Orzular
– insonning kelajak to`g`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun
muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni ro`yobga chiqarish borasidagi
rejalaridir.
Optatsiya –
(lotincha so`z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam
tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb
e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni o`z ichiga oladi.
Optimizm
– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan
ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka
yo`yish.
Panelog –
gurux ichidagi munozaradir
Psixodiagnostika
(grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) –
psixologik fan sohasi bo`lib, shaxsning individual – psixik
xususiyatlarini o`lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya
(grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko`plab
psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti,
fikrlari, o`z-o`zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan
nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas).
Psixotexnika
(grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir
bo`lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni
o`stirish va yangilarini shakllantirishda qo`llaniladigan konkret
metodik usullar yoki usullar tizimidir.
Reproduktiv –
fikrlashni bir turi.
Referent guruh
(lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli
bo`lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini
so`zsiz tan
oluvchi va ularni o`zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya –
aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi
obrazni shakllantirish, jonlantirish.
Dostları ilə paylaş: |