"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Guruhga psixoanalitik jihatdan yondashuv



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

4-Mavzu: Guruhga psixoanalitik jihatdan yondashuv. 
Reja: 
1. Psixoanaliz konsultatsiyadagi ahamiyati. 
2. Psixoanalitik jihatdan shaxsni o’rganish va tahlil qilishi 
3. Guruhda psixoanalitik terapiyani qo’llash. 
Tayanch iboralar: Psixoanalitik konsultatsiya, Klassik psixoanaliz, Psixodinamika, 
Ongsizlik holati, “Men’ konsepsiyasi 
Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, hulqi, insonlararo 
munosabatni o`rganadi. Uning amaliy yo`nalishi tadqiqot predmetining 
cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida 
o`sishiga yordam beruvchi bir qancha jabhalarni o`ziga qamrab oladi va tekshiradi. 
Psixoterapiyadan farq qilgan holda, bu yo`nalishlar o`z oldiga maqsad qilib ruhan 
nosog`lom odamni emas, balki sog`lom inson shaxsining kamol topishini
insonning o`zligini anglashiga yordam berishni qo`yadi. Mazkur amaliy 
psixologiya yo`nalishida klinik psixologlar va psixolog konsultantlar fanning 
so`ngi yutuqlariga tayanib ish olib boradilar. Jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika 
revolyutsiyasi, iqtisodiy o`zgarishlar insonning ruhiy ekologiyasiga ba'zan salbiy 
ta'sir qiladi. Agarda bundan salbiy ta'sirlar yig`ilib qolsa, “Toma-toma ko`l bo`lur” 
deyilganidek, odamning ruhiyatida o`zgarish sodir bo`lib, ruhiy qusurlik 
darajasiga yetishi mumkin. SHuning uchun kasallik paydo bo`lishidan ilgari uning 
oldi olinsa, u holda insonning barkamol shaxs bo`lib yetishuvchiga shart-sharoit 
yaratiladi. Bu esa amaliy psixologiyaning vazifasidir.Quyida chet el amaliy 
psixologiyasining yo`nalishlari yo`zasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. 
Mashhur yo`nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab 
chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta'limoti bo`yicha insonning asosiy ehtiyoji- 
bu seksual (shahvoniy) ehtiyojlardir. Jamiyat ahloq normalarining bu ehtiyojlarga 
qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruhiy kamchiliklar paydo 
bo`ladi, deb hisoblaydi. Z.Freydning fikricha, bu jarayon ongsiz holda kechadi, 
Ya'ni odam o`zida bu narsalar kechayotganini anglab yetmaydi. 
2
.Insonning har bir xatti-harakati “U”, “men”, “Mening menligim”lar 
o`rtasidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi. 
“U” - biologik ehtiyojlar, “U”ning tabiati asosan ongsizdir. 
“MEN”- tashqi muhit bilan muloqotdan hosil bo`lgan ruhiy to`zilmadir. 
“Mening menligim” - ijtimoiy muxit va bu muxit ta'sirlarining to`siqlaridir. 
SHu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, Z.Freydning fikricha, kasalliklarni 
keltirib chiqaradi. 


Psixoanaliz nazariyasi psixodinamik yo`nalish qatoriga kiradi. Psixodinamik 
yo`nalish tarkibiga yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning 
analatik psixologiyasini kiritish mumkin. 
Adler T.-Freydning shog`irdi, keyinchalik undan ajralib, o`z nazariyasini ishlab 
chiqqan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan hukmdorlikka intilish hissi ustun 
turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o`zini to`liq anglamaslik hissini paydo 
qiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o`zini kamsitilgan deb hisoblaydi. Mazkur
psixologik holat odamning bundan keyingi hayotida ko`plab muommalar kelib 
chiqishiga sababchi bo`ladi. Ayrim odamlarda bu his kamsitilganlik majmuasini 
(kompleksini) keltirib chiqarsa, boshqalarda esa ustunlik majmuasini 
(kompleksini) keltirib chiqaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson 
faoliyatining asosidir. Psixoanalizning terapiya sifatida qo`llanilishi murakkab va 
o`zoq kechadigan jarayon hisoblanadi. 
Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy holatni ajratib ko`rsatish mumkin: 
1. Mijoz bilan chuqur hissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu holat kechishida 
o`zining ijobiy va salbiy hislarini terapevtga yo`naltirishi uchun imkoniyat paydo 
bo`ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o`zining hayot tajribasini proektsiya 
qiladi. Masalan, onasini rashk qilgan bo`lsa, terapevtni o`z otasi deb, ongsiz 
ravishda yomon ko`rib qolishi mumkin. 
2. Tushlarni talqin qilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga 
yo`ldir. 
3. Erkin assotsiatsiyalar - mijoz bir-biri bilan bog`lanmagan fikrlarni bildiradi. 
Terapevt uni erkin holda eshitib turib xulosa ishlab chiqarishi lozim. 
4. Terapevt mijoz qarshiliklarini aniqlab, uning sababini tushunib yetishi kerak. 
5. Terapevtning tushuntirish natijasida mijoz bolaligida bo`lgan hodisani 
ob'ektiv ravishda boshidan kechirganday his etib, hatarsiz oqibatida kasallik yo`q 
bo`lib ketishiga olib kelish jarayonidir. 
Bixevioristik yo`nalish. Mazkur yo`nalish “Inson faoliyati S-R (stimul-
reaktsiya) orqali kechadi” degan nazariyaning Dj.B.Uotson tomonidan 
rivojlantirishi asosida yo`zaga keladi. Keyinchalik bu formula S-I-R (stimul-
individ-reaktsiya) sifatida o`zgartirilgan. 
Bu yo`nalish bo`yicha shaxs-individning qobiliyatlari, hayot tajribasi, 
kutishlari va atrof-muhit ta'sirida o`z xulq-atvorlarini namoyon qilish natijasidir. 
Yuqorida tahlil qilingan interpsixik terapiya, freydizm va hokazolarga mijozga 
uning muammolari sababini ko`rsatib, hal etish yo`llarini ko`rsatmagan bo`lsa, 
bixevioristik yo`nalish xulq-atvor terapiyasining vakillari insonning muammolari 
noto`g`ri reaktsiya bildirishining natijasi deb, uning hatti-harakatlarini o`zgartirish 
muammoni hal qiladi, degan fikrni ilgari so`rganlar.



Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə