Профессии


BOLA O’YINCHOQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI



Yüklə 13,78 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü13,78 Kb.
#135997
1   2   3   4   5
ISMOILOVA MUMTOZBEGIM

BOLA O’YINCHOQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o‘yindir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
  • O’yinchoqlar – borliqning bola qo’li bilan ushlab, u bilan tanisha oladigan nusxasi. Shunday ekan biz o’yinchoqlar orqali hikoyalar, ertaklar aytib va u orqali bolaning tasavvurini kebgaytirib, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin. O’yinchoqlar ham o’z o’rnida hayotiy bo’lmog’i darkor. (mushuk- oq, kulrang, qora hamda ola, (pushti emas)).

BOLA O’YINCHOQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

  • Maktabgacha yoshdagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham etmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi.
  • Shuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni analogik tarzda) har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
  •  Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir.

Yüklə 13,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə