Psixologiya fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 147,19 Kb.
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü147,19 Kb.
#147824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari (2) (2)

Sharhlash metodlari

  • Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon 54 bo’lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug’iladi. Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog’liqligi ildizi aniqlanadi.
  • Donalash metodi tadqiqot ob'ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlardagi o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta'sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta'kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.

Empirik metodlar guruhi o’z navbatida ikkiga, ya'ni asosiy va yordamchi metodlarga bo’linadi

  • Asosiy metodlar
  • Kuzatish metodi - ikki xil bo’lib, ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.

Tajriba yoki eksperiment metodi - o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy tajriba metodlarining ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U kichik maktab yoshidagi bola shaxsining shakllanishini o’rganish maqsadida ushbu metodni qo’llagan.


Yüklə 147,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə