Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi,sohalari va tadqiqot metodlari



Yüklə 11,22 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü11,22 Kb.
#148079
JO’RANIYOZOVA FERUZA



PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI ,SOHALARI VA TADQIQOT METODLARI
MUALLIF : TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI TA’LIM YO’NALISHI 1-KURS 101-GURUH TALABASI JO’RANIYOZOVA FERUZA

KALIT SO’ZLAR :EXPERIMENTAL PSIXOLOGIYA , MEHNAT PSIXOLOGIYASI , AVIATSIYA PSIXOLOGIYA , MUHANDISLIK PSIXOLOGIYASI


ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda umumiy psixologiya dasturiga asoslangan holda yaratilgan bo’lib , talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda , muayyan tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya o’quv qo’llanmasi 2 jilddan iborat bo’lib , birinchi kitobda umumiy psixologiyaga kirish , shaxs va uning individualtipologik xususiyatlariga bag’ishlangan materiallar jamlangan.

Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko’ra , psixologiya fani bu tizimda nufuli o’rin egallashiga barcha obektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy , ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir . Chunki , psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo’lib , biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o’rganib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan fazoviy munosabatlar ,sayyoralararo aloqalar ,o’zaro ta’sirlar ,moddalar , zarrachalar, nurlar harakati , almashinishi , qo’shilishi to’g’risida mulohazalar , faraziy asosda bo’lsa ham yuritiladi. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi , muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi , to’planishi inson tana a’zolariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi , natijada favquloddagi holatlar sodir bo’lishi , kashfiyotlar yuz berishi , instuitiv (lotincha ‘’intueri ‘’ sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir )shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi mumkin. Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida ‘’men’’ davri yoki ‘’o’zlik ‘’ni anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib , bir necha rivojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. Men davrining anglashigan shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smirlik davriga to’g’ri keladi.


Psixologiya fanining tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib , to hanuzgacha uning na gumanitar , na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo’q , lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar bo’yicha to’plangan ma’lumotlar , qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar , ham ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qat’iy nazar ,u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiya o’rtasidagi munosabat to’grisida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir . Ma’lumki , har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan bo’ladi. Psixologiya (yunoncha ‘’psychelogos ‘’ )so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak , u ‘’jon’’ , ‘’ruh’’ haqidagi ‘’fan , ta’limot ‘’ degan ma’noni anglatadi .Biroq hozirgi davrda ‘’jon ‘’ tushunchasi o’rniga ‘’psixika ‘’ni qo’llashda davom etamoqdamiz . Lingvistik nuqtai nazardan ‘’jon ‘’ ,’’ psixika ‘’ tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas , balki uning sohalari bo’yicha ham ilmiy materiallar to’plangan .
Eksperimetal psixologiya –eksperimetal metodlar yordamida psixik hodisalari tadqiq qilishning umumiy sohasi .
Mehnat psixologiyasi –insonning mehnatga munosabati ,mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishi tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Muhadislik psixologiyasi –inson va mashina o’rtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insoning mashina bilan munosabati o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879-yilda Leyptsig universitetida tashkil qilindi.Xuddi shu laboratoriya andozasi bo’yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi.
Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini,kategoriyalari (shaxs , motivatsiya, faoliyat muomala,ong )ni , tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq.Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar , tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar , hodisalar, individual –tipologik xususiyatlarni o’z ichiga oladi:1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira,tafakkur, xayol va boshqalar.2.Irodaviy jarayonlar:motiv ,motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar,qaror qabul qilish kabilar.3.Hissiy jarayonlar :his-tuyg’ular, emotsiya, kayfiyat , emotsional ton, stress, affekt singarilar.Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko’rinishlari kiradi.Masalan, hissiy jarayolardan psixik holat sifatida kayfiyat ,psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi zamon fiziologiyasi ma’lumotiga qaraganda, miyada hosil bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshab ketadi.Miyada elektroensefalogramma ko’rinishdagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudod o’zaro munosabatda bo’ladigan tashqi olam bilan belgilanadi.
FOYDALANILGAN KITOBLAR :
HAYDAROV. F. UMUMIY PSIXOLOGIYA .
XALILOV. N.UMUMIY PSIXOLOGIYA
G’OZIYEV . E. UMUMIY PSIXOLOGIYA .



Yüklə 11,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə