Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Psixokorreksion guruhlarning rivojlanishi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

2.7. Psixokorreksion guruhlarning rivojlanishi 
Mutaxassisiaming ta’kidlashicha, muammoga duch kelgan kishilaming l.u'pchiligi davolovchi 
vrach yoki mutaxassis (trener) bilan emas, balki guruhdagi ishtirokchilar bilan o‘z muammolarini 
o‘rtoqlashish, muammolarini guruhdagilarga gapirib berish, ulaming bergan fikrlari, maslahadari 
bilan muammolami hal qilishni istar ekan. Chunki guruhiy munosabatlar har bir ishtirokchida 
qulaylik hissini vujudga keltiradi. Shu yo‘nalishda olib borgan tadqiqotlari natijasida D.Lekin 
(1972) psixokorreksion guruh ishtirokchilari uchun umumiy bo‘lgan 6 ta jarayonni ajratib 
ko‘rsatadi:
1. Hissiyotlami ifodalash yengil kechadi; 
2. Guruhga taalluqlilik hissi tug‘iladi; 
3. O ‘zini-o‘zi namoyon qilishga m as’ullik sezadi; 
4. Xulq-atvoming yangi ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi; 
5. Shaxslararo munosabatlami solishtirishda guruh bilan birga xulosa chiqaradi;
6. Guruhni boshqarishda ma’lum bir lideming javobgarligi his qilinadi. 
Bu jarayonlar deyarli barcha psixokorreksion guruhlarda olib boriladigan ishlarda kuzatilgan. 
Psixokorreksion guruhlami muammoning yechilishiga qarab bir qancha gtiruhlarga ajratish 
mumkin. Bular: - rahbarlami tayyorlash; - shaxslararo munosabat ko‘nikmalarini o'rgatish; - shaxsni 
barkamollashtimvchi; - turli xil mhiy zo‘riqishlami bartaraf etuvchi. 
Trening guruhining rivojlanishiga A.Everettning hissasi. Trening gurahlarining rivojlanishiga 
hissa qo‘shgan ishlardan yana biri A.Everett nomi bilan bog'liqdir. 1968 yilga kelib AQShning 
Texas shtatida birinchi marta Aleksandr Everett “Aql dinamikasi” deb nomlangan kompleks trening 
dasturini o‘tkazgan va keyinchalik aynan mana shu nom ostida Everett shirkati vujudga kelgan. 
A.Everettning sa’yi harakatlari natijasida turli noinda o'tkaziladigan treninglar vujudga kela 
boshladi. Mazkur treninglar “Xarakatni anglash”, ’’Gumhiy samaradorlik”, ’’Liderlik amaliyoti” 
kabi nomlar bilan mashhur bo'Jgan eng samarali treninglar edi.
“Aql dinamikasi”ning keng rivojlanishida diniy va shaxsiy rivojlanish asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Everett Angliyadan ketish chog'ida o‘z ishining falsafasini o‘rganar ekan, Edgar Keysining 


14
Yegiptologiya va Silva metodlarini tubdan o‘rganadi. Natijada amaliy mashqlardan tashkil topgan 
to‘rt kunlik trening o'tkazadi. Tez orada Aleksandr Everett o‘z ishining taqdimotini namoyish qilish 
uchun Kalifomiyaga taklif etiladi va bu yerda juda katta shuhrat qozonadi. Buning natijasida “Aql 
dinamikasi” shtab kvartirasi 1970 yilda San Fransiskoga ko'chib o‘tadi. Oxirgi to‘rt yil ichida 
trening nafaqat AQShda balki boshqa davlatlarda ham o‘z ishini davom ettirdi. Bu vaqt ichida 
trening guruhlarida 4 kunlik “O‘z -o‘zini tahlil qilish” va “Autotrening” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
1971 yilda Vener Erxard tomonidan “Erxard seminar trening” (EST)giga asos solinadi va 
“Forum” shirkati vujudga keladi. Ko‘p vaqt o'tmay bu uyushma butun dunyo bo'ylab markazlar 
barpo etgan, “Landmark Forum” korporasiyasiga aylantirildi. Mazkur korporasiya AQSh, Yevropa, 
Avstriya, Afrika va Osiyoda o‘z markazlarini ochadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə