Psixologiya fanining maqsad va vazifalari


Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega



Yüklə 147,19 Kb.
səhifə3/10
tarix11.12.2023
ölçüsü147,19 Kb.
#147824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari (2) (2)

Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega

  • 1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
  • 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
  • 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
  • 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.

Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z aksini topgan

  • 1bosqich
  • Psixologiya jon haqidagi fan
  • Bu yo’nalish psixologiyada bundan 2500 yil oldin paydo bo’lgan. Inson hayotidagi barcha narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.

2 bosqich

  • Psixologiya ong haqidagi fan sifatida
  • XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish, qobiliyatini ong deb atashgan. O’z-o’zini kuzatish asosiy metod hisoblangan.

3 bosqich

  • Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan
  • IX asrdan boshlanadi. Psixologiyaning vazifasi ko’rgan narsalarni bevosita kuzatish , aniqrog’i inson hulq-atvorini faoliyatini reaktsiyasini kuzatish deb hisoblangan. Bunda motivlarning o’rni hisobga olinmagan.

4 bosqich

  • Psixologiya, psixikaning mexanizmlari, qonuniyatlari va faktlarini o’rganuvchi fan sifatida
  • Dunyoga materialistik nuqtai-nazardan qarash shakllangan. Rossiya psixologiyasining asosida aks ettirish nazariyasi asosiy qonuniyat sifatida ko’rsatiladi.

Sharqda psixologiyaning rivojlanishi

  • Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo’lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta bo’lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o’zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so’ng ham zamonaviy psixologiyada o’z qimmatini yo’qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llab ko’rgan olimlardan biridir.

Yüklə 147,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə