Professionalizm akmeologiyaning muhim tushunchasi sifatida



Yüklə 24,49 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü24,49 Kb.
#148346
  1   2   3   4   5
PROFESSIONALIZM – AKMEOLOGIYANING MUHIM TUSHUNCHASI SIFATIDA


PROFESSIONALIZM – AKMEOLOGIYANING MUHIM TUSHUNCHASI SIFATIDA


Reja:

  1. Professionalizm

  2. Pedagogik mutaxassislik

  3. Pedagogik malaka

  4. Professionalizmning bosqichlari

  5. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirishning tarkibiy qismlari

Professionalizm – kasbiy faoliyatdagi vazifalarni bajarishdagi yuqori darajadagi tayyorgarlikni ifoda etsa, professional deganda, o‘z kasbiga to‘la moslashgan va mehnatning psixologik vositalariga ega bo‘lgan inson tushuniladi1. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik ijodkorligi – integrativ shaxs xususiyati bo‘lib, uning pedagogik faoliyati samaradorligining muhim shartidir.
Kasbiy etuklik (professionallashuv) ta’limni shunday yo‘naltirilganligiki, unga ko‘ra bo‘lajak tarbiyachilar tomonidan kasbiy faoliyatning qadriyatli mazmunining aniqlanishi hamda qabul qilinishi, ularning o‘zini mazkur faoliyatning sub’ekti sifatida anglashi, o‘zining kasbiy rivojlanishi, shu bilan birga ish martabasidan kelib chiqib maqsadlarini rejalashtirishi va unga erishish usullariga egalik qilishi zarur bo‘ladi.
N.M.Egamberdievaning fikricha, kasbiy etuklik (professionallashuv) o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun mutaxassisda shaxsiy va kasbiy sifatlarni tarbiyalash talab etiladi2. Mazkur fikrdan kelib chiqqan holda, biz bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik ijodkorligi haqida fikr yuritayotgan ekanmiz, “pedagoglik kasb tarbiyasi” tushunchasiga ham to‘xtalib o‘tishimiz zarur.
V.A.Slastyonin, S.B.Elkanov, A.J.Ajibaevalar “pedagoglik kasb tarbiyasi” tushunchasini quyidagicha izohlashadi: “Natijasi bo‘lajak pedagog tomonidan kasbiy qadriyatlarni va ideallarni egallash, uning ma’naviy ehtiyojlarini va qiziqishlarini, ijtimoiy-qadriyatli motivlarni kengaytirish, hissiy, axloqiy va estetik tuyg‘ularni, empatik qobiliyatlarni boyitish, amaliy pedagogik ko‘nikma, malaka, odatlarni, o‘z-o‘zini refleksiya qilish tajribasini egallash kabi shaxs xususiyatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan tadrijiy dialektik harakatdir”3.
Pedagogik mutaxassislik – mazkur kasb doirasidagi, ta’lim natijasida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini tavsif etuvchi hamda ularning qo‘yilishi va o‘zlashtirayotgan malakasiga muvofiq muayyan kasbiy-pedagogik vazifalarni hal etilishini ta’minlovchi faoliyat turi.
Pedagogik malaka – mutaxassisning ma’lum turdagi vazifani hal etishdagi imkoniyatlarini ifodalovchi kasbiy-pedagogik tayyorlanganlik darajasi va ko‘rinishi 4.
N.A.Muslimovning fikricha, jarayon sifatida “kasbiy shakllanish” tushunchasining asosida bunyodkorlik, yaratuvchanlik g‘oyasi yotadi. Bu holat ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi, zero u pedagogik tizimning muhim fundamental muammolaridan biri sanaladi.
“Kasbiy shakllanish” deganda tarbiyachining o‘zgarib boruvchi ta’lim muhitida to‘g‘ri yo‘nalish olishiga ko‘maklashuvchi qiyofa, qadriyatlarning aksi va pedagogik borliqdagi qiyofalar tizimi tushuniladi. Biroq, qiyofa-ko‘rinish-haqiqat modelining shakllanishi o‘z-o‘zidan dolzarblik kasb etmaydi5.
SHaxsiy hamda kasbiy rivojlanishning mohiyati – borliqning soddalashgan, kichraytirilgan aksini yaratish, ya’ni undagi lavhalarni yuzaga keltirish – yaratish – shakllantirish – hosil qilishdan iborat. Borliqdagi qiyofalarni mos ravishda qo‘llay olish uchun biz o‘zimizda ushbu lavhalardan hayotning to‘laqonli aksini yarata olishimiz lozim.
Kasbiy shakllanish jarayonining maqsadi – uni qiyofa – modellardan qayta tiklay olishdan iborat.
SHunday qilib, kasbiy shakllanish tushunchasi tarbiyachi tomonidan o‘z hayotiy va kasbiy yo‘nalishining aqliy-vositaviy ta’minotini shakllantirishni ifodalaydi. P.A.Rudik “SHaxsning psixologik xususiyatlari inson faoliyatida qo‘yadigan maqsadlarida, ushbu maqsadga erishish usullarida, faoliyat jarayonida aloqada bo‘luvchi boshqa insonlar bilan munosabatida o‘z ifodasini topadi. Bu kabi barcha xususiyatlar tasodifiy emas. Ular shaxsning mehnatda qaror topishini ifodalaydi, shuningdek ma’lum darajada turg‘un xarakterga ega bo‘lgan, insonning faoliyatiga maqsadga yo‘naltirilganlik baxsh etuvchi intilishlari, qiziqishlari hamda dunyoqarashida o‘z aksini topadi”6 deb ta’kidlaydi. A.V.Suvorovning fikriga ko‘ra, shaxsning shakllanishida inson faolligiga munosabatini belgilab beruvchi mayllar tizimining tarkib topishi namoyon bo‘ladi7.
Bim-Bad B.M. va Petrovskiylar8ning fikriga ko‘ra, kasbiy shakllanishning pedagogik mantiqi “keng ijtimoiy motivlar, bilish faoliyati hamda ijodkorlik qobiliyatlariga qiziqishning aniqlanishi va bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi, shuningdek, mutaxassislarga nisbatan tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi” bilan belgilanadi.
D.N.Arziqulov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida kasbiy shakllanish jarayonini tahlil qilib, “kasbiy qiziqish”, “kasbiy yo‘naltirilganlik” kabi tushunchalarni aniqlab bergan9. L.M.Mitina va O.V.Kuzmenkova10lar o‘z ishlarida o‘zlari tomonidan yaratilgan tarbiyachining kasbiy rivojlanish konsepsiyasini turli jihatlarini tushuntiradilar.

Yüklə 24,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə