Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Muslixiddin Sa’diy hijriy 580 yilda tug'ilgan. U o'zining “Guliston” asarida kamolotga 
intiluvchi shaxs jasurlik, epchillik, chaqqonlik, mardlik xislatlarini o'zida mujassamlashtirgan 
bo'lishi lozimligini ta’kidlaydi. Buning uchun inson yoshligidan boshlaboq jismoniy tarbiya va 
kunlik badan tarbiya bilan shug'ullanmog'i zarur. Negaki, jismoniy mashqlar insonning yetuklikka, 
axloqiy kamolot bilan uyg'un bo'lishiga olib keladi, deydi. Jismoniy yetuklik insonda mustahkam 
iroda va xarakter xususiyatlarini vujudga keltiradi, deb ta’kidlaydi.
Muslixiddin Sa’diy Sheroziy o'z hikoyalarida jismoniy jihatdan chiniqishning inson 
salomatligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligini, shuningdek insonning o'z kuchi va 
irodasiga bo'lgan ishonchi, ko'ngil xotirjamligi bilan yashash zavqi uning har qanday 
mashaqqatlarga bardosh bera olishini la’minlovchi omil ekanligini ko'rsatib beradi.
Demak, uning fikrlarida ham aynan trening sohasidagi qonuniyatlarga mos keluvchi mohiyat 
mavjudligini ko'rish mumkin.
Yuqoridagi tahlillardan ko'rinib turibdiki, trening guruhlari o'z-o'zidan yuzaga kelmagan. 
Ulaming asosi qadimgi manbaiarga borib taqaladi.
2.3. Guruhiy terapiya elementlarining vujudga kelishi
 
Keyingi asosiy bosqich trening gumhlarining uzoq xorijda rivojlanishi tarixi bilan bog'liq 
bo'lgan ma’lumotlarga oiddir.
Uzoq xorij psixologik adabiyotlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, guruhlarda irening o'tkazish 
borasidagi ishlar dastlab psixologik ma’no-mazmunga ega bo'lmagan. Bu sohada olib borilgan 
ishlar dastlab tibbiyot bilan bog'liq holda yuzaga kela boshlagan.
XVIII asrda Fransiya va Venada psixiatriyaga katta e’tibor qaratilgan bo'lib, uning zamirida 
trening guruhlariga xos ayrim jihatlaming rivojlanganligi ma’lum.
Psixosomatik kasalliklar bilan og'rigan bemorlar guruhini bir joyda davolashga harakat qilgan 
dastlabki tadqiqotlardan biri sifatida avstriyalik psixiatr Frank Anton Messer (1734-1815y.y) va 
amerikalik shifokor Djozef Prattning (1930y) olib borgan ishlari diqqatga sazovordir.
Bemorlar bilan ishlash jarayonida olimlaming ikkalasi ham guruhiy terapeya usulini qo'llagan 
holda o'z kasallarini davolashga harakat qilganlar. Lekin ular dastlabki paytlarda o'z bemorlarini 
guruhiy davolashning faqat iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini anglaganlar xolos va ular guruhda 
ish olib borishning psixologik jihatlariga e’tibor ham berishmagan.
Guruhlaming inson psixologik sog'ligiga ijobiy ta’sir qilishi avstraliyalik olim Frank Anton 
Messer tomonidan olib borgan tadqiqotlarda o'z aksini topgan. U Parijda turli xil somatik hamda 
psixik kasallikka chalingan bemorlami davolash bilan shov-shuvli mashhurlikka erishgan. 
F.A.Messer atmosferadagi ko'rinmas magnitli flyuidlar inson salomatligiga ta’sir qiladi, flyuidlar 
ta’sirida har qanday muvozanatning buzilishi kasallikni chaqiradi, deb ishongan. Uning fikriga 
ko'ra, davolash jarayoni flyuidlami shifokor bemorga berishi bilan amalga oshiriladi. Shuning 
uchun, ya’ni bemorlarga flyuidlami berish uchun u kasallarni bitta guruh topishning yagona usuli, 
o‘qitishning yangi shakli — psixologik treninglar ekanligi ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan 
ta’kidlandi.
AQShda bu boradagi ishlarini davom ettiruvchilardan bin bo'lgan - Trigant Barrouning 


11
ishlarini tahlil qilish mumkin. T.Barrou 1925 yildayoq psixoanaliz atamasidan ko‘ngli to'lmasdan, 
guruhiy tahlil (gruppovoy analiz) atamasini fanga kiritgan. Bunda u odamlami tushunish va ulami 
chuqurroq o'rganish uchun ular birga bo‘ladigan ijtimoiy guruhlami o'rganish lozimligini qayd 
etgan.
Guruhiy terapeya haqida gap ketganda zamonaviy guruhiy terapiyaga birinchilardan bo'lib o‘z 
hissasini qo‘shgan olim, psixodrammaning asoschisi Ya.Morenoning xizmatlarlari haqida 
gapirmaslikning imkoni yo‘q. 1931 yilda Moreno guruhiy terapeya bo'yicha birinchi mutaxassislik 
jurnaliga asos soldi. “Imprompti” deb nomlangan bu jumal ko‘p yillar mobaynida nashr etib 
kelindi, keyinchalik nomi o‘zgarib “Group Psuchoterapy” nomini oldi: 1932 yilda Ya.Moreno 
birinchi bo‘lib psixoterapeya atamasini fanga kiritdi. Bugungi kunda bu termin keng doiradagi 
yondoshuvlami anglatish uchun ishlatilsada, Moreno bu atama orqali jamiyatdagi insonlami 
sotsiometrik baholash va shaxsiy tanlovlari asosida yangi guruhga birlashtirish metodini 
tushuntirgan, Ya.Moreno 1942 yilda birinchi bo‘lib guruhiy psixoterapevtlaming professional 
uyushmasini tashkil qildi.
Xuddi shu yili germaniyalik I.G.Shuls o‘z-o‘zini ishontirish va o‘ziga rnhan ta’sir ko'rsatish 
orqali ichki ruhiy zo'riqishni bartaraf etish uchun autogen trenirovkalaming klassik variantini ishlab 
chiqadi va Garvarddagi biznes maktabida sinov maqsadida o'tkazib ko'radi
1947 yilda AQShda birinchi milliy trening labaratoriyasi ochiladi. 1948 yilda Amerikada 
G.S.Altshuller tomonidan yaratuvchanlik masalalarini yechish nazariyasi ishlab chiqiladi va aynan 
mana shu nazariyalar asosida Boku shahrida treninglar olib boriladi. Bu treninglarda zamonaviy 
trening elementlaridan foydalangan holda ijodiy tasawurlami rivlojlantiruvchi treninglar o‘tkaziladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə