagi ma`lumotlar, Abulqosim Mahmud Zamaxshariyning maqol va matallarning badiiy xususiyatlari haqidagi mulohazalari, Alisher Navoiy, G’iyosiddin Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, Darvish Ali CHangiy, Vosifiy asarlaridagi mavjud qayd va izohlar fol’kloristika tarixi uchun muhim ahamiyatga ega. Fol’kloristika tarixi xalq ijodiga faqat ilmiy maqsadlar bilan yondashilganlikni o’rganish bilangina cheklanmaydi, balki fol’klorni turlicha tushungan va undan o’z asarlarida foydalangan yozma adabiyot namoyandalarining xalq ijodiga qiziqishlarini (tarixiy-badiiy asarlardagi fol’klorizmni) tekshirishni ham o’z ichiga oladi.
XX asrning 2-choragidan boshlab xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plash va u haqidagi ilmiy tadqiqotlarni e`lon qilish ancha izga tushdi. Bu ish dastlab markazlashtirilgan hay`at tomonidan amalga oshirildi. Bu o’rinda elbek, G’.O.YUnusov, G’ulom Zafariy kabi olimlar xalq og’zaki ijodiga oid bo’lgan ayrim janrlarni yozib olishga va ilmiy maqolalar e`lon qilishga erishdilar. Bu o’rinda fol’klorshunos olimlardan Xodi Zaripovning xizmatlari kattadir.
Olim xalq og’zaki ijodining yirik janri bo’lgan dostonlarni Fozil Yo’ldosh o’g’lidan, ergash Jumanbulbul o’g’lidan, Po’lkan shoir tilidan «Alpomish», «SHayboniyxon», «Rustam», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Hasanxon», «Avazxon», «YUnus pari», «Misqol pari» kabi dostonlarni yozib oladi. Bu o’rinda fol’klorshunos olimlardan Mansur Afzalov, Muzayana Alaviya ham xalq og’zaki ijodini to’plab nashr ettiradilar. Xususan, Muzayana Alaviya xalq qo’shiqlarini to’plab, birinchi marta e`lon qildi. Keyinchalik fol’klorshunos olimlarning qatoriga X.Imomov, Z.Xusainova, B.Sarimsoqov, Z.Mirtursunov, J.Qobilniyozov kabi olimlar qo’shildilar va qator monografiya va risolalar e`lon qildilar. eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, 1964 yildan boshlab 45 tomga mo’ljallangan o’zbek xalq ijodi asarlarini nashr etishga kirishildi va bir necha tomlari, jumladan, «Intizor», «Dastagul», «Murodxon», «Orzigul» va boshqa dostonlar nashr ettirildi.
YUqorida amalga oshirilgan ishlardan so’ng fol’klorshunos olimlar M.Saidov, M.Murodov, B.Sarimsoqov kabilarning xalq dostonlariga doir tadqiqotlari e`lon qilindi. Bu o’rinda shuni ta`kidlash kerakki, zamonamizning buyuk dostonchisi ergash Jumanbulbul o’g’lining, Fozil Yo’ldosh o’g’lining, Islom shoirning, Po’lkan shoirning asarlarini o’rganishda yangi bosqich boshlandi. Xalq og’zaki ijodining ikkinchi nasriy turi ertaklar haqidagi birinchi tadqiqot M.Afzalov tomonidan «O’zbek xalq ertaklari» haqida kitobi nashr ettirildi. K.Imomovning esa «O’zbek satarik ertaklari» monografiyasi ham ertak janri xususiyatlarini yoritib berdi. SHu bilan birga, ertaklarni nashr etishga ham alohida e`tibor berildi. M.Afzalov, Z.Husainova, X.Rasulovlar tomonidan «O’zbek xalq ertaklari»ning ikki tomligi nashr ettirildi. Xalq qo’shiqlarini o’rganishda esa M.Alaviyaning «O’zbek xalq marosimi qo’shiqlari» monografiyasi alohida o’rinda turadi.
O’zbek fol’klorshunosligining etakchi ilmiy maktablari va ularning asosiy nazariyalari, fol’klorni o’rganishning asosiy metodlari to’g’risida ham mufassal ma`lumot beriladi. CHunki uzbek xalq oqzaki badiiy ijodini o’rganuvchi mutaxassis fol’klorshunoslik tarixida “fin maktabi”, “mifologik maktab”, “tarixiy maktab”, “antropologik maktab”, “ritual-mifologik maktab” kabi nomlar bilan atalgan ilmiy maktablarning izlanishlari va ular tomonidan yaratilgan ilmiy-nazariy kontseptsiyalarning xalq ijodini tadqiq etishdagi ahamiyatini yaxshi bilishi, ularning filologik tadqiqotlar tizimida tutgan o’rniga to’gri baho bera bili­shi lozim.
O`zbek fol`klori xilma-xil janrlardan tarkib topgan behad qadimiy so`z san`ati bo`lib, unda o`tmishda yashagan ajdodlarimizning turish-turmushi, dunyoqarashi va e`tiqodi, kurash va mag`lubiyatlari ifodalangan. V.M.Miller xalq ijodiyotiga «xalqshunoslikning tarkibiy qismi»1 sifatida qarab, uning xalq rasm-rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini ta`kidlaydi. Fol`klorning betakror so`z san`ati sifatidagi mohiyati xalq turmushini ifodalaganligi tufayli etnografiya bilan, xalq ruhiyati va e`tiqodiy qarashlarini aks ettirib ruhshunoslik va din tarixi bilan, xalq axloqiy qarashlarini ifodalab tarbiyashunoslik bilan, musiqa, raqs va harakatlarga omuxtaligi bois san`atshunoslik bilan va nihoyat jonli so`zlashuv tilida yaratilganligi sababli tilshunoslik fanlari bilan singishganligida namoyon bo`ladi.
Fol`klorda an`anaviylik o`ziga xos xususiyatlardan bo`lib, uning g`oyaviy – estetik mohiyatini belgilaydi. An`anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining og`izdan-og`izga o`tishi jarayonida nisbatan barqarorliknigina anglatib qolmay, balki o`sha asarning avloddan-avlodga o`tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, ifodaviy vositalari va qahramonlarini nisbatan o`zgarmagan holda saqlab qolganligini ham anglatadi.
Xalq ijodiyotida an`anaviylik g`oyaviy – badiiy mazmunda keng ko`lamga ega. Zero, mavzu mohiyatiga ko`ra uning barcha tur va janrlaridagi namunalarida Vatan, xalq va mehnatni ulug`lash, adolatsizlikka nafrat bilan qarash, do`stlik va birodarlikni qadrlash, chin insoniy muhabbatni sharaflash mushtarak an`anaviy motivlardir. SHuningdek, an`anaviylik fol`klorning har bir turi va janrining kompozitsion tarkibiga xos unsurlar umumiyligini ham namoyon etadi. Aytaylik, qo`shiq janri tabiatiga daxldor an`anaviy unsurlarning hammasi ham doston janri tabiatiga to`g`ri kelavermaydi. Dostonlargagina xos an`anaviy epik ko`lamdorlik, epik qoliplar, umumiy tipik o`rinlar va boshqalar qo`shiqlarda uchramaydi. Lekin bular xalq eposi uchun an`anaviy unsurlar sanaladi. YOki xalq eposini an`anaviy boshlama va tugallanma, otni egarlash va ta`riflash, otda bahodirona chopish, janglar tasviri, safarga otlangan qahramonga nasihat qilish, jangga kirish oldidan o`zini maqtashi, sevishganlar uchrashadigan chorbog`lar tavsifi, malikalar, kanizaklar, ko`sa va maston kampirlar tasvirisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bularsiz dostonlarda an`anaviy shjet qurilmasini tasavvur qilish qiyin.
An`anaviylik fol`klorninggina emas, balki xalq musiqasi, raqsi va amaliy san`atining ham xos belgisi sanaladi.
An`anaviylik o`zining ijtimoiy – tarixiy manbalariga ega. CHunonchi, fol`korning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, ularda o`sha zamon kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga oid qarashlari aks etgan. Bu hol fol`klor asarlari shakli, obrazlari va motivlari muayyan barqarorlik kasb etishini ta`minlagan.

Fol`klor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z va kuy omuxtaligi etakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna san`ati unsurlari ustun turadi. Bu hol fol`klor asarlariga qorishiqlik (sinkretiklik) xususiyatini baxsh etgan. Fol`klor namunalari ijrosi xilma-xil san`at turlariga xos unsurlarni o`zida mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi. CHunonchi, doston va termalarni do`mbira jo`rligida kuylash an`anaviy bo`lsa, qo`shiq dutor, childirma jo`rligida kuylanadi. Aksariyat fol`klor asarlarida so`z etakchi o`rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko`pgina asarlar ijrosida kuy g`oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qimmat kasb etsa-da, baribir so`z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo`lib qolaveradi. Bu fol`klorning so`z san`ati sifatidagi mohiyatini to`la–to`kis tasdiqlaydi.

Xalq – fol`klorning ijodkori. Fol`klor qabila, urug`, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va ruhiyatini aks ettiradi. Uning paydo bo`lishida hal qiluvchi rol` o`ynaydi. Ibtidoiy jamiyatda fol`klor hayot bilan mustaqil kurash vositasiga aylanib shakllandi. Qoyalardagi tasvirlar, bolta va boshqa mehnat qurollari qadimiy ajdodlarimizning tabiiy tuyg`ularini shakllantira bordi, hayvonlardan farqli o`laroq, badiiy ijod qilish iqtidorini uyg`ota boshladi, ulardagi ma`naviy kuchning qo`pol amaliy ehtiyojlar asirligidan qutulishiga ko`maklashdi. Xayolga erk berish zamirida ibtidoiy odamda estetik tuyg`u shakllana bordi, go`zallikni tushunish va anglash teranlashdi va shular zaminida xalq og`zaki ijodiyotining dastlabki namunalari hzaga keldi. Mehnat jarayoni, ijtimoiy taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga taqsimlanishi esa, o`z navbatida, so`z san`atini ham shaklan, ham mazmunan xilma-xil xarakter kasb etishini ta`minladi.

Jamiyat taraqqiyoti o`zgargan sari ijtimoiy tabaqalanish chuqurlasha bordi: xalq ikki ijtimoiy guruhga – hukmronlik mavqeidagi xo`jayinlar va ularga itoat qilishga mahkum qilingan mehnatkashlar toifalariga bo`lindi. Bu hol manfaatdorlik nuqtai nazaridan ular o`rtasida ma`lum ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Natijada fol`klorda zolimlardan norozilik, zolim kuchlarga nafrat motivlari paydo bo`la boshladi. Mazlum omma hayot haqidagi tushunchalarini, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, badiiy-estetik, diniy-axloqiy qarashlarini ifoda etish bilan fol`klor asarlarining g`oyaviy mazmundorlik jihatidan xalqchilligini ta`minladi.

Xalq og`zaki ijodi namunalarida aks etgan ijtimoiy-tarixiy voqealar hamisha oddiy mehnat kishilari - umumxalq manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Fol`klorda xalq optimizmi engilmas qudratga ega pafos darajasiga ko`tarilgan.

Fol`klor qadimiy so`z san`ati sifatida nafaqat chuqur g`oyaviyligi, balki hksak badiiyligi bilan ham ajralib turadi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol qo`shiq, topishmoq, afsona, rivoyat va askiya singari xilma-xil janrlari shakllangan.

Fol`klor asarlari tili – jonli so`zlashuv tili, shu bilan birga arxaik ifodalar va dealiktizmlar ular uchun norma sanaladi. Bu xususiyati bilan fol`klor tili adabiy jihatdan sayqallangan badiiy adabiyot tilidan farq qiladi. Fol`klor tili – muttasil harakatdagi jonli so`zlashuv tili bo`lib, hamma zamonlarda ham adabiy tilning boyish manbai bo`lib keldi va shunday bo`lib qoladi.

O`zbek xalq ijodiyotida ifodaviy-tasviriy vositalarning badiiy adabiyotdan farq qiluvchi o`ziga xos butun bir tizimi ishlangan. Bu xalq qo`shiqlaridagi ramziy obrazlar, doimiy sifatlashlar, an`anaviy qoliplar (klishelar), turg`un iboralarning farovonligida, fol`klor asarlari tilida erkalovchi, kichraytiruvchi qo`shimchalarning serobligida, ayniqsa, muvoziylik (parallelizm), mubolag`a va saj`ning behad faol va o`ziga xos qo`llanilishda yorqin ko`rinadi.

Fol`klor asarini aniq ijodkorga nisbat berib bo`lmaydi. Ularning yaratilishi paytini ham aniq ko`rsatishning imkoni yo`q. CHunki fol`klor asari uzoq muddatli ijodiy jarayonda og`izdan-og`izga, avloddan-avlodga, ustozdan – shogirdga o`tib hzaga keladi va yashaydi. Badiiy adabiyot namunasining muallifi ham, yozilgan vaqti ham ma`lum bo`ladi. Fol`klor asarlari muallifining noaniqligi – anonimligi (grek anonumis-no`malum) o`sha asarning qachonlardir individual ijodkor tomonidan yaratilganligini inkor etmaydi. V.G.Belinskiy aytganidek, fol`klorda «mashhur nomlar yo`q, uning muallifi hamisha xalqdir. Uning navqiron xalq yoki qabila ichki va tashqi hayotining jimjimalarsiz va aniq tasvirlangan oddiy va soddagina qo`shiqlarini kim to`qiganini hech kim bilmaydi…va bu qo`shiq urug`dan – urug`ga, avloddan-avlodga o`tadi; va vaqtlar o`tishi bilan o`zgarib boradi; goh uni qisqartirishsa, goh uzaytirishadi, goh yangidan to`qishadi, goh unga boshqa qo`shiqni ulashsa, goh unga qo`shimcha qilib boshqa bir qo`shiqni to`qishadi – shunda qo`shiqdan doston chiqadi. Faqat xalq unga o`zini muallif sanay oladi. Adabiyot – boshqa ish; endi xalq emas, balki xalq hayotining turli tomonlarini o`z aqliy faoliyatlarida aks ettiruvchi alohida shaxslar uning arbobi. Adabiyotda shaxs to`la xuquq bilan maydonga chiqadi va adabiy bosqich hamisha shaxslarning nomi bilan ajralib turadi».2 Ko`rinayotirki, fol`klor asarlari qachonlardir noma`lum shaxs (individ) tomonidan to`qilsa-da, og`izdan-og`izga, avloddan-avlodga o`tish jarayonida jamoa (kollektiv) ijodkorligi namunasiga aylanadi; jamoa ijodiy salohiyatidan to`lishib, mukammallashib, g`oyaviy-badiiy kamolot kasb eta boradi.

Abdurauf Fitrat bu masalaga o`z munosabatini bildira turib, og`zaki va yozma adabiyotlarning o`zaro tafovutli xususiyatlariga to`xtalarkan, «buning ayirmasi yozma bo`lmasligida, yo egasining ma`lum emasligini»ni ta`kidlab, «har bir doston, maqol, topishmoq, ashula, asosan, bir kishi tomonidan chiqoriladir-da, so`ngra umumiylashib ketadir», - deya fol`klor asari ham individual ijoddan boshlanajagiga, so`ngra «umumiylashib» jamoa ijodi mahsuliga aylanishiga ishora qiladi. SHu bilan birga u fol`klorning asl mohiyatini xalqona ruhga sug`orilganligida ko`radi. SHu ma`noda fol`klor betimsol og`zaki badiiy – ma`naviy boylik ijodkori bo`lgan xalqning o`zi haqidagi fandir.


Shuni aytish o`rinliki, fol`klor qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi sifatida hzaga kelgan edi. Ilk namunalariyoq hammabop va ommabop to`qilgan bo`lib, uning ijrosiga mo`ljallangan. O`sha zamonlarda shaxsiy ijodkor jamoadan hali to`la-to`kis ajralib chiqmagan edi. Ijtimoiy – siyosiy munosabatlarining takomillasha borishi, xalq estetik tafakkurining o`sishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi jarayonida davrlar o`tishi bilan alohida ijrochilar – qo`shiqchilar, ertakchilar, baxshilar, qissasozu qissaxonlar, latifago`ylar (bazlago`ylar), hazzollar (hazilkashlar), qiziqchilar, xalfalar o`z mahoratlari bilan yarqirab ko`rina boshladilar. Ammo bu talantlar ham jamoa dahosi bilan to`qilib, og`izdan-og`izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o`tib kelgan asarlarni kuylar, ijro etar va albatta, shu jarayonda o`zidan ham nimanidir qo`shib, individual mahoratlarini namoyon etar edi. Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi. Bo`ron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Ernazar baxshi, Riza baxshi, Suyar baxshi, Amin baxshi, Yo`ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo`ldosh shoir. Suyar shoir, SHerna hzboshi, Mulla Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Fozil Yo`ldosh o`g`li. Ergash Jumanbulbul o`g`li, Po`lkan Jonmurod o`g`li, Islom Nazar o`g`li, Saidmurod Panoh o`g`li, Abdulla shoir, Umir Safar o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li. Xolyor Abdukarim o`g`li, Bola baxshi, Bolta baxshi, Qodir baxshi Rahim o`g`li va boshqalar o`z individual ijrochiliklari tufayli jamoa dahosi bilan yaratilgan asarlarni avloddan-avlodga etkazib keldilar. Ularning ba`zilari esa shu jamoa ijodkorligiga xos an`analarga mustahkam tayangan holda o`zlari ham ijod eta boshladilar, aniqrog`i, an`anaviy dostonlar kuychisi darajasida qolib ketmay, baxshilikdan shoirlik darajasigacha ko`tarildilar.
Fol`klor – og`zaki ijod. Og`zakilik – xalq ijodining yashash va yaratilish tarzi. CHunki u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o`tmishdagi ajdodlarimiz turish–turmushining, dunyoqarashi va e`tiqodining, kurashlardagi zafari va mag`lubiyatlarining ifodachisi sifatida hzaga kelgan. Fol`klor og`izdan-og`izga o`tib yashasa, badiiy adabiyot yozuv vositasida yashaydi. Fol`klor asari og`zaki aytiladi (ertak, maqol, topishmoq, rivoyat, afsona, latifa, naql va boshqalar), ijro etiladi (doston, og`zaki drama, lof, askiya va boshqalar), kuylanadi (qo`shiq). Badiiy adabiyot esa faqat o`qiladi, ijrosiga xos xususiyatlar esa fol`klordan ijodiy o`zlashtirilgan. Og`zakilik fol`klorning o`zgarmas shakli bo`lib, o`z navbatida, xotirada saqlamoqni, yodlab eslamoqni taqozo etadi. Buning uchun esa, kuchli hofiza zaruriyatga aylanadi. O`zbek baxshi va shoirlari orasida qirqdan ziyod an`anaviy dostonlarni, tag`in qanchadan – qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o`zi to`qiganlarning borligi shu an`anaviy ehtiyojning hosilasidir.
Fol`klor asari og`izdan-og`izga o`tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa o`zgarishga uchramasin, bu hol uning g`oyaviy – badiiy, ijtimoiy-estetik qimmatini tushirmaydi. CHunki unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etgan. Fol`klor asarlarining og`izdan-og`izga o`tib, uzoq asrlar davomida yashab kelayotganining asosiy sababi shunda.
Davrlar o`tishi bilan ayrim fol`klor janrlari badiiy tizimida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Jumladan, yangi dostonlarda, garchi an`anaviy dostonchilikka xos, epiklikka, tayyor qoliplarga, motivlarga suyanilsa-da, biroq bular endi an`anaviy dostonlardagidek g`ayritabiiylik asosida emas, balki hayotiy reallikka, ob`ektivlikka asoslangan holda ifodalanadigan bo`ldi. An`anaviy dostonlarning ideal qahramonlari g`ayritabiiy kuchlar madadkorligida harakat qilib g`alaba qozonsa, yangi dostonlarning qahramonlari real tarixiy shaxslar bo`lib, ular yangi voqelikka suyanib harakat qiladi va o`z maqsadiga erishadi. Bunday farqni an`anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida ham ko`rish mumkin. Konflikt an`anaviy dostonlarda yakka shaxs manfaati taqozosi, yangi dostonlarda esa omma manfaatlari taqozosi hosilasidir. Binobarin, yangi dostonlar konflikti hayotiy zaminga ega va uning echimi ham realdir.
Xalq ijodiyoti namunalari jonli ijro jarayonida xilma – xil variantlardagina yashaydi. Variantlik – fol`klorning jonli yashash tarzi. «Variantlik, - deb yozadi T.Mirzaev,- fol`klor tabiati, uning estetikasi, yaratilishi va jonli ogzaki ijroda yashash qonuniyatlari hamda funktsiyasidan kelib chiqqan xususiyatidir. U fol`klorning hamma tomonlari va elementlarini – shjeti, obrazliligi, stilistikasini, umuman, poetikasi va janr xususiyatlarini qamrab oluvchi belgisidir».3 Binobarin, variant – ma`lum bir asarning jonli og`zaki epik an`ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o`zaro faqlanuvchi turli-tuman matnlaridir. CHunonchi, «Alpomish» dostoninng yigirma sakkiz dostonchidan yozib olingan o`ttiz uchta to`liq, parcha va mazmunidan iborat variantlari mavjud.
Variantlar na mazmun, na shakl jihatlaridan farq qilmasligi mumkin. Lekin ularda qay bir ma`nosi yaqin so`z almashingan bo`lsa-da, motiv an`analigiga xalal etmaydi.
Anoring dona-dona,
Ko`yingda men devona.
Ikkilikning bu varianti ikkinchi shaxsdagi «anoring» so`zi keyingi variantda uchinchi shaxsdagi «anori» shaklini olgan, «ko`yingda» so`zi «ishqida» so`zi bilan almashingan: natijada birinchi ikkilikda qahramon lirik «sen»ga, ikkinchisida esa lirik «u»ga izhori ishq aylayotir. Motivdagi shu tafovutning o`ziyoq ularning har biriga mustaqil asar, aniqrog`i, el orasida keng tarqalgan qo`shiqning bir-biridan farqlanuvchi variantlari sifatida qarashga asos bo`la oladi:
Anori dona-dona,
Ishqida men devona.
Xalq ijodiyotida variantlar bir – birlaridan, avvalo, asar matnining saqlanishi, ya`ni to`laligi, qisqarganligi, parcha holiga kelganligi yoki kontominatsiya (lotincha: contaminatio – bir-biriga tegdirmoq, aralashtirmoq, qorishtirmoq)ga uchraganligi, so`ngra esa, badiiy shaklining o`zgarib turishi, aytaylik, band yo bayt tarkibining o`zgarib turishi, bir matnning goh u va goh boshqa bir janr tarkibida o`rin almashtirishi natijasida farqlilik kasb etadilar. SHu sababli fol`klorda har bir variant to`la va teng xuquqqa ega mustaqil asar sanaladi.
Variantliknig muhim xususiyati versiya ichida harakat qilishidir. Binobarin, versiya mohiyatan ancha keng hodisa bo`lib, “kompozitsion va g`oyaviy-badiiy tasvir vositalari jihatidan bir-biridan printsipial ravishda keskin farq qiluvchi xalq og`zaki poetik ijodining bir shjet va janrdagi namunalari (tekstlari)»4 dan tashkil topgan. CHunonchi, «Alpomish» dostonining o`zbek, qorakalpoq, qozoq va boshqa xalqlarga mansub versiyalri kabi. Gohida birgina doston birgina xalqning o`zida ham ikki va undan ortiq versiyaga ega bo`lishi mumkin. Masalan, «Alpomish», «SHirin bilan SHakar» va «Sohibqiron» dostonlari o`zbek xalqi orasida ikki versiyada tarqalgan.
SHunday qilib, variantlilik fol`klor asarlarining xalqchilligini hamda tarqalish chegarasini belgilaydi, fol`klorda kechayotgan o`zgarishlarning sabablarini o`rganish asosida xalq ijodiyotidagi jarayonlarga xos qonuniyatlarni ochish uchun boy material beradi.
Xalq badiiy tafakkuri hali ilk bosqichida dunyoni stixiyali materialistik tarzda anglashga, idrok etishga moyil va qodir edi. Bu hol o`sha real hodisalarni ajabtovur mo``jizaviylik yoki sehrlilik fonida tasavvur qilishga olib keldi. Natijada xalq badiiy tafakkurida reallik fantastikaga yo`g`rilab ko`rina boshladi. SHu tariqa fol`klorda shartlilik – fantastika va hayotiylik – reallik o`zaro singishib, tipik holga aylanib bordi. Fantastika va romantika mehnat ahliga o`z xayoli –o`ylarida yorqin kelajakni yaratish imkonini bergan: manzildan manzilga tezroq borish istagi – uchar gilam, g`irot, boychibor, simurg`larni; dushmandan qasos olish istagi – urto`qmoq, bir sermaganda qirq gaz cho`ziladigan keskir qilichni, ichi qovoqariga to`la tarvuzni; jahon ayvonidagi voqealardan vofiq bo`lishi istagi – oynai jahonnamoni; hayot ishqi bilan yashash istagi-insonni yashartiruvchi yoki har qanday xastaliklardan xalos etuvchi obi hayot, sehrli olma va hokazolarni yaratganki, kishilik jamiyatining hozirgi bosqichida qachonlardir sehrlilik timsoli bo`lgan bu obrazlar tezuchar samolyotlar, tezhrar avtomobillar, avtomat, minomyot, kathshalar, televizor va hayotbaxsh dorilar tarzida reallashdi.
Fol`klordagi bir qator janrlarda, jumladan, maishiy –hayotiy ertaklarda, tarixiy va lirik qo`shiqlarda voqelik ham, qahramon ham real ifodalanadi. Bu, shubhasiz, xalq onginig mifologik tasavvurlardan qutula borib, o`z – o`zini anglashi ancha chuqurlashgan, oilaviy va ijtimoiy turmush tarzidagi o`zgarishlarni teranroq idrok eta borishi tufayli nisbatan keyinroq sodir bo`lgan hodisadir.
Fol`klor haqidagi fan – fol`klorshunoslik (fol`kloristika) bo`lib, sotsiologiya, etnografiya, til, tarix, arxeologiya, san`atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko`radi. CHunki fol`klor sinkretik so`z san`ati sifatida san`atning barcha turlari bilan chambarchas bog`langan.
Fol`klorshunoslik fani uch tarmoqdan tarkib topgan holda shakllangan: a) xalq ijodiyoti namunalarini to`plash; b) xalq og`zaki ijodiyoti bo`yicha to`plangan namunalarni nashr etish; v) xalq og`zaki badiiy ijodini tadqiq qilish.
Fol`klor asarlari xalq urf-odatlari, rasm-rusumlarini chuqur aks ettiradi. Bu jihatdan, ayniqsa, marosim fol`klori namunalari alohida ajralib turadi. Ana shu jarayonlarni tadqiq etishda fol`klorshunos etnografiyaga tayanadi. Aks holda uning tadqiqoti bir yoqlama bo`lib qoladi.
Bu holdan ko’rinadiki, ilmiy jamoatchilik tomonidan fol’klor maktabi rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin.

Zaruriy adabiyotlar:



  1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.

  2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.

  3. SH.Xolmatov. O’zbek xalq og’zaki ijodi. –S.: SamDU, 1980.

  4. O’zbek adabiyot tarixi. 5 tomlik 1 tom. eng qadimgi davrlardan XV asrning II yarmigacha. –T.: Fan, 1978, 328 b.

  5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.

  6. Safarov O., Jo`rayev M., Tursunqulov A. Folklor praktikasi. Buxoro, 19

  7. E.Musurmonov. O’zbek fol’klori materiallarini to’plashga oid metodik tavsiyalar. –S.: SamDU, 2005.

  8. Jumanazarov U. Xalq og`zaki ijodi asarlarini tanlash, yozib olish va folklor praktikasini o`tkazish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar. Toshkent, 1988.

  9. Folklor praktikasidan metodik tavsiyalar. Tuzuvchilar: UmurovH., Ochilov T., Azimov A., Xoliqulov J. Samarqand, 1981.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə