Nutq
–
ovoz berilgan til, u yoki bu til belgilarini anglatuvchi ovoz
signallarining inson tomonidan qo`llaniladigan tizimidir.
Ong
– hayvonlar psixikasidan farqli ravishda butun inson psixikasini
ifodalashda foydalaniladigan termin. Inson psixikasi (ong) belgililik
(ong «hujayrasi» belgilarning murakkab tizimini hosil qiladi),
qurollilik (istagan ong birligi predmetlar
dunyosini aks ettirish
vositasi sifatida foydalaniladi), predmetlilik (tashqi dunyo
elementlari bilan mutanosibligi va qat’iy uyushganlik (belgilar va
qurollar tizimi ko`plab o`zaro mutanosib kategoriyalarni vujudga
keltiradi) xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Ongsizlik anglab bo`lmaydigan
– aniq, ravshan
anglash nazorati uchun
predmet bo`la olmaydigan ko`plab psixik hodisalar to`plami.
Ongda har bir daqiqada bir vaqtning o`zida cheklangan miqdordagi
tasavvurlar bo`lishi mumkin (o`rtacha taxmin qilishlaricha 7+2).
Bunda ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong
zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin («hohlaganing uchun
eslading»), lekin juda ko`plab psixik
boshqarib turuvchilar
(regulatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o`z-o`ziga
hisob bermasligi mumkin, balki buni
u hattoki hohlagan taqdirda
ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shakldagi
tsiferblatini idrok qilayotganda bizning ko`z qobig`imizda aylana
emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bo`lishi
mumkin, biroq soat qanday holda
tursa ham biz tsiferblatni
«aylana» sifatida idrok qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan
anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi shug`ullanayotgan
kishi uchun ham tushunarsiz bo`lgan bu geometrik ma’nodagi hol
psixika mexanizmlari tufayli ro`y beradi (qarang: doimiylik idrok
xossasi sifatida) hissiyotlarning ba’zi qismlari («yaxshi»,
«madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib
chiqariladi, lekin Z.Freyd ta’limotiga ko`ra,
ular hatti-harakatni
sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki
ziddiyatlarga va asab kasallariklarini ham keltirib chiqaradi.
Psixoanalizning (bu termin freydizm tomonidan mustahkam
o`rnashib qolgan, shuning uchun har
qanday psixika tahlilini
(analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik
amaliyoti shunga asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib
anglash predmetiga aylantirish lozim.
Bu psixoanalitikdan juda
katta va o`tkir mahoratni talab qiladi (o`zini shunday deb
hisolaydiganning ko`pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz,
balki manfaatparast hamdir).
Dostları ilə paylaş: