"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Guruhiy faoliyatda geshtalt yondashuv. Tranzaksion tahlil



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

8-Mavzu: Guruhiy faoliyatda geshtalt yondashuv. Tranzaksion tahlil. 
Reja: 
1.Geshtalt nazariya bo’yicha tushuncha. 
2. Geshtalt yondashuv orqali guruhni tashkilllash va amaliy rivojlantirish. 
3. Tranzaksion tahlil. 
Tayanch iboralar: Geshtaltpsixologiya, Vyursburg maktabi, X.Ererfels, V.Keler, 
K.Kofka. 
Xozirgi kunda har bir fanni o‘rganilishi, unining vujudga kelish tarixini 
chuqur o‘rganish davr taqozosidir. Chunki xar qanday fanni paydo bo‘lish tarixini, 
unda chuqur iz qoldirgan olimlar, rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
maktablar va ushbu maktablarni yo‘nalishlarini bilmay turib fan haqida biror fikr 
bildirish juda qiyindir. Xozirgi kunda jadal sur’atlar bilan olg‘a intilib borayotgan 
psixollogiya fani o‘tmishda turli psixologik maktablar o‘z ishlari bilan fan tarixida 
iz qoldirganlar. Bular qatoriga bixevioristlar, geshtalьtchilar funksional 
psixologiya, assotsiativ psixologiya
 
freydizm (ong osti psixologiyasi), Vyursburg 
maktabi Kurt Levin maktabi tarafdorlari, izdoshlari kiradilar. Tarixda iz qoldirgan 


psixologik maktablarni asosiy yo‘lini analiz qilinganda, barcha psixologik 
maktablar uchun umumiy tendensiya(asosiy g‘oya) vujudga keladi. Bular esa o‘z 
navbatida boshqa maktablarning nazariy orientatsiyalarini(mo‘ljallarini) kotegorial 
asosini boyishini hisobiga o‘zgarib ketadilar. Biz quyida firk yuritmoqchi bo‘lgan 
maktab geshtalьtpsixologiya bo‘lib, mazkur yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan 
namoyondalari X.Ererfels, V.Keler, K.Kofka va ularning tarafdorlari haqidadir. 
Germaniyada psixologiyaning geshtalьtpsixologiya yo‘nalishi XIX asrning 
oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. Mazkur yo‘nalishning ko‘zga 
ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Ererfelьs, V.Keler, K.Kofka va boshqalar 
kiradilar. Geshtalьtchilar barcha murakkab psixik bilish jarayonlari oddiy 
homatlarda, ya’ni sezgilardar iborat deb hisoblangan assotsiatsionistlar g‘oyasini 
qattiq tanqid qiladilar. Ular assotsianizmga qarama-qarshi bo‘lgan ta’limot 
yaratiyub, har qanday psixik jarayon va homat yaxlit obrazlardan, geshtalьtdan, 
ya’ni yaxlit tuzilmadan iborat deb tushuntirishga harakat qiladilar. Ularning fikriga 
qaraganda, har bir psixik ‘odisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va 
unsurlarni (elementlarni) birgalikda aks ettirishdan ko‘lam ji’atda keng, mazmunan 
rang-barangdir, mavzuning dolzarbligi geshtaltchilarning aksiomatik xususiyatga 
ega bo‘lgan tezislari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, 
alo’ida olingan qism va unsurlarning (elementlarning) yiьindisi yaxlit tizilma 
mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha, yaxlit tuzilma qism, va unsurlar 
xususiyatlari 
va 
xossalarini 
belgilab 
berishga 
esa 
qurbi 
etadi. 
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning 
bosh mo’iyati ularning sezgilarga o‘xshash alo’ida unsurlari emas, balki 
konfiguratsiya tashqi qiyofada demakdir, ya’ni tashqi yaqqol ko‘rinish, shakl yoki 
geshtalьtlarning yaxlit yaratilishidan iboratdir. 
Maqsad va vazifalari eksperimental tadqiqot bosh ob’ekti idrok hisoblanib, 
keyinchalik undan olingan ayrim xulosalar tafakkurini o‘rganishga tatbiq 
qilingandir. Tafakkur to‘ьrisida psixologik tasavvurlar hech kutilmagan, 
favqulodda olingan analitik faoliyatda bevosita tayyorlanmagan muhim 
munosabalrani muammoli vaziyatla aks etishdan iboratdir. Geshtaltpsixologiyada 
tafakkur muammosini tadqiqot qilish keng ko‘lamda (diapozonda) olib borildi. 
Jumladan, tadqiqotchi V.Keler antropoidlarning (yunoncha odamsimonlar) 
intellektual (aqliy) harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada 
taraqqiy qilgan mazmunlarning aqliy harakatida inson harakatiga o‘xshashlik 
borligi to‘ьrisida xulosa chiqaordi. Tadqiqotchi maymun faoiyatida sifat ji’atidan 
farqlarga kamroq e’tibor berib, oqibat natijasida mazkur o‘xshashlikka ‘addan 
tashqari ortiqcha ba’o berib yuborganday tuyuldi. V.Keler intellektual harakatni 
kutilmagan, oldingi faoliyatga bog‘liq emas, deb tushuntirib, «sinash» ni tasodif 


aktda (harakat majmuasida) uchraydigan ru’iy homat deb, unga qarama-qarshilik 
qo‘yadi. 
Asosiy qism. 
1)
Germaniyada ishtalьt psixologiyasini vujudga kelishi. 
AQSH da ong psixologiyasiga qarshi bixivioristik «g’alayon» alanga olgan 
paytida, Germaniyada boshqa yosh tadqiqotchilar guru’i paydo bo‘lib, keyinchalik 
geshtalьt psixologiyasi deb atalgan ilmiy maktabning asosi bo‘lib qoldilar. 
Bu guru’ga Maks Vertgeylir Volfgang Keler 1910 yilda Frankyfurtna Mayks 
psixologiyasi institutida uchrashdilar. Bu institutda VErtgeylir tajribasi juda sodda. 
Ikki teshikdan vertikal va 20-30 gradus ochishgan homda har xil intervalda nur 
o‘tkaziladi. 200, 30, 60 milliy sekund intervalda harakatini qabul qilish sodir 
bo‘ladi va bu qabul qilishni olim fifenomen deb atadi. 
U bu ‘odisani alo’ida ko‘rsatish uchun maxsus shunday termin qo‘lladi. 
Vertgeymer ilgari stroboskopni qo‘lladi, ya’ni ma’lum tezlikda alo’ida tasvrlar 
harakat ko‘rinishini ‘osil qiladi va bu prinsip keyinchalik kinoproekt yaratilishiga 
sabab bo‘ladi. Vertgeymer o‘z tajribalarining mazmunini fandagi asosiy psixologik 
doktorina, ya’ni ong tarkibida bo‘linmas butun obrazlar borligini inkor etish deb 
bildi. Keler o‘z estaliklarida yozishicha ba’zilarining fikri bo‘yicha eng katta psixik 
jarayonlar, assotsiatsiya prinsipi va sensor elementlari bilan chegaralangan aniq 
eskperimental ta’liddan chetda qolgan. 
Geshtaltterapevt mijozga o`zini anglashiga yordam berish uchun uning xatti-
harakatlariga diqqatini qaratishi, ya'ni xatti-harakatni anglash orqali hisni 
anglashga, hisni anglash orqali esa geshtalt to`zilishiga, muammo yechilishiga 
yordam berishi mumkin. Mijozdagi himoyalanish mexanizmlarini uning o`ziga 
anglatish ham geshtaltterapiyaning yo`lidir, ya'ni odam tashqi olam yo`naltirilgan 
ehtiyoj energiyasining ijtimoiy qarama-qarshilik natijasida o`ziga qaytarilishidir. 
Bu narsa retrofleksiya deb atalib, u “ o`ziga qaytarish “ ma'nosini anglatadi. Bu 
energiya keyinchalik shu o`ynalishdagi boshqa ehtiyojlar vujudga kelishi to`siq 
bo`lishi mumkin. Masalan, birovni urishga ehtiyoj tug`ilishi natijasida odam 
qo`lida og`riq paydo bo`lishi va buning sababini anglash og`riq zarbini yo`qotishi 
mumkin. Keyinchalik Peres odam o`zini o`zi qiynashini, “bu narsani qilaman va 
buni qilmayman“ degan mulohazasini “yuqori va pastki“ deb nomlagan.
2.Intrektsiya - odamning tashqi olamidagi narsalarni birovlar obro`yiga 
asoslanib qabul qilib olishi. “Intrekt singmay qolgan, chaynalmagan ovqatga 
o`xshaydi”, -deb yozadi Peres. Intrektni anglash ham muammoni yechishga 
yordam beradi. Masalan, “Qiz bolaning sochi o`zun bo`lishi kerak” degan fikr 
intrekt bo`lishi mumkin. Bu narsani anglamasdan qabul qilgan qiz chiroyli bo`lishi 
uchun sochini kestiradi va vijdon azobida qoladi. Buni tushunib yetishi uni vijdon 
azobidan qutqaradi.


3.Proektsiya - intrektsiyaga qarama-qarshi, o`z fikrini boshqalarning fikrlari 
deb qabul qilish. Masalan, hammaga qarama-qarshi turadigan odam “Boshqalar 
ham menga qarshi” degan fikrda bo`lishi mumkin. Boshqalar bunday fikrda 
bo`lmasa-da, o`z fikrlaridan qaytmaydi. Peres proektsiyasining oldini olish uchun 
“O`z fikriga javobgar qiling” degan g`oyani ilgari suradi. Javobgarlikni qabul 
qilish orqali, ya'ni muammo o`ziniki ekanligini qabul qilish natijasida mijoz 
yetuklikka yetishi mumkin. Geshtaltterapiya-shaxsning o`zligini anglashga, ana 
shu orqali o`z muammolarini “hozir va shu yerda” hal qilishga yordam beruvchi 
metod. 
4.“Neyrolingvistik programmalashtirish” ( qisqacha qilib aytganda NLP ) eng 
zamonaviy va keng tarqalgan terepevtik yo`nalish bo`lib, u mijozning o`zini 
anglashga, xatti-harakatlari va so`zlari o`rtasidagi qarama-qarshilikni tushunib 
yetishga va boshqa odam begona ekanligini tushunishga yordam beradi. 
5.Geshtalt guruhlar yuqorida ko`rilgan geshtaltterapiya metodlari va 
tamoyillariga 
asoslanadi. 
Boshqa 
guruhlardan 
farqli 
o`laroq, 
guruh 
mashg`ulotlarini trener har bir a'zo bilan ayrim-ayrim o`tkazishi mumkin. 
Boshqalar esa “bo`sh issiq stul” texnikasi bo`yicha ko`zatuvchi hisoblanadi. O`z 
muammosini yechishni hohlagan odam bo`sh stulga kelib o`tirib, boshqalar 
ko`zatuvchiligida o`z muammosini optimal yo`l bilan anglashga harakat qiladi. Bu 
geshtaltterapiyaning guruhiy ko`rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham 
ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi “Men” metodiga o`xshaydi. Odam o`z 
retroflektsiyasini anglash uchun yonidagi bo`sh stulga proektsiya qiladi va ikki 
odam sifatida: biri hujumchi, ikkinchisi himoyachi sifatida o`ziga-o`zi savol-javob 
qila boshlaydi. Guruh “issiq stul”dagi odamga maslahatlar bilan yordam berib 
turadi. Geshtalt guruhlarning asosiy maqsadi-javobgarlikni o`ziga olgan holda 
o`zligini anglashdir. Geshtalt nazariyasi bo`yicha odam o`zini anglash samimiy 
ko`ringandagina yaxlitlik, geshtalt hosil bo`ladi, muammo yechiladi. 
Bundan farq qiliuvchi yana bir yo`nalish-badan bilan ishlash guruhlaridir. Bu 
yo`nalishga bioenergetika, feldenkraysa metodi, Aleksandr metodi, strukturaviy 
integratsiya, boshlang`ich terapiya va hokazo badan bilan ishlash guruhlari kiradi. 
Badan terapiya asosida retrolektsiya, muskul bruniyasi hosil bo`lishi, “zajimlar” 
tananing yaxlitligi his qilishga qaratilgan bo`lishi haqidagi Vilgelm Rayx 
nazariyasi yotadi. 
Nafas olish harakati mashqlari orqali “muskul broniya” sida qotgan energiya 
chiqariladi va shu orqali odam o`z “Men”ini, tanasini to`laligicha anglashga 
o`rganadi. 
6.Transaktsion analiz nazariyasi. Bu nazariya E.Bern tomonidan ishlab 
chiqilgan. U asosan ijtimoiy muammolar va munosabatlarni ijobiylashtirishga 
qaratilgan. E.Bernning fikricha, odam hayotida uch xil pozitsiyadan iborat rolni 


o`ynaydi:” ota-ona”, katta odam va yosh bola. Odam hayotda shu pozitsiyalardan 
biriga asoslanib faoliyat ko`rsatishga o`rgangan. Vaziyatga qarab bu pozitsiyalar 
o`zgarib boradi. CHunonchi, bolada yoshligidan katta odam haqidagi tasavvuri 
asosida “ katta odam” pozitsiyasi, ota-onaning ta'siri natijasida esa “ ota-ona “ 
pozitsiyasi vujudga keladi. 
Bolaligidan to`plangan tajriba bolaning shaxsiy pozitsiyasining vujudga 
keltiradi va bu narsa uning munosabatlarida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, 
bir odam boshqa odamga ota-ona pozitsiyasidan turib maslahat qilsa, boshqasi esa 
bola pozitsiyasidan turib javob qilishi yoki qarama-qarshilik mavjud bo`lsa, u 
holda boshqa pozitsiyalarning biridan javob berishi ehtimol. Qarama-qarshilik, 
ya'ni transaktsiyalarning qarama-qarshi kelishi konflikt ( nizo ) larning oldini olish 
rollarini ijro etmasdan turib, yashash uchun o`zidagi “ katta odam” pozitsiyasini 
anglab yetganidagina rivojlantirishi mumkin. Bu metod odamning munosabatlarni 
anglashga yordam beradi. 
Nazorot savollari. 
1.
“hozir va shu yerda” konsepsiyasi qaysi yo’nalishga tegishli? 
2.
Proekktsiya usuli orqali qanday konsultatsiya o’tiladi? 
3.
E.Bernning fikricha, odam hayotida necha xil pozitsiya iborat bo’lishi 
kerakligini ta’kidlagan? 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə