Tayanch iboralar:
Psixologik konsultatsiya, patsient,shaxsiy uslub, Terapiya,
Konsultatsiyani o`tkazishda nazariya va dunyoqarash.
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bo`lganligi va turli masalalarda
ular yordam so`rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar
individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin.
Birinchi navbatda intim-shaxsiy deb ataluvchi psixologik maslaxatni ajratib
ko`rsatamiz, ko`pchilik odamlarda ko`pincha mana shunday maslahatga talab
yuzaga keladi. Ushbu turga shaxsiy sifatida odamga chuqur ta’sir ko`rsatadigan,
unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi
odamlardan yashiriladigan
masalalar bo`yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bo`lar odam nima bo`lsa ham
ularni yo`qotishni xoxlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo
munosabatlar bilan bog`liq muammolar, turli qo`rqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar,
vrach aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga
odamning o`zidan-o`zi qoniqmasligini intim, masalan
jinsiy muammolarni ham
kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo`yicha va hayotda ko`p uchraydigan
psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat hisoblanadi. Bunga
odamning o`z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo`yicha maslahatlarni kiritish
mumkin. Bular xususan bo`lajak turmush o`rtogini tanlash, oilada o`zaro
munosabatlarni to`g`ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo`lishi
mumkin bo`lgan nizolarni oldini olish va bartaraf qilish, er-xotinlarning
qarindoshlari bilan munosabatlari kundalik oilaviy muammolar bo`lishi mumkin.
Maslahatlarning bir turi - psixologik-pedagogik maslahatdan iborat. Bunga
maslahatchining mijoz bilan bolalarni tarbiyalash va o`qitishni, biror ishga
o`rgatish hamda kattalarning pedagogik
malakasini oshirishni, pedagogik
raxbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin.
Psixolog-pedagogik maslahatning eng ko`p tarqalgan turi - amaliy maslahatlar.
U o`z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo`lsa, shuncha turlariga ega
bo`ladi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bog`liq muammolarini
hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda
qobiliyatlarini rivojlantirish,
uning mehnatini tashkil qilish, ish bajarish
qobiliyatini oshirish, ish bo`yicha muzokaralar olib borish masalalarini kiritish
mumkin.
Aytib o`tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi bilan
o`xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o`zining
psixologik talqin qilinishi bo`yicha bir xil muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Lekin shu bilan birga psixologik maslahatlar aytib o`tilgan har bir turida o`zining
xususiyatlari mavjud. Ularni ko`rib chiqamiz.
Intim-shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir tutilishini va shu bilan
bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun ochiq bo`lishini, ular o`rtasida
o`zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida
vaziyat
yaratilishini talab etadi, chunki ko`nglidagini ochiq aytishni, tavbani
eslatadi.
Maslahatning bu turi bevosita taalluqli bo`lgan muammolari tabiati bo`yicha
vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo`lishi mumkin emas. U birinchidan -
psixolog-maslahatchining
hamda
mijozning
o`zining
katta
psixologik
tayyorgarligini, ikkinchidan - psixolog-maslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt,
odatda oson bo`lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo`lgan
muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko`zda tutadi. Uzoq vaqt talab
etilishi intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol
hal etilmasligi bilan
bog`liq.
Oilaviy maslahat o`z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning
mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo`lsa shaxsiy oilaviy hayotida
ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo`lmagan odamlar oilaviy maslahatlar bilan
muvaffaqiyatli shug`ullanishlari qiyin bo`ladi, aksi ham bo`lishi mumkin. Oila
qurishga yoki oilani saqlab qolishga o`rinmagan, inson yaxshi psixolog-
maslahatchi bo`lishi qiyin. Uning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda
foydali bo`lishi mumkin. SHu bilan birga aytish kerak-ki, shu kabi va boshqa
holatlarda shaxsiy tajribasi yaxshi psixolog-maslahatchi bo`lishi
uchun zarur
hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam
boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yo`l qo`ymaslikni aytib berishi mumkin,
lekin oilani saqlab qolish va o`zaro munosabatlarni yaxshilash uchun emas. Biroq
bu qoidada ham o`zgacha holatlar bo`lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy
hayotda o`zlari ko`p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy
masalalar bo`yicha yaxshi psixolog- maslahatchi bo`lib chiqqanlari ma’lum.
Psixologik-pedagogik maslahat berish o`z navbatida maslahatchining
pedagogik ma’lumotga ega bo`lishi, o`qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega
bo`lishini talab qiladi. Sobiq o`qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi
hamda kerakli ma’lumotga ega bo`lib, odatda psixologo-pedagogik masalalar
bo`yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo`lib chiqadilar.
Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan
gaplar amaliy maslahatga
xam taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi bo`lgan faoliyat
sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin.
Psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatli bo`lishi uchun yani iloji boricha
ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish jarayonida qator shartlarga amal
qilish kerak. Ushbu shartlar mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz.
1-shart.
Psixologga yordam so`rab murojaat etayotgan odam psixologik
xususiyatdan xayoliy emas, balki haqiqiy muammoga hamda uni iloji boricha
tezroq hal etish yaqqol ifodalangan istakka ega bo`lishi kerak.
Yuqorida biz ba’zi odamlar nima bo`lsa ham hal qilishni istaydigan murakkab
muammolari bo`lgani uchun emas, aslida psixolog-maslahatchiga masalan,
shunchaki qiziqqanliklaridan va o`z holatlarini o`zgartirish kerakligidan bir
maqsad bilan kelishlarini aytib o`tgan edik.
Psixolog-maslahatchi bunday
odamlarga to`g`ridan-to`gri qandaydir yordam ko`rsatishi qiyin bo`ladi, faqat
ularning izzat-nafslarini (ambitsiya) va o`zlariga ishonchlarini, kekkayishlarini
biroz pasaytirishi mumkin.
Agarda odamda haqiqiy muammo mavjud bo`lsa, lekin uni to`la anglab yeta
olmayotgan bo`lsa, buning oqibatida undan xoli bo`lish istagi bo`lmasa, unda
bunday odamga psixolog-maslahatchi faqatgina mijoz bilan suhbati natijasida u
o`zining
Dostları ilə paylaş: