Professionalizm akmeologiyaning muhim tushunchasi sifatida


Professionalizmning bosqichlari



Yüklə 24,49 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü24,49 Kb.
#148346
1   2   3   4   5
PROFESSIONALIZM – AKMEOLOGIYANING MUHIM TUSHUNCHASI SIFATIDA

4.Professionalizmning bosqichlari
Ular tarbiyachining kasbiy rivojlanishi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlari va qobiliyatlari, kasbiy bilim va ko‘nikmalarining o‘sishi, shakllanishi, integratsiyasi hamda pedagogik mehnatda o‘z amaliy tadbiqini topishi kerak ekanligini e’tirof etadi, biroq asosiy omil sifatida – kasbiy faoliyatida o‘z imkoniyatlarini ijodiy namoyon qilishiga olib keluvchi shaxsning o‘z ichki hislarini yangicha qura olishi, yashash tarzi hamda o‘z ichki dunyosini faol tarzda o‘zgartira olishi qaraladi.
Akmeologik yondashuv (A.A.Derkach, S.N.Tolstov, N.B.Kovaleva, A.S.Oding, I.O.Sorokina, N.M.Egamberdieva, N.A.Muslimov, A.Ismailova, M.Karimova) bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy shakllantirishning ilmiy asosi sifatida mazkur jarayon ishtirokchilari, kasbiy faoliyatning etuk shaxslari va faol sub’ektlari tarzida namoyon bo‘lishlariga asoslanadi hamda ularning sub’ekt va mutaxassis sifatida bosqichma-bosqich, uzluksiz o‘z-o‘zini takomillashtirishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi.
I.O.Sorokinaning fikricha, kasbiy ijodkorlikning rivojlanishi xilma-xil qobiliyatlarning aks etishi bilan bog‘liqdir. Akmeologik qobiliyatlar – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish kabilar inson hayotiy faoliyati jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, biroq ularning aynan jadal rivojlanishi autopsixologik kompetentlikning rivojlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
SHaxsiy autopsixologik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: 1) umumiy – o‘z-o‘ziga munosabat, o‘z-o‘zini boshqarishga qodirlik; 2) bilishga doir – rivojlanish psixologiyasi va faqat insongagina xos yuqori ong darajasi sifatidagi intellekt; 3) kognitiv – ijodiy faoliyatning akmeologik mazmunida kognitivlik o‘z-o‘zini anglash va kasbiy faoliyatning o‘zaro harakatida aks etadi; 4) kreativ – ijodiy vazifalarni nostandart hal etish yo‘llarini izlab topish, yangi timsollarni tasavvur qilish va yaratish; ijtimoiy-perseptiv – ijtimoiy-perseptivlik akmeologik mazmunda o‘z-o‘zini baholashning shaxslararo o‘zaro harakatida aks etadi; empatiyaga doir – emotsional ta’sirga beriluvchanlik; emotsional ta’sirlarga moslashuvchanlik.
Akmeologik yondashuvga doir nazariy-metodologik g‘oyalar o‘z navbatida mazkur yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirish modelini ishlab chiqishni talab etadi. Ana shu maqsadda biz akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirish modelini ishlab chiqdik. Quyida mazkur modelning tarkibiy qismlariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Model o‘zaro bir-biriga bog‘langan to‘rt tarkibiy qismni o‘z ichiga qamrab oladi: 1) motivatsion-qadriyatli; 2) kognitiv; 3) faoliyatli; 4) kreativ.
Modelning motivatsion-qadriyatli tarkibiy qismi motivatsion va qadriyatli qismlardan tashkil topgan. Motivatsion tarkibiy qism o‘zida quyidagi jihatlarni aks ettiradi:

  1. bilishga doir va kasbiy motivatsiyani o‘zaro uyg‘unlashtirishdagi barqaror ichki ehtiyojning mavjudligi;

  2. mahsuldor faoliyatga intilish;

  3. kasbiy faoliyatga doir jarayonlarga faol ishtirok etish ishtiyoqi;

  4. o‘z-o‘zini namoyon etish ehtiyoji.

Bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik ijodkorlikni shakllantirishing muhim omili – kasbiy qiziqishdir. Kasbiy qiziqish o‘zida faoliyatning aniq belgilangan sohasi mazmuniga qiziqishni ifoda etadi. Mazkur jarayonda bilishga qiziqish faoliyatning mavjud shakl va usullarini egallashni rag‘batlaydi. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, u yoki bu ijodiy faoliyatga qiziqish unga nisbatan layoqatning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq.
Kasbiy shakllantirishning qadriyatli tarkibiy qismi ishga ijobiy ijodiy munosabatni o‘z ichiga qamrab oladi. Qadriyatli tarkibiy qismning tuzilishida kasb bilan aloqadorlikda yuzaga keluvchi yangiliklarga doimiy va yuzaki bo‘lmagan qiziqishning mavjud bo‘lishi lozim.

Yüklə 24,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə