Psixologiya fanining maqsad va vazifalari


Psixologik tadqiqot metodlari



Yüklə 147,19 Kb.
səhifə4/10
tarix11.12.2023
ölçüsü147,19 Kb.
#147824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari (2) (2)

Psixologik tadqiqot metodlari:

  • Fanning qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun malum bir metodlardan foydalanadi. I.P.Pavlov "Metodning qo’lida tadqiqot taqdiri yotadi" degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi.
  • Metodlar - psixologiyani o’rganish usullari va yo’llari yig’indisi, "Metod" bu bilish, anglash yo’li bo’lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi.
  • Metodologiya (yunoncha methodes - bilish, tadqiq qilish, izlanish yo’li, logos - tushuncha, talimot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir.

B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o’rgangan:

Tashkiliy guruh

  • Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash uchun, medisina psixologiyasida – sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o’quvliligini va ishchanligini o’zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi
  • Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. L
  • Kompleks metodi yordamida o’rganilgan ob'ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta'sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.

Yüklə 147,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə