Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Qadimgi manbalarda trening elementlariga oid fikrlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
2.1. Qadimgi manbalarda trening elementlariga oid fikrlar
 
Trening guruhlari qanday yuzaga kelganligini bilish bu soha mutaxassislari uchun ham 
qiziqarli, ham zarurdir. Bu boradagi ma’lumotlami o'rganish asosida iiciiing guruhlarining yuzaga 
kelish tarixini yoritishni davrlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir. Shunga asosan trening 
tarixi qachonga borib taqalishini tahlil i|ilish muhimdir. Manbalaming tahlili asosida aytish 
mumkinki, qadimda ham treningni mazmun-mohiyatiga yoki uning qaysidir elementlariga mos 
keluvchi ayrim likrlar mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Shuning uchun, dastlab, antik davr 
maTumotlariga nazar tashlaymiz.
Bizga ma’lumki antik davr faylasuflarining dastlabki qarashlari bir qator lanlarga asos 
solinishiga turtki bo'lgan. Aynan antik davr faylasuflari va allomalarining fikrlari bugungi kundagi 
deyarli barcha fanlaming uzoq o'tmishini ochib bergani holda, mavjud fanlar asosida bugungi kunda 
o'rganilayotgan qonuniyatlar o'sha davrda ham mavjud bo'lganligini va ularning boshlang'ich 
nuqtasi antik davrga borib taqalishini juda ko'p fanlar isbotlab bergan.
Xuddi shunday xulosani aynan trening va uning mohiyati haqida ham aytish mumkin. Antik 
davr faylasuflari tomonidan “trening” termini ishlatilmagan bo'lsada, lekin o‘sha davr 
mutafakkirlarining asarlarida insonlarda turli hayotiy vaziyatlar va muamrnolarga nisbatan 
ko'nikma va malakalami hosil qilish borasida fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh 


9
avlodni hayotda chidamli, matonatli, o‘z kuchiga ishonadigan qilib tarbiyalash uchun jismoniy 
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Agar bu fikrlami psixologik 
trening asoslari bilan bog‘laydigan bo‘lsak, trening jarayonida psixogimnastik mashqlar (aynan 
jismoniy harakatlar orqali o‘tkaziluvchi mashg'ulot qismijdan foydalanish orqali ishtirokchilar o‘z 
hayotida sodir boiayotgan turli vaziyatlarda to'g'ri yo‘l topishga, qiyinchiliklami o‘zi hal qilishga, 
to'g'ri qaror chiqara olishga yordam beruvchi ko'nikma va malakalami hosil qilishagi. Aynan 
shunga oid fikrlar qadimgi manbalarda ham aks etgan.
Bundan tashqari qadimgi manbalardan o‘qib bilishimiz mumkinki, qadimgi Rimda ma’lum bir 
hududga tegishli muammolarni hal etish uchun oqsoqollar kengashlari tuzilgan va ular kengash 
muhokamasida dumaloq holatda o‘tirishgan. Bu holatda o‘tirish trening o'tkazishning muhim 
jihatlarida ta’kidlangan dumaloq stul shaklida o'tirishga asos solgan boisa, ehtimol. Yana bir misol, 
qadimgi Rimda ritsarlaming yig'ilishlari ham dumaloq stol atrofida bo'lih o'tgan. Bu ham 
yuqoridagi holatni ifodalashga asos boiadi. Bu fikrlarda aynan fanning asoslari hamda unga tegishli 
qonuniyatlar ochib berilganligini ko‘rish mumkin.
Shu o‘rinda antik davr faylasuflaridan biri, qadimgi yunonistonlik idealistik fikrlar 
targ'ibotchisi, faylasuf va olim Axastu (384-322)ning fikrlarini keltirib o‘tish mumkin. Arastuning 
fikricha, insonda insoniy go‘zal fazilatlar hosil qilish va unda ezgu xulq-odat hamda ko‘nikmalarni 
tarkib toptiriup uchun muntazam o'tkaziladigan jismoniy mashqlar bo’lishi zarurdir. Har bir kishi 
shunga odatlanishi, buning uchun esa unda doimiy harakat va istak bo’lishi lozim. Buning 
natijasida odatiy ko‘nikishdan axloqiy xatti-harakatlar hosil boiadi va xulq-atvor ko‘nikmalari 
paydo boiadi.
Qadimgi Spartada ham shunga o'xshash fikrlar mavjud bo’lib, spartaliklar o‘z farzandlarining 
jismoniy jihatdan baquwat va sog'lom bo’lishi uchun ulami turli mashqlar, o'yinlar bilan 
chiniqtirganlar. Spartaliklar o‘z farzandlarini jismoniy mashqlar orqali sovuqqa, ochlikka, og‘riqqa 
bardoshli qilib tarbiyalashga harakat qilishgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, ular jismoniy 
mashqlami bajarish jarayonida bolaiami olti-yetti nafarlik guruhlarga bo‘lib ishlaganlar va har bir 
guruhga alohida vazifalar berganlar. Bundan ko'zlangan maqsad - guruhdagi bolalar oitasida o‘zaro 
bir-birlariga bo‘lgan ishonchni shakllantirish, shuningdek o‘zaro qoilab- quvvatlashga erishish 
ko'nikmasini shakllantirishdan iborat bo‘lgan.
Alohida ta’kidlash lozim, spartaliklarda ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari 
egallar bo’lib, bu mashqlar o‘ta qiyinligi bilan ajralib turgan. Buning sababi esa qadimdan maiumki, 
qadimgi spartaliklar o'zlariga baquwat va jismonan sogiom jangchilami tayyorlashga harakat 
qilishgan.
Antik davr faylasuflarining ilk fikrlari mazmun va mohiyat jihatdan ham, maqsad va vazifa 
jihatdan ham hozirgi zamon trening mashg’ulotlariga toia mos keladi. Bu bilan antik davrlarda 
trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgan degan, xulosaga kelish, noto'g'ri albatta. Lekin aynan antik davr 
faylasuflarinig ilk qarashlarida o‘yin va masbqlaming inson hayotiga va ruhiyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishi ta’kidlab o'tilgan. 
2.2. Sharq allomalarining guruhlar bilan bogiiq fikrlari
 
Navbatdagi bosqich sharq uyg'onish davri allomalarining qarashlari boiib, ular ham o'z 
asarlarida guruhiy hamjihatlik, hamkorlik va birlik shaxsda bir qator xislatlami vujudga keltirishini 
bayon etishgan. U lardan A.Farobiy, Ibn Sino, M.Sa’diyning fikrlarini quyida tahlil qilamiz.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə