"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5-SEMESTR 
1-Mavzu: Individual va guruhiy konsultatsiya haqida umumiy tushuncha va 
predmeti. 
Reja: 
1. Individual va guruhiy konsultatsiya haqida umumiy tushuncha
2. Konsultativ psixologiya fanining vujudga keligi va rivojlanishi.
3. Psixologik trening, psixoterapiya, psixologik korrektsiya, diagnostika sohalarini 
psixologik konsultatsiyaning o`ziga xosligi. 
Tayanch iboralar: Psixologik yordam tizimida konsultativ psixologiyaning 
o`rni. Konsultativ psixologiya va psixokorrektsiya fanining vujudga keligi va 
rivojlanishi. Psixologik trening, psixoterapiya,psixologik korrektsiya, diagnostika
 
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash 
bo`yicha nazariy va amaliy axamiyatga molik ijobiy, tatbikiy ma’lumotlar 
muayyan darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab 
AQSH, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik xizmat 
soxasi yuzasidan bir talay izlanishlar amalga oshirilgan. Ushbu soxa alohida 
yo`nalish sifatida vujudga kelsa-da, lekin aslida u amaliy psixologiyaning ko’lami 
kengaytirilgan bir ko`rinishini aks ettirish xususiyati bilan boshqalardan muayyan 
tarzda tafovutlanib turadi, xolos. 
Jahon mamlakatlari amaliyotida psixologik xizmatni tashkil etishning o`ziga 
xos 
xususiyatlari, 
mazmuni, 
tarkibiy 
qismlari 
to`grisida 
muhokama 
qilinayotganida, uning tuzilishi, ijtimoiy turmushning barcha jabxalariga oid 
faoliyat turlariga taaluqli tomonlari qamrab olinishi nazarda tutilgan edi. Xozirgi 
davrda Angliyaning aksariyat universitetlarida, AQSH va Ispaniyaning bir qator 
universitetlarida korrektsion psixologiya moxiyatidan kelib chiqib psixolog 
mutaxassislar tayyorlanmoqda. 
Psixologiya fanining tobora ijtimoiy xayotda barqaror, ustuvor axamiyat 
kasb etishi munosabati bilan korrektsion psixologiyaning roli ortib bormoqda, 
natijada nazariyat bilan amaliyot o`rtasidagi jips aloqa uyg`unlikka ega bo`lmoqda. 
Psixologik xizmat ikki muxim funktsiya bajarish bilan boshqa psixologiya 
soxalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida 
gavdalanadi. Uning asosiy funktsiyasidan biri – ijtimoiy xayotning turli jabxalarida 
(ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, qishloq xo’jaligi, sport, transport va 
xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning 
ikkinchi funktsiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot 
ishlarini o`tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, 


qonuniyatlar bilan boyitishdir. Psixologik xizmatning tatbiqiy jixatlari xalq ta’limi 
tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yo`llari, 
avtomobil, temir yo`l va suv transporti va boshqalar), oila, sport kumitasi singari 
tashkilotlarda o’z ifodasini topmoqda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko‘ra, 
psixologiya bo`yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy 
psixologiyadan saboq berish, amaliy ko`nikmalar shakllantirish davr talabiga 
aylanib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog 
mutaxassislar tayyorlashda ilgor jahon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, 
xududiy xususiyatlarni xisobga olgan xolda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab 
chiqish, insonlarga ta’sir o`tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga 
muvofiq. Quyida psixologik xizmat uyushtirishning moxiyati, psixologik testlar, 
metodikalar, usullar va vositalarni qo`llash, ilmiy – tekshirish o`tkazish hamda 
olingan natijalarni umumlashtirish, sifat, miqdor taxlilini amalga oshirish 
yuzasidan ma’lumot berilishiga mo`ljallangandir. 
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy
e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. 
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining
navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga 
psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan 
asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy
psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar 
manbai bo‘lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni 
bo‘lmish Hindiston, Xitoy, Mirs, Vavilon, O‘rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, 
jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) 
ta’limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga 
qadar psixologlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. 
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatning har
tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror 
toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdagi o‘ziga xos psixologik 
salohiyatning ne chog‘lik to‘la-to‘kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. 
Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va
ma’naviy taraqqiyot yo‘liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. SHu bosdan bo‘lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va 
rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z fuqarolarining
ma’naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy 
manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tiborni
qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati 


o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat 
tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror toptirishga 
ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga
ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har 
tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy
yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-
mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. 
Psixologik maslahat - bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi 
soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy tadqiqot 
ishlari psixologiya fanini o`qitish, psixologik korrektsiya va psixodiagnostika kabi 
an’anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida 
yaqinda ajralib chikdi. So`zsiz bu faoliyat mutaxassisdan maxsus, juda chuqur 
bipim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyor garlikni oddiygina 
tashkil etish, yuqorida sanab o`tilgan bilim sohalari va malakalar bilan almashtirish 
mumkin emas, biroq psixolog- maslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi 
ham juda zarur. 
Psixologik maslahatlar sohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bo`lishni 
xoxlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va defekgologlar 
(maxsus psixologiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisoblanadi. 
Hozirgi kunda mutaxassislarni tayyorlashda barcha oliy o`quv yurti 
dasturlariga psixologik maslahat fani kiritilgan va yaqin kelajakda amaliyot bilan 
shug’ullanuvchi psixologlar soni bo`yicha bizning mamlakatimiz dunyoning 
rivojlangan mamlakatlariga tenglashib oladilar, deb hisoblashga barcha asoslar 
mavjud. Bunday mutaxassislarni oliy o`quv yurtlarida aynan psixolog- 
maslahatchi sifatida maqsadga muvofiq tayyorlash. 
Psixologiya fani nimadan baxs yuritadi - degan savol mavjuddir, biroq xozirgi 
zamonda korrektsion psixologiya fani nimani o‘rgatadi, kanaka predmet degan 
savol tug`ilmoqda. Ma’lumki psixologiya fani shaxsni o`rganadigan yagona fan 
emas, chunki uning ayrim jixatlarini falsafa, pedagogika, logika, sotsiologiya, xatto 
kibernetika tadqiqda aks etmoqda. 
Konsultatsiya psixologiya fanida esa inson shaxsi va individualligini targ’ib 
toptirish jarayoniga faol ta’sir ko`rsatishni taqozo qiladi. Psixologik xizmatning
ushbu yo`nalishida alohida axamiyat kasb etadigan narsa bu -bolalar, o`quvchilar, 
talabalar xulkining buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni 
o‘rganadi. 
Psixolog bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi xulqi va
muomalasidagi nuqson va kamchiliklarni asta-sekin tuzatish korrektsiya qilish 


dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan 
maxsus mashg`ulotlar o`tkazadi va ijodiy qobiliyatlarni o`stirish maqsadida
treninglar olib boradi 
Korrektsion ishlarda guruxning qadriyatlarga yo`nalganligi etnopsixologik va 
etnomadaniyati xususiyatlari, elat tarixi , millat odati, usuli, rasm-rusmlari va 
boshqa etnos o‘z aksini topishi lozim. 
Ayniqsa, I.V.Dubrovina (Moskva) va X.Y.Leymets, Yu.L.Sierd (Tallin)
larning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida 
psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDX mamlakatlarida qo‘yilgan
ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan 
E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.SHoumarov, B.R.Qodirov, R. uchun ma’lum 
darajada asos bo‘lmoqda. SHunday bo‘lsada, shuni alohida qayd etish kerakki,
hanuzgacha Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston 
o‘rta umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish 
borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari
Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish O‘zbekistonda
mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona 
psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning 
mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va 
uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu 
tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus
tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Demak, 
tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O‘zbekistonda psixologik 
xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o‘rganishga, tahlil qilishga 
va izohlashga bag‘ishlangan psixologik va sotsial-psixologik tadqiqotlarning
olib borilishi kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib 
bo‘lmas davr va davlat taqozosidir. 
Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda psixologik xizmat 
muammosining dolzarbligi quyidagi jihatlar bilan ham belgilanadi:
dastavval,shuni ta’kidlash kerakki,"....bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz 
bugungi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera 
olmasligi ko‘p joylarda yaqqol ko‘rinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni 
tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan 
islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog‘lanmaganligi har 
tomonlama sezilmoqda. SHundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim 
muassasalarida, mehnat jamoalarida bo‘lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash 
bilan bog‘liq psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa,
ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus 
o‘tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda tanqisligi; ijtimoiy psixologiya, 


etnopsixologiya fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi
vazifalarning aniq va batafsil belgilanganmaganligi; bir necha yillardan buyon 
talaygina ta’lim va mehnat jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni
amalga oshirilib kelsada va ayni paytda, o‘zbekistonlik psixolog-olimlar 
tomonidan ilg‘or psixologiya ilmining hayotga, amaliyotga tatbiqiga oid qator
yakunlangan tadqiqotlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar mavjud bo‘lsa-da,
O‘zbekistondagi psixologik xizmat samaradorligini alohida tadqiq 
qilinmaganligi; ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat 
tajribalari misolida o‘quvchi va ishchi-xodimlar muvaffaqiyatli faoliyatini
ta’minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o‘rganish va kamol 
toptirish bilan bog‘liq bugungi O‘zbekistonning o‘z istiqlol va istiqbol yo‘li,
ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy 
tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan
biri sifatida qayd etish mumkin.
Psixologik ishlar majmuasi o`quvchilarni maktab, kollej va litseylarda 
o`qitish davomida psixologik-pedagogik jixatdan chuqurroq o`rganishga 
yo`naltirilgan bo`lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyasidagi 
nuqsonlarining sababini aniqlashga mo`ljallangandir. Diagnostik va korrektsion 
ishlar guruxiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) o`tkaziladi. Bu asnoda amaliy 
psixolog quyidagi yaqqol vazifalarni bajaradi: 
- Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash 
maqsadida psixolog bolalar, o`quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti 
tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o`tkazadi, 
ularning kamolot darajalarini belgilaydi. o`qituvchilarning kasbiy yaroqligi va 
layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, xis-
tuyg`ulari, o`z-o`zini boshqarish imkoniyati, intellektual (aqliy) darajasi va 
pedagogik qobiliyatini tekshiradi; 
Psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning 
qiziqish, mayl, ilk iqtidorligi kabilarni o‘rganadi, ularga yakkaxol (individual) 
munosabat va yondashishni yo`lga qo‘yadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida 
shakllanishiga muayyan yordam ko`rsatadi, trening (maxsus mashq) o`tkazadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, xunar-kasb bilim yurti tinglovchilari, 
yangi tipdagi maktab o`quvchilari, oliy o`quv yurti talablarida uchraydigan o`quv 
malakalari va ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, 
aqliy taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qiladi. 
Bolalarning voyaga yetgan odamlar va o‘z tengqurlari (tengdoshlari) bilan 
muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati 
xususiyatini xisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga 
moslashtiradi (adaptatsiyalashtiradi). Boshqa soxaning mutaxassislari bilan 


birgalikda ruxiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini xisobga olib, 
tabaqalashgan differentsial diagnostikani amalga oshiriladi; 
-Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatni aniqlaydi; 
-Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulk-atvor sabablari va ularning 
shakllarini belgilaydi; 
-Giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o`girlik, daydilikning ijtimoiy-
psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omillarini taxlil qiladi va boshqalar. 
-Raxbar kadrlar va o`qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda 
tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish. 
-Oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini (stajer, yosh 
mutaxassis, o`qituvchi, aspirant va boshqalarni) o`rganish va amaliy ko`rsatmalar 
berish. 
-Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo`yicha ilmiy-psixologik 
prognoz qilish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfdan ma’muriyatni ogoh etish. 
Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik 
axborotlar to`plash va ularni umumlashtirib, tavsiya yaratish. 
-CHet el muassasalri bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish, 
ularning intellektual potentsialini aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish 
imkoniyati, oliy maktabning nufuzi to`grisida materiallar to`plash, ularni 
psixologik jixatdan taxlil qilish va maslaxatlar berish va o`quv qo`lanmalarining 
sifati, kitobxonlilik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati 
haqida ma’lumotlar to`plash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatiga va kasaba 
uyushmasiga axborot tayyorlash. 
Yotoqxonalarda o`quvchilar va talabalarning talabi, extiyoji, qiziqishi, ijtimoiy 
qarashlari, nuqtai nazari (pozitsiyasi), maslagi, turmushga nisbatan munosabati 
to`grisida ma’lumotlar to`plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar 
ishlab chiqish. 
-Maktab xodimlari, o`qituvchilar va talabalarning ekologik, iqtisodiy, 
siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni 
mustaxkamlash 
imkoniyatini 
o`rganish, 
vatanparvarlik 
xis-tuyg`ularini 
shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab chiqish. 
-An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlarining yutug`i hamda kamchiliklarini 
tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko`rish, 
o`quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan 
o`qitishni 
individuallashtirish, 
tabaqalashtirish 
bo`yicha 
o`quv-uslubiy 
ko`rsatmalar tavsiya qilish. 
-Iqtidorli o`quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda 
ishtirok qilish, ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib 
ularga nafaqalar belgilash. 


-o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati maxsuldorligi, 
to`garaklar faolligini ko`tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning 
imkoniyatlarini tekshirish, kasb maxoratini egallash bo`yicha musobaqalar, 
munozaralar tashkil qilish va ularning maxsuli to`grisida bashorat (prognoz)
qilish. 
-o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar o`rtasida bo‘sh vaqtni 
taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik 
nuqtai nazaridan tekshirish va bo‘sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish 
yo`llari hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda 
foydalanish imkoniyatini psixologik jixatdan taxlil qilish. 
-Maktab o`quvchilari, o`qituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat 
mablag‘ini tejash tuyg`usini aniqlash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash xissini, 
noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mexnatni 
kadrlash burchini shakllantirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g’urur, 
millatlararo munosabatlar madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chiqish. 
-o`quvchilar, o`qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik 
qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning 
moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini taxlil qilish. 
Psixologik xizmatning mazkur yo`nalishi psixologdan inson shaxsi va 
individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o`tkazishni taqozo qiladi. 
Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, 
mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo`lib, yosh davr xususiyatlariga binoan 
(bolalar, o`quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi 
qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, o`qituvchilar jamoasiga bolalar, 
o`quvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, 
ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o`qituvchilarga korrektsion 
(tuzatish) ishlarini amalga oshirishda ko`rsatmalar berish. Psixologik xizmatning 
ushbu yo`nalishida alohida axamiyat kasb etadigan narsa – bu bolalar, o`quvchilar, 
talabalar o’sishida (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning 
buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi xisoblanadi: psixolog bolalar, 
o`quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini xisobga 
oluvchi, ular psixikasining barcha jabxalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga 
kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo`naltiradi, ijtimoiy 
o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar 
muxitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi. 
Amaliy psixolog bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqi va 
muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya 
qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular 


bilan maxsus mashg`ulotlar, buzilishni kamaytirish mashklarini o`tkazadi, ijodiy 
(kreativ) qobiliyatlarni o`stirish maqsadida treninglar olib boradi. 
Rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil 
shakllarda, vaziyatlarda va xolatlarda tashkil qilinadi: 
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg`uloti ayrim bolalar, o`quvchilar va 
talabalar bilan alohida o`tkazilishi rejalashtiriladi; 
b) psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, 
o`quvchilar, talabalar guruxlariga tarbiyaviy ta’sir o`tkazishga yo`naltirilgan 
bo`ladi; 
v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida 
mashg`ulotlar olib borish nazarda tutiladi. 
Konsultativ ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korrektsion ishga 
jalb kilinuvchilar guruxining qadriyatga yo`nalganligi, etnopsixologik va 
etnomadaniyat xususiyatlari uz aksini topsin: dasto`rni xalq, etnos, millat, elat 
tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni xisobga olgan 
xolda tuzish maqsadga muvofik, xunar-texnika bilim yurtlari o`quvchilari bilan 
murabbiylar 
o`rtasidagi 
nomutanosiblikni 
yo`qotish 
maqsadida 
maxsus 
mashg`ulotlar o`tkazish: ulardagi o`qishdan, ijtimoiy muxitdan, egallagan o`rnidan, 
mavqeidan ko‘nikmaslik xissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o`yinlari, 
psixodramadan foydalaniladi, emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni 
kamaytirish niyatida maxsus xonalar jixozlash (xona jahon standartlariga javob 
berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, audiotrening, sotsial trening, texnik 
vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo`lishi lozim). 
Korrektsion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans 
bo`yicha o`tkazilishi shart. Bunda emotsional zo‘rikishga uchragan shaxs millati, 
yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi xisobga olinishi 
kerak; tuzatish ishlari mashg`ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib 
bo`lishi tasir o`tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo`llash 
xam zarur ma’lumotlar to`plash va tanglikni yo`qotish imkonini yaratadi. 
Xal qilishning psixologik shartlari, ta’lim –tarbiyadagi nuqsonlarning oldini 
olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur. Bolalar, o`quvchilar, 
talabalarning shaxsiy muammolarini xal qilishda baxoli qudrat ko‘mak berishi 
darkor. Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslaxatlar berish, 
nizoli vaziyat va psixologik xolatlarni birgalikda taxlil qilish va amaliy tavsiyalar 
beriladi. Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshqa 
muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pedagogik odob bilan 
tushuntirish, berilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart. 
Barcha qoidalarga va tasdiqlangan xujjatlarga rioya qilingan xolda o`tkaziladigan 
ishlarni qayd qilish va belgilashi lozim.


O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, xamkorlik) natijalari yuzasidan 
yuqori tashkilotlarga o‘z muddatida axborot berib borishi, qabul qilingan xisobot 
shakllariga xech og‘ishmasdan rioya qilishi kerak. Bog`cha, maktab, yangi tipdagi 
o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus talablarga javob beruvchi, jixozlangan 
psixologik kabinetni tashkil qilishi maqsadga muvofiq. Amaliy psixologlarning 
seminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kerak. O‘zbekiston 
Respublikasining mafko‘rasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-
odob qoidalariga zid bo`lgan tekshirishlar o`tkazmasligi kerak. Bolalar, 
o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida qatnashishi lozim. 
Oxirgi yillarda mamlakat oliy o`quv yurtlarida tayyorlangan oliy psixologik 
ma’lumotga ega bo`lgan psixologlarning ko`pchilik qismi psixologik maslahat 
sohasida bilimlarini oshirish ehtiyojini his etmokdalar, lekin bu ehtiyoj hozirgi 
kungacha to`la qondirilmagan. Vaziyatning bunday ahvoliga asosiy sabablardan 
biri bizning fikrimizcha, mamlakatda birorta ham psixologik maslahat bo`yicha 
o`quv qo`llanma yaratilmaganligi hisoblanadi. 
U birinchidan, faqat endi amaliy psixolog bo`lishni istaganlar, ijtimoiy xizmat 
xodimlari yoki maxsus psixologlar (defektologlar) va majburiy fanlardan biri 
sifatida psixologik maslahatni o`rganishi kerak bo`lganlar uchun o`quv 
qo`llanmasi bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, bu kitob insonga kundalik xayotida 
foydali bilim va malakalar tizimi sifatida shunchaki amaliy psixologiya bilan 
qiziquvchilar uchun mustaqil bilim olishda foydali bo`lishi mumkin. Bizlarda turli 
sabablar bilan professional psixolog-maslahatchiga yordam so`rab murojaat etish 
uchun imkoniyat bo`lmaydi, oqibatda o`z yaqinlariga mana shunday psixologik 
yordamni o`zimiz ko`rsatishimizga to`g`ri keladi. 
Nazorat savollari. 
1.
“Jon” haqidagi risola muallifi kim?
2.
Qaysi rus olimlari umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy 
etilishi bo’yicha ilk fikrlarini bildirgan? 
3.
Konsultativ psixologiyani predmeti nimadan iborat? 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə