Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Rossiyada trening guruhlarining rivojlanishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

2.8. Rossiyada trening guruhlarining rivojlanishi 
Rus psixologiyasida ham ijtimoiy psixologik trening o‘ziga xos tarzda keng ko‘lamda 
rivojlantirilgan va bu borada juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Rossiyada treninglaming vujudga 
kelishi bevosta Amerikalik A.Everett nomi bilan bog'liqdir. Tinib-tinchimas A.Everett o‘z 
faoliyatini to‘xtatmaydi. U 1974 yilda sharq falsafasi va dinini o'rganish maqsadida Rossiya va 
Hindistonga sayohat uyushtiradi. 1977 yilda Everett birinchi bor Rossiyada “O ‘z-o‘ziga yoT” (“Put 
к
sebe”) dasturi bilan seminar trening o‘tkazadi, Everettning mazkur treningi to‘liq ikki kunga 
mo‘ljallangan edi. Bundan tashqari A.Everett “Hayot”, “Sevgi”, “Yorug‘lik” kabi dasturlari bilan 
olib boriladigan yetti kunlik meditasion trening dasturlarini ham o‘tkazadi. 
Psixolog Nina Yurevna Xryasheva 1982 guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglami o'tkazish 
bo'yicha Leypsigdan kelgan mutaxassislar - professor M.Forverg va uning turmush o‘rtog‘i Troud 
Albekoga shogirdlikka tushadi. Bu orada L.A.Petrovskiy va Yu.N.Emilyanovlar ham o‘z 
treninglarini tajribadan o'tkaza boshlaydilar. Ular o‘tkazadigan treninglar ishlab chiqarish, ta’lim, 
sog'liqni saqlash tashkilotlari, davlat boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari
korxona tashkilotlari xodimlarining kompetentligini oshirish maqsadiga yo'naltirilgan edi. 
Rossiyada ijtimoiy psixologik treninglarga bag'ishlangan dastlabki monografiya 1982 yilda 
L.A.Petrovskiy tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy-psixologik treninglaming nazariy va 
uslubiy aspektlari yoritib berilgan. 
XX asming 90-yillarida Rossiyada turli mavzular va yo‘nalishlarda guruhiy treninglar 
o'tkazishning rivojlanishi kuzatiladi. 1990 yilda S.I.Makshanov kreativlik treninglari dasturini 
ishlab chiqishni boshlaydi. 1998 yilda uning “Trening psixologiyasi” nomli monografiyasi nashrdan 
chiqdi. So‘ngra u “O'ziga ishonch” nomli trening dasturini ishlab chiqadi. 
Bu borada Rossiyada amalga oshirilgan ishlardan eng asosiysi 1993 yilning mart oyida 
trening institutining tashkil topganligi bo'lib, uning tashkil etilishidan asosiy maqsad trening 
sohasidagi mutaxassislami tayyorlash va bu sohani yanada rivojlantirishdan iborat edi. 
Mutaxassislami tayyorlash uchun 3 bosqichdan iborat bo‘lgan metodik mashg'ulotlar o'rgatilar edi. 
Ushbu institutda jamlangan tajribalar asosida 2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan 3 
bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham nashr etildi. Bu kitobda 
institut xodimlari tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan treninglar, psixologik mashqlar, turli 
xil chet el adabiyodaridan olingan va mutaxassislaming o'zlari tomonidan o‘ylab topilgan trening 
mashg'ulotlari jamlangan.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə