Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


III. TRENINGNI TASHKILIY BOSQICHI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

III. TRENINGNI TASHKILIY BOSQICHI 
3.1. Guruhni tashkil etish bosqichi
Ma’lumki har qanday jarayonni tashkil etishda ma’lum bir bosqichlar mavjud bo‘ladi va mana 
shu bosqichlarga amal qilingan holda jarayon tashkil etilishi inashg’ulotning samarasini 
ta’minlaydi. Xuddi shuningdek, har qanday psixologik treninglami tashkil etishda ham quyidagi 4ta 
bosqichga asoslanib mashg’ulotni tashkil etish maqsadga muvoflqki, aks holda trening 
mashg‘ulotlari samarasiz tugashi mumkin.
1. Tashkiliy bosqich. 
2. Boshlang'ich bosqich. 
3. Asosiy bosqich.


17
4. Yakuniy bosqich. 
Yuqorida sanalgan barcha bosqichlaming o‘ziga xos muhim jihatlari mavjud bo‘lib, quyida 
shu haqda so‘z yuritamiz. 
Birinchi bosqich tashkiliy bosqich bo‘lib, bu bosqichda treningni boshlashgacha bo‘lgan 
barcha jihatlar qamrab olinadi. Bu bosqichda trener o‘ziga xos boTgan 3ta holatni hisobga olishi 
lozim boTadi. Bular quyidagilardan iborat:
• Guruhni yig'ish yoki tashkil etish;
• Treningni tashkil etishda muhim jihatlar;
• Trening dasturi va rejasini tuzish.
Guruhni yig‘ish. Bu qism trening guruhini yig‘ishga qaratilgan bo’ib, bunda , quyidagi 
jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi. 
Ma’lum bir psixoiogik muammolar yuzasidan murojaat etgan kishilar bilan shug'u llanish 
uchun tashkil etiladigan trening guruhlarini y ig ‘ishdan a w a l ular bilan i individual suhbatlar 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki guruh ishtirokchilarining kimligi, ulaming xarakter-
xususiyatlarini bilish trenerga butun guruh haqida ma’lum bir xuloaga klish imkoninin beradi. Bu 
esa trening mashg’ulotining datur va rejasini tuzishda, mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan 
usullami tanlashida qo’l keladi. Qolaversa, har bir ishtirokchining motivasiyasini yaxshi bilih ham 
trener uchun zarurki, aks holat ulaming guruhni tark etishiga olib kelishi mumkin. Bu esa trening 
samarasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. 
Ko‘pgina trenerlar ishtirokchilami tanlab olishda taxminiy kuzatuv o‘tkazish bilangina 
cheklanadilar, xolos. Afsuski, bunday kuzatishlar guruhda kim qanday ishtirokchi boTishini 
aniqlash uchun yetarli maTumotlami bera olmaydi. Bundan tashqari, bunday taxminiy kuzatishlar 
trenemi noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi ham mumkin, chunki guruhiy psixoterapiyaning natijasi, 
ya’ni samarasi faqat psixoterapevt yoki trenerga emas, balki ishtirokchilaming shaxsiga ham 
bog’liqdir. 
Mutaxassislaming qayd etishicha, guruhga eng ko‘p foydasi tegadigan ishtirokchilar ham 
ba’zida, vaqtidan ilgari guruhdan chiqib ketishi va bunga turlicha mnillar sabab bo’lishi mumkin 
ekan. Jumladan, ishtirokchida turar joyning o'zgarishi, vaqt muommosi yoki guruhga nisbatan 
qiziqishning yo'qolishi kabilar. 
Ishtirokchilaming guruhni tark etish sabablarini o'rganish maqsadida Dj.Yalom ( 1966 y) 
tomonidan 9 ta trening guruhlari kuzatilgan. Natija quyidagicha bo’gan: 97 nalar ishtirokchidan 37 
nafari guruhni vaqtidan ilgari tark etgan. Chiqib ketgan i.slihrokchilaming fikrlari so'ralganda, ular 
buning sababini tashqi omillar bilan bogTiqligini, guruhga bog’iq bo’magan, lekin guruhda ishtirok 
etishdan ko‘ra umhimroq muommolar ekanligini qayd etishgan. 
Ishtirokchining guruhdan ketish sabablari tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib, quyidigicha 
izohlar berilgan. 
1. Ishtirokchilar guruhda yuzaga keladigan o‘zi uchun yoqimsiz bo’gan rmotsiyalardan, o‘z-
o‘zini namoyon qilish va yaqin munosabat o‘matishdan qo'rqib i|ochishlari mumkin. 
2. Chiqib ketgan ishtirokchining shaxslararo xulq-atvori guruhdagi boshqa a’zolarining xulq-
atvoriga mutloq teskari bo’ishi mumkin.
3. Guruhni tark etish o‘zini namoyon qilishni, ochilishni xohlamaslikdan kelib i liiqqan 
bo’ishi mumkin. 
4. Guruhdagi boshqa ishtirokchilar uning muommolariga ijobiy munosabat bildira 
olinaslikdan qo‘rqish bo’ishi mumkin. 
Agar yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo’sak, guruhga keladigan 
ishtirokchilami diagnostika qilish, ulaming shaxs xususiyatiariga e’tibor lierish, tanlash kerak 
boTadi. 
Ayniqsa, maxsus muammolar doirasida tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlari uchun 
guruhni yigTshda trener yoki uning guruhda birga ishlaydigan yordamchisi guruhga qabul 
qilinadigan har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
suhbatdan maqsad guruhning har bir a’zosining motivini aniqlash orqali oldindan guruh 
motivasiyasini aniqlab olishdan iboratdir. 


18
Individual suhbat jarayonida ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: 
Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, farzandingiz yoki boshqalar bilan) yoki ishda 
(rahbar yoki hamkasblaringiz bilan) qanaqadir muammolar bormi? Treningda ishtirok etishga sizni 
nima majbur qilyapti? Treningdan nima kutyapsiz? Trening sizga nima beradi deb o‘ylaysiz? 
Bundan tashqari ishtirokchining individual-pisixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida 
psixologik metodikalardan (Ksttel, Lyusher testi, Sub’ektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi 
(SND) va turli proektiv testlardan) foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda (agar ishtirokchilarning 
psixikasi va xulqida jiddiy o’zgarish borligi sezilsa) MMPI so'rovnomasining moslashtirilgan 
shaklidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual suhbat natijasida trener 
guruhning har bir a ’zosi haqida m a i u m bir informasiyaga ega b o i i s h bilan birga, guruhning 
umumiy ahvoli haqida ham tasawurga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar unga guruhning muammosi 
yuzasidan o‘tkaziladigan trening dasturini tuzishda katta ahamiyatga ega boiadi. 
Individal suhbat oxirida trener iloji boricha bo‘lajak ishtirokchining “Men haqimda nima deya 
olasiz?”, “Test natijasi qanaqa chiqdi?” degan savollariga javob berishdan qochishga harakat qilishi 
lozim. Chunki bunday maTumotlaming ishtirokchi hukmiga havola etilishi ishtirokchida turli 
o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. 
Trening gumhlarini yig‘ ishda yana quyidagi holatlami ham hisobga olish lozim: - Psixologik 
trening mashg‘ulotlarida (nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglami hisobga olmaganda) 
tashqi jismoniy kamchilikka ega boigan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar ishtirok 
etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan shunday kamchilikka ega boiganlarda aks ta’sir 
etish ehtimoli kuchliroq boiishi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’sa kerak.
- Trening mashg‘ulotlari uchun moijallangan gunihlarga imkon boricha, muammosi bir xil 
boTgan ishtirokchilami to‘plash kerak.
- Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish boiishlari lozim.
- Har b ir ishtirokchi o ‘zi uchun o ‘zi pul t o i a s h i shark Bu hoi ishtirokchilarning treningda 
qatnashishidagi tashkiliy jarayonlarda yordam beradi va ulaming motivasiyasini kuchaytiradi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu jarayonlami tashkil etish trenerdan katta mahoratni, 
ayniqsa psixologik bilim, ko’nikma va malakani ham talab etadi. Shuning uchun trener shaxsiga 
qo’yiladigan talablar doirasida bunga ham e’tibor qaratish lozim. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə